Ommaviy oferta (Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish shartlari)
SHARTNOMA TUZISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
Download 275.99 Kb. Pdf ko'rish
|
c58bc47a-cbda-4c17-b725-46debadc5e0b (1)
2. SHARTNOMA TUZISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
2.1 Foydalanuvchining ushbu Ofertani qabul qilishi Ilovadan foydalanish maqsadida shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi hisoblanadi. Qabul qilishdan oldin Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlari bilan tanishib chiqishi kerak. Qabul qilish dastlabki harakatlar paytida olingan deb hisoblanadi va keyingi harakatlarni bajarishda talab qilinmaydi. 2.2 Foydalanuvchi tomonidan Ilovadan foydalanish maqsadida shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi, Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlari bilan tanishganligi va uning shartlariga hech qanday o’zgartishlarsiz, cheklovlarsiz rozi bo'lganligini anglatadi. 2.3 Ofertaning qabul qilinishi Foydalanuvchiga uning shatlariga to’liq hajmda rioya qilish majburiyatini yuklaydi. 2.4 Foydalanuvchi ushbu Ofertaning shartlariga muvofiq, shu jumladan Operator tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar bo’yicha to'lov uchun javobgar hisoblanadi. 2.5 Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertaning 1.10-bandida ko'rsatilgan Operator hamkorlari xizmatlaridan foydalanilganda, Foydalanuvchi Operator hamkorlari tomonidan belgilangan shartlarda Operator Hamkorlari bilan shartnomaviy munosabatlariga kiradi. Ushbu Ofertani qabul qilish Operatorhamkorlari bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini avtomatik qabul qilinganligini anglatmaydi. Operator hamkorlari bilan shartnomalar shartlarini qabul qilish operator hamkorlari tomonidan belgilangan shartlarda alohida amalga oshiriladi. 2.6 Foydalanuvchi har qanday bosqichda ushbu Ofertani qabul qilishni ushbu Ilovada shaxsiy akkauntini o'chirib tashlash orqali bekor qilish huquqiga ega. Ushbu Ofertani qabul qilishning bekor qilinishi Foydalanuvchi tomonidan Operator bilan va Operator hamkorlarining xizmatini taqdim etish doirasida tuzilgan shartnomalarning bekor qilinishi hisoblanmaydi. Download 275.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling