Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
Multfilm va bola dunyokarashi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
Multfilm va bola dunyokarashi. Xar bir ota-ona farzandiga tarbiya berishga masul. Bu vazifani xar kim xar xil darajada bajaradi. YOn atrofga nazar solsak, farzandlarimizga biz bilan barobar televizor, kul telefonii, kompyuter «tarbiya»si , ta‟siri xam mavjud. Bugun oynai jaxonda mavzu moxiyati jixatidan sharkona kadriyatlar, uzbekona urf odatlar, odob-axlokimizga tugri kelmaydigan fi‟lm, multfilm va seriallar kam emas. Zamonaviy multfilmlarning asosiy kismi AKSH, Evropa mamlakatlari, YAponiya va xitoyda ishlab chikarilgan. Ular orasida biz uchun xam tarbiyaviy axamiyatga ega bulganlari xam bor, albatta. Ammo bu urinda bolajonlar sevib tomosha kiladigan, ularning milliy ma‟naviy karashlari shakllanishiga kuchli ta‟sir etadigan multfilmlarning ayrim tashvishli jixatlariga tuxtalsak. Birinchidan, bolalarga muljallangan xar kanday san‟at asari ularning yoshiga mos bulishi shart. Unda xayotda yuz berishi mumkin bulgan yoki ibratli vokealar aks etishi lozim. CHunki kichkintoy beixtiyor uzini kaxramon bilan solishtiradi. Xayolan uning urniga uzini kuyadi. Ammo, xozirgi chet elning ba‟zi multfilmlari asosan jangari va romantik mavzularda suratga olingan va bu bolalarni zuravonlik, axloksizlik va shunga uxshash salbiy xususiyatlar sari boshlashi mumkin. Ularning kaxramonlari kupincha tabiatda uchramaydigan maxluklardir. Bundan tashkari, ularda kurkinchli vaxshiyliklar tasvirlangan saxnalar kup. Tomoshabinni jalb etish 72
uchun kullaniladigan bir usul. Daxshatli saxnalarni kurgan bolada oldiniga kurkuv aralash kizikish xissi yuzaga keladi. Bunday saxnalarni muntazam tomosha kilgan bolada raxmdillik tuygusi yukolib, urnini toshbagirlik, xatto shafkatsizlik egallaydi. Ikkinchidan, axloksizlik targib etilgan saxnalar xam oz emas. Guyo kaxramonlar «sevgi-muxabbati» tarannum etilgandek. Buborada, xatto kattalar kursa, xijolat tortadigan xolatlarga duch kelishi mumkin. Bunday saxnalar bolakaylar, kizloklarda xayo, andisha abi milliy tuygularni emirishi tabiiy. Uchinchidan, Garbda urf bulayotgan oiladan ayri, yolgizlikda yashash kabi xolatlar zamonaviy multfilmlarda xam namoyon bulmokda. Axamiyat bersangiz, ba‟zi kaxramonlarning na ota-onasi buladi, na jigarlari. Xaar bir uzicha, uzi uchun, shaxsiy manfaatini uylab yashaydi. Oila a‟zolariga mexr-muruvvat kursatish, yakinlariga xizmat kilishdek xususiyatlar ularga butkul begona. Xulosa kilib aytganda, multfilmday ixcham ekran asari xam farzandlarimiz ongi, yuragida ezgu xissiyotlarni uygonishiga xizmat kilishi kerak. Bola , jumladan, shunday asarlar orkali olamni, odamni idrok etadi, xayvonat va nabototni urganadi. Birok buning uchun multfilmlar xam tom ma‟noda
73
Ikkinchi bobga oid xulosa Umuman olganda, OAV dan milliy qadriyatlar, diniy qarashlarning ijtimoiy hayotga qay tarzda kirib kelayotganligini anglab etish kerak. Barcha sohalarda axborot xurujlarni oldini olish, turli tarzdagi axborot zararlaridan saqlanish muhitini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bugun ta‟lim muassasalarida ta‟lim olayotgan, lekin ming afsuski, o„z mustaqil fikriga ega bo„lmaganlar bilan ishlashda qo„yidagilarga e‟tiborni qaratish darkor:
Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo„lgani uchun o„quvchilarning negativ fikrlash tarzining sxemasini o„zgartirish lozim. Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta‟sir ko„rsatish uchun pedagoglar o„zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o„zgartirishlari lozim. YA‟ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»da o„quvchi bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo„lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatta-xarakatlarni birgalikda tahlil etishga o„tishlari lozim. Uchinchidan, o„quvchining o„z-o„zini idroq qilishini, o„ziga bo„lgan bahosini o„zgartirish, ya‟ni, talabani ijobiy ishlarga yo„naltirish orqali o„ziga bo„lgan bahosini o„zgartirishga erishish kerak. Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o„quvchi ijobiy tajriba orttirsin,ya‟ni, o„zigi, oilasi yoki sinfdosh do„stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib, olqish olsin, ya‟ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Demak, ta‟lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o„rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bit‟at yoki yot g„oyalarga ergashib ketaveragan bo„lib qoladi. ya‟ni, darsni tashkil etishning no‟ananaviy usullariga keng yo„l ochish, darslarda o„quvchilar bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi.
74
SHuningdek, markaziy gazeta va jurnallar hamda maxalliy matbuotda bosilgan islom dinining ma‟rifiy mohiyatini, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni, mustaqillik yillarida keng quloch yoygan tadbirkorlik harakatini, mamlakatimizni jaxon hamjamiyatida tobora mustahkam o„rin egallab borayotganligini targ„ibot-tashviqot qilishning birgina o„zi talabalarda mamlakatimiz kelajagi buyuk ekanligiga etarli darajada iymon keltira olmaydi, desak xato bo„lmaydi. Ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilarni OAVlari orqali ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish bo„yicha o„tkazilgan taxlillar akademik guruh rahbarlari va fanlar o„qituvchilarining bu sohada etakchi o„rin egallashlarini ta‟kidlash barobarida, ular faoliyatida uchraydigan kamchiliklarni namoyon qilishga imkon berdi: - dars va darsdan tashqari mashg„ulotlarda o„quvchilarni ma‟naviy shakllantirish maqsadi, mazmuni, vazifalari, shakl, vosita, metodlari haqida cheklangan va ko„p hollarda mujmal tasavvurlarga ega ekanligi; - hozirgi zamon o„quvchisining ma‟naviy qiyofasi, uning etuk ma‟naviy fazilatlari, talaba shaxsini samarali rivojlantirish uchun o„quv materialining mazmuniga ma‟naviy yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya elementlarini uyg„unlashtirishda etarli bilim va ko„nikmalarni etishmasligi; - o„quvchilar shaxsini ma‟naviy shakllantirishda asrlar sinovidan o„tgan urf- odatlar, axloqiy qarashlarni ifodalovchi qonun-qoidalar, pand-nasihatlar, hadislardan va h.k. foydalanib suhbat, bahs-munozara o„tkazish texnologiyalari bo„yicha etarli tayyorgarligi yo„qligi; - tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlarida asossiz ravishda o„tmish ajdodlari merosi, odob-axloqni talabalar orasida bir tomonlama tashviqot-targ„iboti bilan cheklanib, mustaqillik yillarida xalqimizning yaratuvchilik ishlari, zamonamiz qahramonlari, «elim deb, yurtim deb» mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini o„tkazishni asossiz ravishda diqqat- e‟tibordan chetda qoldirayotganligi; 75
- tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlarida dunyo xalqlarining taraqqiyot darajasini, yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarini o„zlashtirishga talabalarni odatlantirish, akademik guruh talabalarida bag„rikenglik, tolerantlikni tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarni bajarishga ojizligi; - o„z ona tilini, betakror boy madaniyatini yaxshi bilmagan o„quvchilar o„zbek xalqining kiyinish madaniyati, qadriyatlari, turmush tarziga bepisandlik bilan mensimasdan qarash, ularda o„zgalar tilini yaxshi bilish, millat ruhiyatiga yaqinlik, shu millat ruhiyati, madaniyatiga intilish barobarida o„zi mansub bo„lgan millat ruhiyatidan uzoqlashishni paydo bo„layotganligini hisobga olib ular bilan individual ishlash yo„l-yo„riqlari to„g„risida juda sayoz tasavvurga ega ekanligi; - dars va darsdan tashqari mashg„ulotlarda barcha o„quvchilarni barobar ma‟naviy shakllantirib bo„lmasligini hisobga olib, ularni dunyoqarashi, ruhiyatiga, xulq-atvoridagi o„ziga xos jihatlarini muntazam ravishda namoyon qilib borish bo„yicha tasavvur va tushunchalarining juda sayozligi; - xulq-atvori, dunyoqarashida salbiy jihatlar, chekinishlar sodir qilgan o„quvchilar balan ishlash uchun individual, tabaqalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishga umuman tayyor emasliklari; -guruh o„quvchisiga ma‟lum qobiliyat, ba‟zan esa tug„ma qobiliyat va iste‟dod ato etilishini, uni avvalo o„zi uchun, oilasi, millati va xalqi, davlatining farovonligi, baxt-saodati uchun to„liq baxshida etsagina bunday jamiyat naqadar kuchli taraqqiyotga erishishi uning kasbiy burchi ekanligi haqida tasavvurga ham ega emasliklari; va h.k.
76
III.BOB. O„QUVCHI-YOSHLARNI MA‟NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHGA YO„NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI 3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini metodikasi
Bizga ma‟lumki, muayyan ilmiy-tadqiqot doirasida tashkil etilayotgan tajriba-sinov ishlarining puxta ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilishi, bu boradagi nazariy g‟oyalarning ilmiy jihatdan asoslanishiga, ularning haqiqiy bo‟lishiga zamin hozirlaydi. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda yo„naltirilgan tajriba- sinov ishlarini tashkil etishdan ko‟zlangan maqsad Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda o‟quvchilarda milliy qadriyatlar va milliy hulq-odob ko„nikmalarini shakllantirishga erishish hamda shu asosda ularda ma‟naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Tajriba-sinov ishlari oldimizga quyidagi vazifalarning hal etilishini talab etdi:
1. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy axloqiy madaniyat haqida tasavvur hosil qilish; 2. O‟quvchilarida Ommaviy axborot vositalari orqali axloqiy madaniyatni to‟laqonli shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. 3. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‟quvchilarda o„quvchilarni ma‟naviy- axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi maxsus metodikani sinovdan o‟tkazish. 4. Mazkur maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, matematik-statistik metod yordamida tahlildan o‟tkazish. 77
Sinfdan tashqari ishlarda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalari orqali milliy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‟naltirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi uslublar asosida o‟tkazildi: so‟rovnoma uslubi; suhbat uslubi; pedagogik kuzatuv uslubi; interfaol uslublar; pedagogik tajriba uslubi; matematik-statistika uslubi. Tashkil etilgan tajriba sinov ishlari jarayonida o‟quvchilar ishtirokidagi tadbirlarning mazmuni, mohiyati hamda OAVlarining mavzu va yo‟nalishidan kelib chiqqan holda ularga mos ko„rsatuv va eshittirishlar hamda uslublardan foydalanishga harakat qilindi. Taqdim etilgan OAV ularni bahs munozara, erkin muloqotga asoslangan, o‟quvchilarni fikrlashga undovchi, ma‟naviyatini shakllantiruvchi, dunyoqarashini o„stiruvchi tadbirlar samarali yakunlandi. Tadbirlarni o‟tkazishda noan‟anaviy (interfaol) metodlarning qo‟llanilishi tajriba-sinov jarayoni ishtirokchisi bo‟lgan o‟quvchilar faoliyatini yanada faollashtirdi. Ilmiy-tadqiqot muammosi doirasida tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: 1. Tajriba-sinov ishlarining o‟tkazilishini ta‟minlovchi tashkiliy tayyorgarlik bosqichi. 2. Tajriba-sinov ishlari uchun obyekt sifatida belgilangan o‟quvchilar bilan ishlash, maxsus metodikani dastlabki sinovdan o‟tkazish bosqichi. 3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va tahlil etish bosqichi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy fazilatlarni shakllantirish bo‟yicha tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining boshida o‟quvchilarning ma‟naviy-axloqiy sifatlari rivojlantirishga oid ilgari surilgan milliy-axloqiy sifatlarning shakllanganlik darajalari quyidagi jadvalda o‟z aksini topgan.
78
1-jadval Tajriba boshida o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy sifatlarning shakllanganlik darajasi to‟g‟risida ma‟lumot № OAVlari orqali ma‟naviy- axloqiy fazilatlarning tarkibiy qismlariga doir nazariy bilim va ko‟nikmalarning shakllanganlik O‟quvchilarning umumiy soni Nazorat guruhi n 1 = 59 Tajriba guruhi n 2 = 60 Ijobiy Salbiy Ijobiy Salbiy 1 Mehnatsevarlik 21
38 22
38 2 Insonparvarlik 21
38 24
36 3 Vatanparvarlik 18
41 21
39 4 Ota-ona, kattalarga hurmat 28
41 20
40 5 Rostgo‟ylik 27
32 25
35 6 Mardlik, tashabbuskorlik 18
41 19
41 7 Poklik 20
39 22
38 8 Dinga e‟tiqod 18
41 20
40 9 Adolatparvarlik 21
38 21
39 10 Jasurlik 21
38 23
37 11 Ajdodlar va ular merosini chuqur hurmat qilish 22
37 24
36 12 Fidoiylik 19
40 20
40 13 Milliy qadriyatlarga muhabbat 22
37 22
38
O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ilgari surilgan ma‟naviy-axloqiy tarbiyaga doir axloqiy bilim, ko„nikma va ma‟lumotlarning xabardorlik va shakllanganlik darajasini yuqoridagi jadvalda raqamlar orqali namoyon bo‟lishi, uning past darajada ekanligini ko‟rsatdi. 79
3.2. Tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning tahlili
O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali tarbiyaviy ta‟sir etib, ularda milliy axloqiy fazilatlarni shaklantirishning mazmuni, shakl va uslublari umumiy щrta ta‟lim maktablarida amal qilinayotgan ta‟lim-tarbiya tizimining bir qismidir. Mazkur tizimning samaradorligi pedagogik tadqiqotlar natijasida to‟la sinovdan o‟tkaziladi. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot
vositalaridan foydalanishda milliy pedagogikamizdagi ma‟naviy tarbiya vositasi sifatida uning xazinasidagi asarlaridan saralab olingan namunalarda o‟z isbotini topdi. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ularda axloqiy fazilatlarni shakllantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda biz ana shu maqsadga erishish uchun mumkin qadar ko‟proq tarbiyaviy ta‟sirga ega bo‟lgan OAVlar orqali ko„rsatiladigan dasturlar, ko„rsatuvlar, xujjatli filmlarini tanlab oldik. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda estetik, badiiy tarbiya vositalari, ko„satuv va eshitirishlardagi ilgari surilgan milliy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga rioya etish zarur: OAVlaridagi ma‟naviy va estetik tarbiya bo‟yicha tarixiy-nazariy ma‟lumotlar asosida ilmiy bilim va amaliy tajribalar asosida milliy axloqiy fazilatlarini sinfdan tashqari ishlar jarayonida OAVlaridan foydalanish; OAVlaridagi milliy an‟analarning tarbiyaviy imkoniyatlarini ochish, tanlab olish jarayonida axloqiy mazmunini yoritishga alohida e‟tiborga olish, ko„rsatuv va eshittirishlarni badiiy- estetik, axloqiy idrok qilish; ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarni tashkil etish jarayonida qatnashish, OAV orqali turli tadbirlarni o‟tkazishga tayyorgarlik ko‟rish va o‟tkazishda shahar, viloyat, Respublika miqyosidagi ko‟riklar, milliy musiqa va turli bayramlar, Mustaqillik kuni, turli sanalarga bag‟ishlangan tadbirlarda milliy urf-odatlar, an‟analarda keng foydalanish; sinfdan tashqari ishlar jarayonida
80
o‟quvchilarning estetik did, qiziqishlarini o‟rganish; dars mashg‟ulotlarida OAVlarining milliy tarbiyaga ijobiy ta‟sir etuvchi pedagogik sharoit vujudga keltirish, har bir tadbirni go‟zallik qoidalari asosida rivojlantirish, puxta, chuqur tayyorgarlik bilan o‟tkazish; o‟quvchilar ishtirok etayotgan tadbirlarda, shoir va yozuvchilar, madaniyat xodimlari, olimlar ishtirokidagi tadbirlarda iloji boricha hofiz ijodini namoyish qilishga ko‟proq erishish va xok. Pedagogik tajriba ishlari uchun maxsus tayyorlangan metodikani amaliyotda sinash natijasida o‟quvchilar tomonidan OAVlari orqali milliy-axloqiy fazilatlar mohiyatini anglash sezilarli darajada o‟zgardi. Mazkur o‟zgarish quyidagi jadvalda o‟z aksini topdi. 2-jadval O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy sifatlarning shakllanganlik darajasi (tajriba oxirida) haqida ma‟lumot № OAVlari orqali ma‟naviy- axloqiy fazilatlarning tarkibiy qismlariga doir nazariy bilim va ko‟nikmalarning shakllanganlik O‟quvchilarning umumiy soni Nazorat guruhi n 1 = 59 Tajriba guruhi n 2 = 60 Ijobiy Salbiy Ijobiy Salbiy 1 Mehnatsevarlik 21
38 46
14 2 Insonparvarlik 22
37 49
11 3 Vatanparvarlik 19
40 47
13 4 Ota-ona, kattalarga hurmat 28
41 51
9 5 Rostgo‟ylik 28
31 52
8 6 Mardlik, tashabbuskorlik 19
40 45
15 7 Poklik 21
38 47
13 8 Dinga e‟tiqod 18
41 49
11 9 Adolatparvarlik 21
38 51
9 10 Jasurlik 21
38 49
15 81
11 Ajdodlar va ular merosini chuqur hurmat qilish 23
36 48
12 12 Fidoiylik 20
39 43
17 13 Milliy qadriyatlarga muhabbat 22
37 46
14
O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ularda milliy axloqiy sifatlar va ko„nikma, odatlarni, madaniyatni shakllantirish mazmunining to‟liq o‟rganilish darajasini aniqlash maqsadida ushbu g‟oya mohiyatini o‟zida batafsil mujassam etgan test savolnomasini ishlab chiqdik (2-3-ilovalar). Ushbu nazariy savolnoma va amaliy topshiriqlar tajriba-sinov ishlarining boshi va oxirida o‟quvchilar e‟tiboriga havola etildi. Tajriba-sinov ishlari boshi va yakunida tajriba hamda nazorat guruhi o‟quvchilari tomonidan qayd etilgan ko‟rsatgichlar taqqoslandi hamda matematik-statistik metod yordamida qayta ishlandi. Mazkur holat biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va tajriba-sinov ishlari jarayonida amaliyotda sinovdan o‟tkazilgan uslubiyatning samaradorligini tasdiqladi. O‟quvchilarining mavzu doirasidagi bilimini baholashda OAVlaridagi milliy-axloqiy fazilatlarning shakllanishini ko‟rsatish maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida o‟tkazilgan nazorat ishlari natijalarini hisoblashda qulay bo‟lishi uchun 100 ballik reyting tizimidan 5 ballik reyting tizimini qulay deb topdik. Bu jadvalda ifodalangan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling