Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana23.07.2020
Hajmi1 Mb.
#124591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


3-jadval 

Baho 

«2» 

«3» 

«4» 

«5» 

Ballar 

51-54 

55-

60 

61-

65 

66-

70 

71-

75 

76-

80 

81-

85 

86-

90 

91-

95 

96-

100 

Tajriba I 





10 


10 



Nazorat I 



10 





 



 

82 


Ushbu jadvalni maktabning ta‟lim va tarbiya doirasidagi o„quv va tarbiyaviy 

ishlari  natijasida  olib  borilgan,  biz  tomonimizdan  ishlab  chiqilgan  dastur  asosida 

keltirilgan, belgilangan ilmiy-nazariy bilim, ko„nikma darajalar (asosida) bo‟yicha 

quyidagicha baholarga aylantirdik: 

III  daraja  –  reproduktiv  daraja  bo‟lib,  DTS  da  belgilab  berilgan  bilimlarni 

o‟zlashtirishning minimal darajasiga mos keladi – “3” baho. 

II  daraja  –  bu  ham  reproduktiv  darajada  qo‟llaniladigan  DTS  dagi  bilimlar 

darajasi bo‟lib, bu darajada egallangan bilimlar «4» bilan baholandi. 

I daraja – bilimlarni ijodiy qo‟llash darajasi bo‟lib –  «5» bilan baholandi. 

 

1. 



Reyting ko‟rsatgichi – 100-86% - «5» 

2. 


Reyting ko‟rsatgichi – 85-71% - «4» 

3. 


Reyting ko‟rsatgichi – 70-55% - «3» 

4. 


Reyting ko‟rsatgichi – 54% - «2».  

Tajriba-sinov  ishlari  jarayonida  119  o‟quvchilardan  olingan  natijalar  tahlil 

etilib,  matematik-statistika  metodi  orqali  o„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy 

tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ma‟naviy-axloqiy 

sifatlarning  shakllanganlik  darajasi  aniqlandi.  Yuqoridagi  3-jadvalga  asoslangan 

holda 4-jadvalni to‟ldiramiz. 



4-jadval 

1 – tajriba guruhi 

2 – nazorat guruhi 

X



«2» 

«3» 

«4» 

«5» 

X



«2» 

«3» 

«4» 

«5» 

N

i

 



26 

22 


N

j

 

28 



16 

 



Ularni quyidagi formula asosida hisoblaymiz: 

3

,



3

32

,



3

59

196



59

5

6



4

16

3



28

2

9



1

1

,



4

11

,



4

60

247



60

5

22



4

26

3



9

2

3



1

||

||



1





















j

j

i

i

i

x

n

n

y

x

n

n

x

 


 

83 


Demak,  aytish  mumkinki,  tajriba  guruhidagi  o‟rtacha  baho  nazorat 

guruhidagi  o‟rtacha  bahodan  yuqori  ekan.  Shunday  qilib,  tajriba  sinov  ishlari 

jarayonida tajriba guruhi o‟quvchilarining tarbiyasida OVAlari orqali tayyorlangan 

va namoish etilgan, ifodalanilgan milliy-axloqiy sifatlarning shakllanish darajasi va 

ijro  etish  malakasining  sezilarli  darajada,  ya‟ni  4,1-3,3=0,8  ga  ortganligi  ma‟lum 

bo‟ldi. 


Rasmda  o„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy 

axborot vositalaridan foydalanish orqali ularning ko„rsatkich bo„yicha baholarning 

o„rta arifmetik qiymatlari diagrammasi keltirilgan. 

Bah


o

larn


in

g

 o



„r

tac


ha

 ari


fm

et

ik



 q

iy

m



at

 



  

 

Tajriba  guruhlarida  o„quvchilarning  ko„rsatkichi  yuqori  bo„lishiga  yana  bir 



sabab  OAVlaridagi  mazmnli  va  tarbiyaviy  ta‟sirli  nomoyot  etilganligi  hamda 

monitor  ekranidagi  materiallar  bir  vaqtning  o„zida  musiqa,  tovush  berilishi, 

harakat,  animatsiali, joziba  bilan o„quvchilarga  taqdim  etilishi va  o„quvchilarning 

faollashuvi,  multimediali  materiallarning  dinamik  (jonli)  holda  berilishi, 

o„quvchilar  diqqatini  barqarorlashtirilishi,  ular  miyasining  ikkala  yarim  sharining 

bir  vaqtda  ishlashi,  o„quvchilarning  o„rganiladigan  materialga  qiziqishi  va 

ishtiyoqining ortishi natijasidadir. 

 

 



4,11

3,32

2

2,818

3,636

4,454

тажриба гурухи

Назорат гурухи

 

Гуруҳлар



 

 


 

84 


Uchinchi bobga oid xulosa 

O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  yo„naltirilgan  tajriba-

sinov ishlarini tashkil etishdan ko‟zlangan maqsad Ommaviy axborot vositalaridan 

foydalangan  holda  o‟quvchilarda  milliy  qadriyatlar  va  milliy  hulq-odob 

ko„nikmalarini  shakllantirishga  erishish  hamda  shu  asosda  ularda  ma‟naviy-

axloqiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. 

Tajriba-sinov  ishlari  oldimizga  quyidagi  vazifalarning  hal  etilishini  talab 

etdi: 


5. Ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish  orqali  o„quvchi-yoshlarni 

ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  milliy  axloqiy  madaniyat  haqida  tasavvur  hosil 

qilish; 

6. O‟quvchilarida  Ommaviy  axborot  vositalari  orqali  axloqiy  madaniyatni 

to‟laqonli shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. 

7. Sinfdan  tashqari  ishlar  jarayonida  o‟quvchilarda  o„quvchilarni  ma‟naviy-

axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish  orqali  axloqiy 

madaniyatni  shakllantirishga  xizmat  qiluvchi  maxsus  metodikani  sinovdan 

o‟tkazish. 

8. Mazkur  maxsus  metodikaning  samaradorligini  aniqlash  maqsadida 

tajriba-sinov  ishlarining  natijalarini  umumlashtirish,  matematik-statistik  metod 

yordamida tahlildan o‟tkazish. 

Sinfdan tashqari ishlarda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda 

Ommaviy  axborot  vositalari  orqali  milliy-axloqiy  madaniyatni  shakllantirishga 

yo‟naltirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi uslublar asosida o‟tkazildi: so‟rovnoma 

uslubi;  suhbat  uslubi;  pedagogik  kuzatuv  uslubi;  interfaol  uslublar;  pedagogik 

tajriba uslubi; matematik-statistika uslubi. 

Ilmiy-tadqiqot  muammosi  doirasida  tajriba-sinov  ishlari  uch  bosqichda 

amalga oshirildi: 

1. Tajriba-sinov ishlarining o‟tkazilishini ta‟minlovchi tashkiliy tayyorgarlik 

bosqichi. 


 

85 


2.  Tajriba-sinov  ishlari  uchun  obyekt  sifatida  belgilangan  o‟quvchilar  bilan 

ishlash, maxsus metodikani dastlabki sinovdan o‟tkazish bosqichi. 

3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va tahlil etish bosqichi. 

O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot 

vositalaridan  foydalanish  orqali  ilgari  surilgan  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyaga  doir 

axloqiy  bilim,  ko„nikma  va  ma‟lumotlarning  xabardorlik  va  shakllanganlik 

darajasini  yuqoridagi  jadvalda  raqamlar  orqali  namoyon  bo‟lishi,  uning  past 

darajada ekanligini ko‟rsatdi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

86 


Xulosa 

Yoshlarni  ayniqsa  bolalarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  oshkoralikni 

pesh qilib bo„lmag„ur  materiallarni  aks  ettirish sodir  bo„layotganligi haqida  I.  A. 

Karimovning  bildirgan  fikri  nihoyatda  to„g„ri.  «San‟atda  oshkoraliki  pesh  qilib, 

televizor, kino ekranlarda, matbuot vositalarida bo„lmag„ur lavhalarni aks ettirish, 

be‟maniylik va  hayosizlikni, ba‟zan  esa  hatto  axloqiy  buzuqlikni targ„ib  qilishlar 

ko„rinib  qoladi»,  -deb  bildirgan  fikridan  yuqorida  ta‟kidlangan  joylarda  mehnat 

qilayotgan 

malakali 

mutaxassislar 

tegishli 

xulosa 


chiqarsalar 

bolalar 


tarbiyasidaginuqsonlar  bartaraf  bo„lgan  bo„lar  edi.  Bizningcha,  ularning  o„zlari 

o„zbek xalq tarixi, madaniyati qolaversa, xalq tarbiyashunosligi masalalarini asosli 

o„rgansalar to„g„ri bo„lardi. 

Shuning  uchun  ham  biz  bugungi  kunda  ta‟lim-tarbiya  sohasidan  boshlab 

matbuot,  televidenie,  internet  va  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino, 

adabiyot,  musiqa,  rassomlik va  haykaltaroshlik  san‟atiga,  bir  so„z  bilan  aytganda 

insonning  qalbi  va  tafakkuriga  bevosita  ta‟sir  etkazadigan  barcha  sohalardagi 

faoliyatimizni  xalqning  ma‟naviy  extiyojlari,  zamon  talablari  asosida  yanada 

kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur». 

Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentini hamda ularning 

o„zaro  aloqadorlik  (integratsiyasi)dagi  faoliyatini  o„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy 

щakllantirishdagi samarasini o„rganish muhim vazifa hisoblanadi. 

Umuman olganda,  OAV dan milliy qadriyatlar, diniy qarashlarning ijtimoiy 

hayotga  qay  tarzda  kirib  kelayotganligini  anglab  etish  kerak.  Barcha  sohalarda 

axborot  xurujlarni  oldini  olish,  turli  tarzdagi  axborot  zararlaridan  saqlanish 

muhitini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. 

Bugun  ta‟lim  muassasalarida  ta‟lim  olayotgan,  lekin  ming  afsuski,  o„z 

mustaqil fikriga ega bo„lmaganlar bilan ishlashda qo„yidagilarga e‟tiborni qaratish 

darkor: 

Birinchidan,  xulq-atvordagi  xatoliklar  eng  avvalo  fikrlash  tarzidagi 

xatoliklarning  oqibati  bo„lgani  uchun  o„quvchilarning  negativ  fikrlash  tarzining 



sxemasini o„zgartirish lozim. 

 

87 


Ikkinchidan,  fikrlash  tarziga  ta‟sir  ko„rsatish  uchun  pedagoglar  o„zlarining 

tushuntirish  uslublarini,  tarbiya  metodlarini  o„zgartirishlari  lozim.  YA‟ni, 

ilgari,  yuqori  tonlarda,  direktiv  ohangda,  «katta  roli»da  o„quvchi  bilan  muloqot 

qilgan  pedagog,  endi  kerak  bo„lsa,  «tengma-teng»,  demokratik  ohangda, 

bosqichma-bosqich xatta-xarakatlarni birgalikda tahlil etishga o„tishlari lozim. 

Uchinchidan,  o„quvchining  o„z-o„zini  idroq  qilishini,  o„ziga  bo„lgan 

bahosini  o„zgartirish,  ya‟ni,  talabani  ijobiy  ishlarga  yo„naltirish  orqali  o„ziga 

bo„lgan bahosini o„zgartirishga erishish kerak.  

Nihoyat,  shunday  vaziyat  yaratish  lozimki,  o„quvchi  ijobiy  tajriba 



orttirsin,ya‟ni,  o„zigi,  oilasi  yoki  sinfdosh  do„stlariga,  maktabiga  manfaatli  ish 

qilib,  olqish  olsin,  ya‟ni,  ularni  jamoat  ishlariga  keng  jalb  etish  amaliyotini 

kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Demak, ta‟lim va tarbiya 

jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi 

lozim,  aks  holda  uning  ongi  tayyor  shablonlar,  stereotiplarga  shu  qadar 

o„rganadiki,  ular  oxir-oqibat  har  qanday  bit‟at  yoki  yot  g„oyalarga  ergashib 

ketaveragan  bo„lib  qoladi.  ya‟ni,  darsni  tashkil  etishning  no‟ananaviy  usullariga 

keng  yo„l  ochish,  darslarda  o„quvchilar  bilan  interaktiv  muloqotni  tashkil  etish, 

ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi. 

Prezident  I.A.Karimov  yosh  avlodda  yuksak  ma‟naviy-axloqiy  fazilatlarni 

tarkib  toptirish  uchun  ular  orasida  ma‟naviy-ma‟rifiy  targ„ibot-tashviqotining 

samarasini  oshirish  zarurligini  ta‟kidlab,  «YUksak  ma‟naviyat-engilmas  kuch» 

nomli  asarida  shunday  yozadi:  «Ma‟naviyat  haqida  harqancha  da‟vatlar,  muhim 

nazariy  fikrlar  bildirilmasin,  agar  ularni  jamiyat  ongiga  singdirish  uchun  doimiy 

ish  olib  bormasak,  bu  boradagi  faoliyatlarimizni  har  tomonlama  puxta  o„ylangan, 

tizimli  ravishda  tashkil  etmasak  tabiiyki,  biz  ko„zlagan  maqsadga  erisholmaymiz, 

ya‟ni inson qalbiga yo„l topaolmaymiz. 

SHuning  uchun  ham  biz  bugungi  kunda  ta‟lim-tarbiya  sohasidan  boshlab 

matbuot,  televidenie,  internet  va  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino, 

adabiyot,  musiqa,  rassomlik  va  haykaltaroshlik  san‟atiga,  bir  so„z  bilan  aytganda 

insonning  qalbi  va  tafakkuriga  bevosita  ta‟sir  etkazadigan  barcha  sohalardagi 


 

88 


faoliyatimizni  xalqning  ma‟naviy  extiyojlari,  zamon  talablari  asosida  yanada 

kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur» -deb o„rinli ta‟kidlagan 

Ta‟lim-tarbiya  jarayonida  o„quvchilarni  OAVlari  orqali  ma‟naviy-axloqiy 

sifatlarni shakllantirish bo„yicha o„tkazilgan taxlillar akademik guruh rahbarlari va 

fanlar  o„qituvchilarining  bu  sohada  etakchi  o„rin  egallashlarini  ta‟kidlash 

barobarida,  ular  faoliyatida  uchraydigan  kamchiliklarni  namoyon  qilishga  imkon 

berdi: 

-  dars  va  darsdan  tashqari  mashg„ulotlarda  o„quvchilarni  ma‟naviy 



shakllantirish  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari,  shakl,  vosita,  metodlari  haqida 

cheklangan va ko„p hollarda mujmal tasavvurlarga ega ekanligi; 

-  hozirgi  zamon  o„quvchisining  ma‟naviy  qiyofasi,  uning  etuk  ma‟naviy 

fazilatlari,  talaba  shaxsini  samarali  rivojlantirish  uchun  o„quv  materialining 

mazmuniga ma‟naviy yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya elementlarini uyg„unlashtirishda 

etarli bilim va ko„nikmalarni etishmasligi; 

- o„quvchilar shaxsini ma‟naviy shakllantirishda asrlar sinovidan o„tgan urf-

odatlar,  axloqiy  qarashlarni  ifodalovchi  qonun-qoidalar,  pand-nasihatlar, 

hadislardan  va  h.k.  foydalanib  suhbat,  bahs-munozara  o„tkazish  texnologiyalari 

bo„yicha etarli tayyorgarligi yo„qligi; 

-  tarbiyaviy  va  ma‟naviyat  soatlarida  asossiz  ravishda  o„tmish  ajdodlari 

merosi,  odob-axloqni  talabalar  orasida  bir  tomonlama  tashviqot-targ„iboti  bilan 

cheklanib,  mustaqillik  yillarida  xalqimizning  yaratuvchilik  ishlari,  zamonamiz 

qahramonlari,  «elim  deb,  yurtim  deb»  mehnat  qilayotgan  barcha  yurtdoshlarimiz 

bilan  uchrashuvlar,  davra  suhbatlarini  o„tkazishni  asossiz  ravishda  diqqat-

e‟tibordan chetda qoldirayotganligi; 

-  tarbiyaviy  va  ma‟naviyat  soatlarida  dunyo  xalqlarining  taraqqiyot 

darajasini,  yuksalishini  tan  olishga,  ularning  turmush  tarzidagi  ijobiy  jihatlarini 

o„zlashtirishga talabalarni odatlantirish, akademik guruh talabalarida bag„rikenglik, 

tolerantlikni tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarni bajarishga ojizligi; 

-  o„z  ona  tilini,  betakror  boy  madaniyatini  yaxshi  bilmagan  o„quvchilar 

o„zbek  xalqining  kiyinish  madaniyati,  qadriyatlari,  turmush  tarziga  bepisandlik 



 

89 


bilan  mensimasdan  qarash,  ularda  o„zgalar  tilini  yaxshi  bilish,  millat  ruhiyatiga 

yaqinlik, shu millat ruhiyati, madaniyatiga intilish barobarida o„zi mansub bo„lgan 

millat  ruhiyatidan  uzoqlashishni  paydo  bo„layotganligini  hisobga  olib  ular  bilan 

individual ishlash yo„l-yo„riqlari to„g„risida juda sayoz tasavvurga ega ekanligi; 

-  dars  va  darsdan  tashqari  mashg„ulotlarda  barcha  o„quvchilarni  barobar 

ma‟naviy shakllantirib bo„lmasligini hisobga olib, ularni dunyoqarashi, ruhiyatiga, 

xulq-atvoridagi  o„ziga  xos  jihatlarini  muntazam  ravishda  namoyon  qilib  borish 

bo„yicha tasavvur va tushunchalarining juda sayozligi; 

-  xulq-atvori,  dunyoqarashida  salbiy  jihatlar,  chekinishlar  sodir  qilgan 

o„quvchilar  balan  ishlash  uchun  individual,  tabaqalashtirilgan  dasturlarni  ishlab 

chiqishga umuman tayyor emasliklari; 

-guruh  o„quvchisiga  ma‟lum  qobiliyat,  ba‟zan  esa  tug„ma  qobiliyat  va 

iste‟dod  ato  etilishini,  uni  avvalo  o„zi  uchun,  oilasi,  millati  va  xalqi,  davlatining 

farovonligi,  baxt-saodati  uchun  to„liq  baxshida  etsagina  bunday  jamiyat  naqadar 

kuchli  taraqqiyotga  erishishi  uning  kasbiy  burchi  ekanligi  haqida  tasavvurga  ham 

ega emasliklari; va h.k. 

Shu  munosabat  bilan  dars  va  darsdan  tashqari  mashg„ulot  va  tadbirlarda 

OAVlari  orqali  o„quvchilar  ma‟naviyatini  shakllantirish  samaradorligini  oshirish 

maqsadida akademik guruh murabbiy va fan o„qituvchilariga quyidagilar: 

 

Milliy  ma‟naviyatimizga  doir  materiallarni  izlab  topish,  qayta  ishlash, 



umumkasbiy va mutaxassislik fanlari o„quv dasturlari mazmuniga singdirish yo„l-

yo„riqlari; 

 

Tarbiyaviy  va  ma‟naviyat  soatlari  va  fanlar  mavzulari  bo„yicha 



mashg„ulotlarda  foydalanish  uchun  istiqlol  yillarida  respublikamizning  xalq 

xo„jaligini barcha sohalarida erishgan yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish uchun 

tayyorlangan jadval, diagramma, magnit va tasviriy vositalarning namunalari; 

 

Fan  dasturi  va  darsliklariga  kiritilmagan  yoki  etarli  darajada  yoritilmagan 



masalalar  bo„yicha  vaqtli  matbuotda  bosilgan  materiallar  asosida  baxs-munozara, 

tadqiqot  olib  borishga  sabab  bo„ladigan  muammolarni  shakllantirish;  va  h.k.lar 

bo„yicha tavsiyalar berildi. 


 

90 


Bizningcha  yoshlarning  o„z-o„zini  tarbiyalash  vazifalari  konkretlashi,  o„z-

o„zini  nazorat  qilishga,  o„z-o„ziga  buyruq  berish  usullarini  o„rganib  olishga,  o„z 

fazilatlarini  va  kamchiliklarini  ob‟ektiv  baholashga  mustaqilik  suratda  ma‟lumot 

oladi. Bolaning o„z-o„zni boshqarishi: 

1. 

Mustaqil bilim olishga intilishga namoyon bo„ladi 



2. 

Namunaga, ideal taqlid qilishda namoyon bo„ladi. 

3. 

O„zidan  talab  qila  bilishda,  yomon  odatlar  (yalqovlik,  o„ziga  bin 



quyishlik)dan kurila bilishda, dadil oldinga intilishda, yaxshilikka xarakat qilishda 

bo„ladi. 

4. 

Shaxsiy va o„zaro nazoratda bo„lishda namoyon bo„ladi. 



5. 

Kishilar  o„rtasidagi  munosabatlar  xarakterini  payqay  bilishda  va  bu 

munosabatlarga to„g„ri baho berishda. 

6. 


Jamiyat uchun foydali faoliyatda namoyon bo„ladi. 

O„z-o„zini  boshqarish  usullari  doim  takomillashib  boradi,  talablar 

quyishning  muayyan  tizimi  vujudga  keladi, xarakterning  zarur  xislatlari  mashqlar 

tizimida tarkib topadi. 

Bolalarni tarbiyalashda ularni o„z-o„zini takomillashtirishga jalb qilish va bu 

jarayon ularga amaliy yordam berish bu o„qituvchining muhim vazifalardan biridir. 

SHu bilan birgalikda bu ishlarda o„ziga xos xususiyatlari bor. 

Birinchidan:  6-7  yoshdagi  bolalar  maktabga  kirib,  psixologik  nuqtai 

nazardan  o„z-o„zini  boshqarishiga  hali  tayyor    emas.  Demak,  ularni  ongiga 

shunaqa  ta‟sir  kerakka,  ular  o„z  xoxishi  bilan  o„z  ustida  ishlaga  o„qituvchiga 

yordam berishadi. 



Ikkinchdan:  Hozirgi  boshlang„ich  sinf  bolalarni  uchun  mos  bo„lgan 

naomuna,  ideal  boshqacha,  ular  hozirgi  ijtimoiy  va  iqtisodiy  shart  sharoitlarga 

moslashtirilgan bo„lib, kattalarning tushinmovchiligiga olib kelishi mumkin. 

Uchinchidan: kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ertagi, yaqin maqsad, 

aniq  namuna  tushunchalari,  lekin  o„zoq  vaqtiga  rejalashtirilgan    ishlar  ularni 

qiziqtirmaydi. 


 

91 


Turtinchidan:  7-10  yoshdagi  bolalar  uchun  kattalarning  munosabati, 

sinfdoshlarni munosabati, jamoadagi fikr juda muhim bo„lib xisoblanadi. 

«Pedagogika  va  psixologiya»  darslarida  biz  inson  o„z-o„zini  tarbiyalash 

usullari o„rgana oldik. Ular: 

1.  Ularni o„z-o„zini tahlil  qilishga o„rgatish, unda ularni «Men qanaqa men?» 

savoliga  o„g„il-qiz  sifatida,  aka-uka,  opa-singil  sifatida,  o„quvchi  sifatida  javob 

beriga o„rgatish; 

2.  Bolalarni o„z yutuqlari va kamchiliklarini topishga o„rgatish, masalan ularni 

atrofdagi    odamlarga  o„z  munosabatlarini,  o„z  xatti-xarakatlarini    baholashga 

o„rgatish; 

3.  Topgan  kamchiliklarni  yo„qotish  uchun  har  qaysi  bola  kattalar  yordamida 

o„z oldiga aniq vazifa  qo„yishi: kerak masalan, «o„qishda darslarni qoldirish, yoki 

darslarga  tayyorgarlik  ko„rsatmasligini  yo„q  qilish  uchun  men  quyidagi  chora 

ko„rishim kerak», 

4.  O„z-o„zini  nazorat  qilish  murakkabligi  sababli  bolalarga    ota-onalar, 

sinfdoshlar, o„rtoqlar, o„quvchilar nazorat ishlarni ishtirok etishadi. 

5.  Bolalarni  o„z  imkoniyatlarni  to„g„ri  xisoblash  va  rejalashtirilgan  ishlari  bor 

sharoitlariga moslashtirishga o„rgatish. 

Yuqorida  aytilganini  xisobga  olgan  holda  qo„yidagi  xulosa  chiqarish 

mumkin: 


Tarbiya  o„z-o„zini  tarbiyalashni  nazarda  tutadi  va  u  bilan  chambarchas 

birikb ketgan holda, unda boshlang„ich sinf bolalarga nisbatan pedagogik rahbarlik 

maxsus shart-sharoitlar va usullarni talab qiladi. 

Milliy  ma‟naviyatimizni  va  ma‟naviy  o„zligimizni  tahdidlardan  himoya 

qilish  uchun  milliy  istiqlol  g„oyasidan  samaraliroq va kuchliroq vosita  yo„q.  SHu 

masalada  milliy  istiqlol  g„oyasining  juda  muhim  funksiyasi,  ya‟ni  milliy  va 

ma‟naviy  o„zlikni  himoyalash  kabi  muhim  funksiyasi  namoyon  bo„ladi.  Milliy 

istiqlol  g„oyasi  ana  shu  funksiyani  bajarishi  uchun  esa  o„quvchi-yoshlar  va  aholi 

ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, e‟tiqod sifatida shakllanishi lozim. 

 


 

92 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling