Ommaviy madaniyat tushunchasi mazmun – mohiyati, uning salbiy oqibatlari
Download 45.5 Kb.
|
OMMAVIY MADANIYAT TUSHUNCHASI MAZMUN
Jozibali o’lim.Dunyodagi barcha asosiy dinlar insonlar orasidagi, jumladan, erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlarning madaniy me’yorlarini ham yaratgan. Buning tasdig’ini islom dini misolida yaxshi bilamiz. Xristian dini ham o’z qavmlarini biologik, tuban xohishlardan tiyilish, atrofdagilarni ehzozlash, sevish ruhida tarbiyalagan. Masalan, erkak va ayol muhabbati xristianlarda ham ikki yoshning oila qurishi uchun asos hisoblangan. Og’ir‑bosiqlik va andisha mahqullangan. Ahloqiy buzuqlik qattiq tahqib qilinib, jazolangan. Shunday ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlari borki, ular xudoga qarshi jinoyat deb hisoblangan. Buning uchun hatto qatl qilingan.
“Ommaviy madaniyat” esa buning teskarisi, ular qachon, qaerda, kim bilan, nima bilan qanday munosabat o’rnataladi? Buning ahamiyati yo’q. Ana shu g’oya XX asrning 50 – 60 – yillarida AQSH va G’arbiy Yevropada ma’naviy va axloqiy tubanlik inqilobni boshlab berdi. Bu aslida “ommaviy madaniyat”ning xristianlikka, xudoga qarshi xuruji bo’ldi. Bugun xudo ularni jazolamoqda. Buzuqi yigitlar 20‑30 yoshida notavon, yengiltabiat qizlar esa befarzand bo’lib qolmoqda. Barcha dinlar, milliy madaniyatlar asrlar davomida o’smir qizlarga, “O’zingni bokira tut. Asra”, deb keldi. “Ommaviy madaniyat” esa “Hayot lazzatini sur. “O’zing uchun yashb qol”, “Oila uchun qayg’urma”, deb nasihat qilmoqda. Bugun u bamisoli ana shunday “nasihat”ini o’zbek qizlariga aytish uchun kelayotgandek. “Ommaviy madaniyat”ga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga nimani qarshi qo’ysa bo’ladi? Milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota‑bobolarimiz e’tiqod qo’yib kelgan islomiy qadriyatlarni. Shuning uchun ham O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo’lib maktab, kollej, institutlarda ta’lim jarayoniga dinshunoslik asoslari predmetini joriy etdi. MDHning ayrim peshqadam davlatlari bu ma’rifiy tashabbusning samarasini tez his qildi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi maktablariga 2006 yildan boshlab “Pravoslav(Islom, Buddiylik) madaniyati asoslari” o’quv predmeti joriy etila boshlandi. Patrik Byukenen, Oleg Platov, Gerxox Rayzegger kabi olimlarning G’arb dunyosidagi ma’naviy buzilishlar haqidagi faryodini hech kim eshitmayotir. Jilovlanmagan nafs g’arbni evtanaziyaga boshlab bormoqda. G’arbni faqat ma’naviyat, axloq bu xatarlardan asrab qolishi mumkin. Bu haqda o’ylaganda o’zimizning ildizi 3000 yildan ortiq boy tarixga ega bo’lgan ma’naviyat sohiblari ekanimizdan faxrlanamiz. “ Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling