Ommaviy oferta (Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish shartlari)
Download 275.99 Kb. Pdf ko'rish
|
c58bc47a-cbda-4c17-b725-46debadc5e0b (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4. SHARTNOMA MAZMUNI
4.1 Ilova, agar u o'rnatilgan va ishga tushirilgan bo'lsa, foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: 4.1.1 Operatorning aloqa xizmatlarini ulash/o’chirish va foydalanish. Xizmatlarning to'liq ro'yxati bilan Operator veb-saytida tanishish mumkin. 4.1.2 Operatorning hamkorlik xizmatlariga kirish huquqiga ega bo'lish. 4.2 Ilovada Operator xizmatlari va Operator hamkorlari xizmatlari mavjud bo'lib, ular Foydalanuvchiga pullik asosda taqdim etilishi mumkin. Ularni faollashtirish Foydalanuvchi tomonidan xizmatlar tavsifi, foydalanish narxi va boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga olgan tegishli sahifada ularni taqdim etish shartlari bilan tanishib chiqqandan so'ng, o'z xohishiga ko'ra mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 4.3 Operatorning aloqa xizmatlarini taqdim etish doirasida abonent raqami jismoniy shaxsga ro’yxatdan o’tkazilgan Foydalanuvchiga quyidagi funktsiyalar mavjud: Foydalanuvchi hisobi qoldig'ini ko'rish; Bonus balanslarining qoldiqlari; boshqa xizmatlarni ulash / o'chirish; Tarif rejasini o'zgartirish; mavjud xizmatlarini ko'rib chiqish; ko'rsatilgan xizmatlar to'g'risida ma'lumot (tafsilotlar oxirgi 30 kun uchun mavjud). 4.4 To'lov xizmati Foydalanuvchisi bo'lish uchun quyidagi mezonlarga rioya qilish kerak: ilgari foydalanuvchi o'zi uchun SMS-ma'lumot xizmatini ulagan; to'lov xizmatlari tizimida foydalanuvchi muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tgan bo’lishi. 4.5 Operatorning Prepaid tizimidagi abonentlari uchun trafik tariflanmaydi. 4.6 Operator Ilova foydalanuvchilariga xavfsiz axborot muhitini taqdim etadi, bu orqali Foydalanuvchi Operatorning aloqa xizmatlaridan foydalanish va Operator Hamkorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. 5. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 5.1 Operatorning huquqlari: 5.1.1 Ilova xizmatlari tarkibini, uning tuzilishi va tashqi ko‘rinishini aniqlash, shuningdek, Foydalanuvchilarni oldindan xabardor qilgan holda yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilishda Ilovaga o‘zgartirishlar kiritish. 5.1.2 Foydalanuvchiga Operator hamkorlari xizmatlaridan foydalanishni ta'minlash. 5.1.3 Ushbu Oferta shartlarini istalgan vaqtda, bir tomonlama tartibda o'zgartirish va/yoki to'ldirish, shu bilan birga foydalanuvchini Ilova interfeysida yangi nashrning kuchga kirgan sanasini ko'rsatuvchi o'zgartirilgan matnni joylashtirish orqali xabardor qilish. 5.1.4 Ilovaning istalgan bo'limida reklama va/yoki boshqa ma'lumotlarni joylashtirish, reklama ma'lumotlari orqali ma'lumotlarning namoyishini to'xtatish. 5.1.5 Foydalanuvchining Ilovaga kirishini texnik, huquqiy va boshqa sabablarga ko‘ra ularni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, avvalroq Operator uchun qulay bo‘lgan tarzda foydalanuvchini xabardor qilgan holda cheklash. 5.1.6 Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash va ularni Texnologik hamkor va Operator hamkorlariga o'tkazish. 5.1.7 Foydalanuvchidan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini olgandan so'ng, Foydalanuvchining Operatorning aloqa xizmatlariga va Operator hamkorlari xizmatlariga kirishini cheklash. 5.2 Operator majburiyatlari: 5.2.1 Ilovaning uzluksiz ishlashini ta'minlash. 5.2.2 Ushbu Ofertaning 3-bo'limiga muvofiq Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarining maxfiyligini ta'minlash. 5.2.3 Foydalanuvchini Ilovaga kiritilgan oʻzgartirishlar va yangilanishlar toʻgʻrisida, Ilova orqali Foydalanuvchilar foydalanishi mumkin boʻlgan yangi xizmatlarni ulash toʻgʻrisida, ushbu Ofertaning 5.1.5-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra Ilovaga kirishni cheklash toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish. 5.2.4 Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish bo’yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'rish. 5.2.5 Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini, ularni qayta ishlash maqsadiga erishilgan bo'lsa, shuningdek, ushbu Oferta va "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo'q qilish. Download 275.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling