Ommaviy oferta


Download 166.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.02.2017
Hajmi166.01 Kb.
#208
  1   2   3

 

 



―UMS‖ MChJ Bosh rahbarining 

2014.11.21 №34 sonli buyrug‘i bilan 

Tasdiqlangan  

 

 

Mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun 

OMMAVIY OFERTA 

 

1. UMUMIY QOIDALAR 

1.1


 

O‗zbekiston  Respublikasi,  100000,  Toshkent  shahri,  A.Temur  ko‗chasi,  24-uy  manzili  bo‗yicha 

joylashgan  («Aloqabank»  AK  OPERU  dagi  hisob  raqami  №20214000300381984001,  MFO  №00401, 

STIR  №303020732,  XXTUT  №52300),  mahalliy  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  loyihalashtirish, 

qurish,  ekspluatatsiya  qilish  va  xizmatlarini  ko‗rsatish  huquqini  beruvchi  AA  0005149-son litsenziyaga; 

shaharlararo  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  loyihalashtirish,  qurish,  ekspluatatsiya  qilish  va 

xizmatlarini  ko‗rsatish  huquqini  beruvchi  AA  0005150-son  litsenziyaga;  xalqaro  telekommunikatsiya 

tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko‗rsatish huquqini beruvchi 

AA  0005151-son  litsenziyaga;  mobil  radiotelefon  (sotali)  aloqa  tarmoqlarini  loyihalashtirish,  qurish, 

ekspluatatsiya  qilish  va  xizmatlarini  ko‗rsatish  huquqini  beruvchi  AA  0005152-son  litsenziyaga; 

ma‘lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko‗rsatish 

huquqini  beruvchi  AA  0005153-son  litsenziyaga;  teleradiouzatishlarni  tarqatish  tarmoqlarini 

ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko‗rsatish huquqini beruvchi AA 0005154-son litsenziga muvofiq 

xizmatlar  ko‗rsatuvchi,  kelgusida  «Operator»  deb  nomlanadigan  «Universal  Mobile  Systems» 

Mas‘uliyati  Cheklangan  Jamiyati,  quyida  berilgan  shartlarga  muvofiq  (bundan  keyin  Shartnoma 

tomonlari  deb  birgalikda  nomlanadi)  quyida  aytib  o‗tilgan  xatti-harakatlarni  bajarish  yo‗li  bilan  ushbu 

ofertani  aktseptlovchi  jismoniy  shaxslarga  (bundan  keyin  -  «Abonentlar»)ga  mobil  aloqa  xizmatlarini 

(bundan keyin - «Aloqa xizmatlari»)ni taqdim etadi. 

Ushbu  Ommaviy  oferta  va  unga  berilgan  ilovalar  Mobil  aloqa  xizmatlarini  taqdim  etish  shartnomasi 

hisoblanadi. 

Ushbu  Ommaviy  oferta  shartlari,  shuningdek  Shartnoma  Tomonlari  rioya  qilishlari  kerak  bo‗lgan  mobil 

radiotelefon  (sotali)  aloqa  xizmatlarini  ko‗rsatish  qoidalari  hisoblanadi.  Bundan  keyin  matn  bo‗yicha 

Shartnoma (ushbu Shartnoma) va Oferta (ushbu Oferta) atamalari bir xil ahamiyatga ega.  

1.2.


 

Mobil  aloqa  xizmatlarini  ko‗rsatish  uchun  Shartnoma  predmeti  bo‗lib,  Abonentni  O‗zbekiston  Respublikasi 

hududidagi  Operator  tarmog‗iga  ulash  va  moddiy  shaklga  ega  bo‗lmagan  muayyan  texnik  operatsiyalarni 

(vakolatli  organ  tomonidan  berilgan  litsenziyalarga  muvofiq)  bajarish  yo‗li  bilan  Abonentga  mobil  aloqa 

xizmatlarini ko‗rsatish hisoblanadi. Aloqa xizmatlari Abonentga u tomonidan ushbu ommaviy oferta shartlari 

to‗liq  va  so‗zsiz  aktseptlanganda  (2.1-band),  shu  jumladan  Abonent  tomonidan  o‗zi  tanlagan  tarif  rejasiga 

ko‗ra aloqa xizmatlari uchun oldindan haq to‗lash majburiyatlari bajarilganda ko‗rsatiladi.  

1.3.


 

 Barcha bo‗limlarning sarlavhalaridan ushbu Ommaviy ofertada faqat ulardan foydalanish (o‗qish) qulayligi 

uchun foydalaniladi va ushbu Ommaviy oferta shartlarini talqin qilishga, shuningdek Xizmatlarni ko‗rsatish 

tartibiga  hech  qanday  ta‗sir  ko‗rsatmaydi.  Ushbu  oferta  maqsadlari  uchun  quyidagi  asosiy  atamalar  va 

ta‗riflar qo‗llaniladi: 

Abonent  -  foydalanishi  uchun  kamida  bitta  Abonent  nomerini  ajratgan  holda  Abonent  shartnomasi  tuzilgan 

jismoniy shaxs. 



Abonent  shartnomasi  -  Abonent  va  Operator  o‗rtasida  tuziladigan,  ushbu  Ofertadan,  Oferta  shartlarini 

aktseptlash  to‗g‗risidagi  ro‗yxatga  olish  blankidan  (Shartnomaning  1-son  ilovasi,  1.1-son)  iborat,  Mobil  aloqa 

xizmatlarini taqdim etish uchun Ommaviy oferta shartlari asosida tuziladigan shartnoma.  

Abonent nomeri – Operator bilan Mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasini tuzishda Abonentga 

foydalanishi uchun taqdim etiladigan telefon nomeri ko‗rinishidagi ochiq nomli va (yoki) raqamli va (yoki) 

manzilli  axborot,  uning  yordamida  Operator  tarmog‗iga  ulangan  Abonent  uskunasi  unda  o‗rnatilgan  SIM-

karta bilan identifikatsiya qilinadi. 



Abonent uskunasi - radiokanallar bo‗ylab axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun elektraloqa signallarini 

shakllantiruvchi,  aloqa  tarmoqlariga  ulanadigan  texnik  vosita.  Abonent  uskunasi  va  uning  uchun  dasturiy 

ta‗minot Abonent tomonidan mustaqil o‗z hisobidan sotib olinadi, uning mulki hisoblanadi va O‗zbekiston 

Respublikasi  «Telekommunikatsiyalar  to‗g‗risida»gi  qonunning  24-moddasiga  muvofiq  lozim  darajada 



 

sertifikatlanishi kerak. 



Abonent  to‘lovi  -  abonentga  muayyan  xizmatlardan  foydalanish  imkoniyati  taqdim  etilganligi  uchun 

Kompaniyaning  Prays-varaqlarida  belgilangan  miqdorda  va  davriylik  bilan  Abonentning  shaxsiy  (elektron) 

hisob raqamidan echib olinadigan, haqiqatda taqdim etilgan xizmatlar hajmiga bog‗liq bo‗lmagan to‗lov. 

 

To‘lov  kartasi  —  summasi  (nominali)  ko‗rsatilgan  karton  yoki  plastik  karta,  ushbu  summa  (nominal)ga 

Abonentga  aloqa  xizmatlari  taqdim  etilishi  mumkin.  To‗lov  kartasi  belgilangan  nominaldagi  yakka 

tartibdagi  muayyan  tashuvchi  hisoblanib,  shuningdek  Kartani  Aktivatsiya  qilish  uchun  zarur  bo‗lgan 

axborot,  kartani  Aktivatsiya  qilish  muddati,  uning  amal  qilish  davri,  seriya  raqami,  maxfiy  kod,  yopiq 

himoya qatlami va axborot ma‗lumotlarini o‗z ichiga oladi. 



To‘lov kartasini aktivatsiya qilish — Karta egasi tomonidan Operator tarafidan belgilangan xatti-harakatlar 

ketma-ketligi  bajarilishini  ko‗zda  tutuvchi  protsedura,  buning  natijasida  Abonent  shaxsiy  (elektron)  hisob 

raqamidagi qoldiq to‗lov kartasi nominalida ko‗rsatilgan summaga to‗ldiriladi. 

AHT  –  avtomatlashtirilgan  hisob-kitoblar  tizimi,  abonentlar  va/yoki  Operator  xizmatlarining 

foydalanuvchilari  bilan  hisob-kitoblar  avtomatlashtirilishini,  shuningdek  taqdim  etilgan  va  ko‗rsatilgan 

xizmatlar  to‗g‗risidagi  axborotni  hisobga  olish  va  uni  qayta  ishlashni  ta‘minlash  uchun  mo‗ljallangan 

apparat-dasturiy kompleks. 



Operator  tarmog‘idan  foydalana  olish  -  Operator  tomonidan  taqdim  etiladigan  xizmatlarni  olish  uchun 

Operator tarmog‗idan foydalanish imkoniyati. 



Kontent-provayder xizmatlaridan foydalana olish - Operator tomonidan Abonentga o‗z aloqa tarmog‗i orqali 

kontent-provayderning  axborot-ko‗ngilochar  xizmatlaridan  foydalana  olishni  taqdim  etishdan  iborat 

Operatorning qo‗shimcha (u bilan bog‗liq) xizmati.  

Tarifikatsiya  birligi  -  ko‗rsatilgan  Xizmatlar  hajmining  Abonent  tomonidan  to‗lanadigan  o‗lchash  birligi, 

uning qiymati Operator tomonidan belgilanadi. 



Operator  tarmog‘ining  xizmat  ko‘rsatish  (radio  qamrab  olish)  zonasi  –  Litsenziya  shartnomasi  asosida 

Operator  aloqa  xizmatlarini  ko‗rsatish  huquqiga  ega  va  aloqa  xizmatlarini  ko‗rsatish  texnik  imkoniyatlariga 

ega hudud. 

Kodli  so‘z  –  Shartnomani  bajarishda  Abonentni  qo‗shimcha  identifikatsiyalash  uchun  xizmat  qiladigan 

Operator  tomonidan  belgilangan  shaklda  Abonent  tomonidan  ko‗rsatiladigan  simvollar  (harflar,  raqamlar) 

ketma-ketligi. 

Kontent  —  SMS,  MMS,  GPRS  yordamida  olingan,  axborot,  ko‗ngilochar  xarakterga  ega  matnli  yoki 

mulytimediali  ma‗lumotlar.  Kontent  xizmatlari  Abonentning  oldindan  buyurtmasi  bo‗yicha,  Abonent 

uskunasidan uni olish uchun so‗rov (komanda)ni  yuborish yo‗li bilan  kontent-provayder tomonidan taqdim 

etiladi va ko‗rsatiladi. 



Kontent-provayder  –  Operator  tarmog‗i  orqali  Abonentlarga  tijorat  asosida  kontent  xizmatlarini 

ko‗rsatuvchi  yuridik  shaxs.  Kontent-provayderlar  ro‗yxati  va  ular  tomonidan  ko‗rsatiladigan  kontent 

xizmatlaridan  Operatorning  rasmiy  veb-saytidan,  shuningdek  kontent-provayderlarning  rasmiy  internet-

saytlaridan foydalanish mumkin. 



Shaxsiy  (elektron)  hisob  raqam  –  Abonentning  ushbu  summa  (bundan  keyin  -  shartli  summa)dagi 

xizmatlarni  olish  uchun  huquqlarining  hajmi  to‗g‗risida  pul  ekvivalentida  ifodalangan  axborotni, 

shuningdek  Abonent  tomonidan  iste‗mol  qilinadigan  Xizmatlar  uchun  haq  to‗lash  hisobiga  kiritilgan  pul 

mablag‗larining  kelib  tushishi  va  sarflanishi  to‗g‗risidagi  axborotni  o‗z  ichiga  olgan  Operatorning 

avtomatlashtirilgan hisob-kitoblari tizimidagi tahliliy elektron fayl. 

Alohida  tarif  -  tarif  rejasiga  kirmaydigan  alohida  xizmat  uchun  Operator tomonidan  belgilanadigan  tarif. 

Alohida  tarif  qandaydir  tarif  rejasini  tanlashga  bog‗liq  emas.  Alohida  tariflar  Operatorning  Prays-

varaqlarida  yoki  Abonent  bilan  tuziladigan  Shartnomada  yoki  Internetda  (Operatorning  rasmiy  WEB-

sayti)da yoki ommaviy axborot vositalarida ko‗rsatiladi. 



Operator  Ofisi  -  Operatorning  Toshkent  shahridagi  bosh  ofisi  va  O‗zbekiston  Respublikasi 

viloyatlaridagi  uning  hududiy  xizmat  ko‗rsatish  markazlari.  Operator  ofislari  va  O‗zR  viloyatlaridagi 

uning hududiy xizmat ko‗rsatish markazlarining ro‗yxati, ularning ishlash rejimlari Operatorning rasmiy 

WEB-saytida  ko‗rsatilgan  va  zarur  bo‗lganda  (joylashgan  joyi,  pochta  manzili  va  sh.k.  o‗zgarganda) 

aktuallashtiriladi. 

Navbatdagi  abonent  raqami  –  Tomonlar  Abonent  shartnomasini  tuzgan  vaqtda  Abonentlarni  ulash 

uchun  ochiq  bo‗lgan  Operatorga  ajratilgan  nomerlar  sig‗imidan  Abonentga  taqdim  etiladigan  Operator 

tarmog‗iga ulanish uchun bo‗sh bo‗lgan abonent nomeri. 


 



Prays  Narhlari  (Price–List)  –  Operator  tomonidan  taqdim  etiladigan  tariflar  va  xizmatlarning  narxini 

ko‗rsatgan holda ular to‗g‗risidagi axborotdan iborat ma‘lumot-axborot hujjati. 

To‘lov  agenti  -  bosh  agent  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  statsionar  qurilmadan,  shuningdek  o‗ziga-o‗zi 

xizmat  ko‗rsatish  qurilmasidan  foydalanib,  jismoniy  shaxslardan  to‗lovlarni  qabul  qilish  faoliyatini  amalga 

oshiruvchi yuridik shaxs, yuridik shaxs filiali yoki yakka tartibdagi tadbirkor; 

Foydalana  olishni  taqdim  etish  -  Operator  tomonidan  Abonentga  Abonent  qurilmasini  foydalanishni 

taqdim etish va uni Tarmoqqa ulash operatsiyalarining bajarilishi; 



Radiotelefon  ulanish  davomiyligi  -  Operator  apparaturasi  chaqirilayotgan  tomon  javobini  aniqlashidan 

boshlab  Operator  apparaturasi  tomonlardan  birining  radiotelefon  ulanishi  uzilib  qolganligini  aniqlash 

paytigacha bo‗lgan vaqt oralig‗ining uzunligi; 

Radiotelefon  ulanish  -  hech  bo‗lmaganda  bittasi  axborot  almashish  imkoniyatini  ta‗minlovchi  tarmoq 

Abonenti  bo‗lib  hisoblanadigan  aloqa  xizmatlari  foydalanuvchisining  Abonent  uskunasi  o‗rtasida 

radiotelefon aloqasini o‗rnatish. 

Rouming  (Roaming)  -  bir  Operator  abonenti  boshqa  mamlakatda  joylashgan  boshqa  Operator  xizmat 

ko‗rsatadigan  hududda  bo‗lganda  boshqa  Operator  tarmog‗idan  foydalana  olishini  ta‘minlovchi  xizmat 

(xalqaro rouming). Mamlakatlar va Operatorning rouming-sheriklari ro‗yxati qat‘iy belgilangan amal qilish 

sanasida  aktuallashtiriladi  va  vaqti-vaqti  bilan  o‗zgarishi  mumkin.  Rouming-sheriklar  ro‗yxati  hamda 

rouming xizmatlari uchun tariflar Operator tomonidan rasmiy WEB-saytda va bosma axborot materiallarida 

ko‗rsatiladi; 



Tarmoq  -  texnik  vositalar  (kommutatsiya  va  radiouskuna,  abonent  qurilmalari,  ulovchi  liniyalar,  inshootlar 

va sh.k.) yig‗indisidan iborat Operator tarmog‗i, ular yordamida Abonentga mobil aloqa xizmatlari (telefon, 

ma‗lumotlar uzatish va b.) taqdim etiladi; 

Operator  sayti  (WEB-sayt)  –  Operatorning  www.ums.uz.  elektron  manzil  bo‗yicha  joylashgan  axborot 

resursi;  



SIM (SIM) karta (Subscriber Identity Module) - Tarmoqda Abonentni identifikatsiyalash imkonini beruvchi 

ichiga o‗rnatilgan mikrosxemali plastik kartochkadan iborat identifikatsiyalash moduli. 



SIM-kartani  aktivatsiya  qilish  –  SIM-kartani  Tarmoqdan  foydalana  olishni  ta‘minlovchi  va  istalgan  faol 

harakat bajarilishini ta‘minlovchi holatga keltirish. 



SMS (Short Message Service) - qisqa xabarlar xizmati; 

Tarifikatsiya  tizimi  -  aloqa  xizmatlarining  xilma-xil  turlari  va  to‗plami  uchun  aloqa  xizmatlari  narxini 

hisoblash usuli; 



Tarif\lar - muayyan aloqa xizmati uchun narx/lar; 

Tarif  rejasi  –  narx  shartlarining  jami,  bu  shartlar  asosida  Operator  bir  yoki  bir  nechta  xizmatlardan, 

muayyan xizmatlar to‗plamidan foydalanishni taklif qiladi; 



Tarmoqdan  foydalana  olishni  taqdim  etish  texnik  imkoniyati  -  ajratilgan  radiochastotalar  resursini 

hisobga olib, abonent sig‗imi bo‗sh nomerlari va/yoki aloqa kanallarining mavjudligi;  



Aloqa xizmatlarini taqdim etish texnik imkoniyati - Operatorning xizmat ko‗rsatish zonasida  Abonentga 

tegishli  xizmatlarni  ko‗rsatish  uchun  zarur  bo‗lgan  ishlaydigan  texnik  vositalar  va  aloqa  inshootlarining 

mavjudligi; 

Tranzaktsiya  –  Abonentning  shaxsiy  (elektron)  hisob  raqami  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiya,  buning 

natijasida  taqdim  etilgan  Xizmatlar  uchun  pul  mablag‗larini  echib  olish  bajariladi.  Operator  quyidagilarni 

tranzaktsiya bilan tenglashtirish huquqiga ega: 

- bo‗lib o‗tgan chiqish qo‗ng‗irog‗i (davomiyligi 0 sekunddan ko‗p), shu jumladan roumingda amalga oshirilgan 

(shoshilinch xizmatlarga va Operatorning bepul servis raqamlariga qo‗ng‗iroqlardan tashqari); 

- tarmoq ichidagi va boshqa operatorlarning abonent raqamlariga barcha chiquvchi SMS va MMS lar; 

- barcha kiruvchi tarifikatsiyalanadigan (pulli) SMS lar, shu jumladan kontent-provayderlardan olingan; 

-  abonent  to‗lovini  hisobdan  chiqarish  («Raqamni  saqlash»  xizmati  bo‗yicha  summalarni  hisobdan  chiqarish 

bundan mustasno); 

- xizmatlarni boshqarishning barcha pulli tranzaktsiyalari, shu jumladan tarifikatsiyalanadigan xizmatlarni olish; 

- ma‘lumotlar qabul qilish va uzatishning bo‗lib o‗tgan barcha sessiyalari

- «Va‘da qilingan to‗lov» xizmati bo‗yicha muvaffaqiyatli o‗tkazma yoki ma‘lum bir summani qabul qilish; 

- konten-provayderlarning servis nomerlariga yuborilgan so‗rovlar (komandalar). 

Aloqa xizmatlari – Abonentni Operator Tarmog‗idan foydalanа olishini, radiosignallar qabul qilishni, qayta 


 

ishlashni,  uzatishni  ta‘minlash  bo‗yicha  Operator  tomonidan  taqdim  etiladigan  xizmatlar,  shuningdek, 



Operator tomonidan Abonentga taqdim etiladigan boshqa xizmatlar. 

Operator  tijorat  vakilining  vakolatli  ofisi  –  mansabdor  shaxsning  imzosi  va  Operatorning  muhri  bilan 

tasdiqlangan rasmiy hujjat asosida Abonent bilan mobil radiotelefon (sotali) aloqa xizmatlarini taqdim etish, 

Operator tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchun to‗lovlar qabul qilish va taqdim  etilgan huquqlarga 

muvofiq  Operator  abonentlariga  boshqa  xizmatlar  ko‗rsatishga  Shartnoma  tuzish  huquqiga  ega  bo‗lgan 

uchinchi shaxsning ofisi.   

Cheklash  darajasi  –  Abonentning  hisob  raqamidagi  (balansidagi)  pul  mablag‗larining  eng  kam  miqdori, 

bunda  Operator  Abonentga  taqdim  etiladigan  aloqa  xizmatlari  hajmini  cheklash  yoki  uni  to‗liq  ravishda 

to‗xtatib qo‗yish huquqiga ega bo‗ladi. 

 

1.4.



 

 Shartnoma shartlari Operator tomonidan mustaqil ravishda, O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga 

muvofiq  belgilanadi.  Tarmoqdagi  aloqa  xizmatlari  barcha  Abonentlarga  xizmat  ko‗rsatishning  teng  sharoitlarini 

ta‘minlangan holda, Abonent tomonidan tanlangan xizmatlar to‗plami va tarif rejasiga ko‗ra ko‗rsatiladi. 

1.5.

 

 Operator  tomonidan  Abonentga  ko‗rsatiladigan  asosiy  va  qo‗shimcha  xizmatlar  ro‗yxati  Litsenziya  va 



telekommunikatsiyalar  sohasidagi  maxsus  vakolatli  organning  normativ-texnik  hujjatlari  hisobga  olingan  holda, 

Operatorga  yoki  telekommunikatsiyalar  tarmoqlarining  boshqa  operatorlariga  tegishli  bo‗lgan,  O‗zbekiston 

Respublikasi  umumiy  foydalanishdagi  telekommunikatsiyalar  tarmog‗ini  tashkil  qiladigan  aloqa  tarmoqlari  hamda 

vositalarining texnik imkoniyatlari bilan belgilanadi va operatorning Prays-varaqlarida ko‗rsatiladi. Xizmatlar ro‗yxati 

texnik,  tashkiliy  va  boshqa  sabablar  tufayli  vaqt  vaqti  bilan  o‗zgarishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  Xizmatlar  ro‗yxati 

Abonent uskunasining imkoniyatlari bilan belgilanadi. Roumingda Xizmatlar ro‗yxati, shuningdek, rouming operatori 

tarmog‗ining imkoniyatlariga ham bog‗liq bo‗ladi.  

  

2. 



SHARTNOMANI TUZISH, BEKOR QILISH TARTIBI VA SHARTLARI  

2.1.


 

Abonent  va  Operator  o‗rtasida  aloqa  xizmatlarini  taqdim  etish  Shartnomasi  ommaviy  oferta  shartlarida 

Operator  ofislarida  yoki  Operator  tijorat  vakillarining  Vakolatli  ofislarida  tuzila di.  Jismoniy  shaxsning 

Abonent  shartnomasini  (Ro‗yxatga  olish  blankini;  Shartnomaga  1-son  1.1-son  ilova)yb  imzolash  fakti 

jismoniy shaxsning akseptlashi (Shartnomani tuzishga roziligi) hisoblanadi. 

2.2.


 

Operator quyidagi hollarda aloqa xizmatlarini taqdim etish Shartnomasi tuzilishini rad etishga haqli:   

1)

 

agar  xizmatlarning  ko‗rsatilishi  davlat  mudofaa  qobiliyati  xavfsizligiga,  odamlarning  xavfsizligi  va 



salomatligiga tahdid yuzaga keltirsa; 

2)

 



Operator tarmog‗idan foydalanishni taqdim etishning texnik imkoniyati bo‗lmaganda; 

3)

 



Abonent  tomonidan  so‗raladigan  mobil  radiotelefon  aloqa  tarmog‗i  xizmatlarini  ko‗rsatishning  texnik 

imkoniyati bo‗lmaganda; 

4)

 

Operatorda  Abonent  uskunasi  to‗g‗risida  boshqa  bir  Abonent  tomonidan  yo‗qotilgan  yoki  O‗z.R.  qonun  



hujjatlariga muvofiq sertifikatlanmagan degan mazmundagi ma‘lumotlar mavjud bo‗lganda; 

5)

 



Operatorda  potensial  Abonentning  Operator  tomonidan  avval  ko‗rsatilgan  aloqa  xizmatlari  yuzasidan 

qarzdorligi to‗g‗risida ma‘lumotlar mavjud bo‗lganda; 

2.3.  Xizmat  vazifalarini  bajarishlari  orqasida  Operator  xodimlariga  ma‘lum  bo‗lgan  Abonentlar  to‗g‗risidagi 

ma‘lumotlar  konfidentsial  axborot  hisoblanadi  va  O‗zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

himoya  qilinishi  lozim.  Abonent  to‗g‗risidagi  ma‘lumotlarga:  Abonent  –  jismoniy  shaxsning  familiyasi, 

ismi,  otasining  ismi;  Abonentning  manzili  yoki  abonent  uskunasi  o‗rnatilgan  manzil,  taxallus,  abonent 

nomerlari  va  Abonentni,  uning  abonent  uskunasini  qat‘iy  identifikatsiyalash  imkonini  beradigan  boshqa 

ma‘lumotlar kiradi. 

 

Telekommunikatsiyalar  tarmoqlari  orqali  uzatiladigan  xabarlar  to‗g‗risidagi  ma‘lumot,  shuningdek, 



xabarlarning o‗zi faqat ularni jo‗natuvchilarga  (Operator Abonentlariga) yoki ularning qonuniy vakillariga, 

shuningdek qonun bilan ko‗zda tutilgan boshqa hollarda va tartibda berilishi mumkin.   

2.4.  Shartnoma quyidagi hollarda Operator tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin: 

1)  bajarishning  mumkin  bo‗lmasligi  (yengib  bo‗lmas  kuch  holatlari  oqibati,  texnik  imkoniyatning  yo‗qligi  va 

boshq.); 

2)

 



Davlat  organi  aktining  chiqishi,  uning  oqibatida  majburiyatlarni  bajarish  mumkin  bo‗lmay  qoladi,  xususan, 

qonun bilan o‗rnatilgan tartibda Operatorda litsenziyani chaqirib olish, to‗xtatib turish, bekor qilish; 

3)

 

Ushbu Shartnoma yoki O‗z.R. qonun hujjatlarida ko‗zda tutilgan boshqa hollarda. 



Abonent  tomonidan  oxirgi  Tranzaksiya  sanasidan  boshlab  ketma-ket  90  (to‗qson)  kalendar  kuni  mobaynida 

 

Tranzaksiyalarning  amalga  oshirilmasligi,  Abonentning  ushbu  Shartnomani  bajarishni  bir  tomonlama  rad  etishi 



bo‗lib hisoblanadi. 

2.5.


 

Shartnoma  bekor  qilinganda,  SIM-kartani  tarmoqqa  ulash  haqi,  shuningdek,  sotib  olingan,  lekin  Abonent 

tomonidan  aktivlashtirilmagan  to‗lov  kartalari  Abonentga  qaytarilmaydi.  Abonenti  mulki  bo‗lgan  abonent 

uskunasi  Operator  tomonidan  sotib  olinmaydi.  Abonent  nomerlarining  pullik  kategoriyasidan  bo‗lgan 

abonent nomerini tanlash yuzasidan xizmatlar haqi Operator tomonidan qoplanmaydi.  

2.6.


 

Shartnoma  bekor  qilingan  holda,  Abonentning  shaxsiy  (elektron)  hisob  raqamidagi  mablag‗larning  ijobiy 

balansi,  ishlatilmagan  pul  mablag‗larining  qoldig‗ini  uning  bankdagi  hisob  raqamiga  o‗tkazish  yo‗li  bilan 

Abonentga  qaytariladi.  Bunda  Abonent  Operatorga  tegishli  yozma  ariza  berishi,  shaxsini  tasdiqlaydigan 

hujjat  (pasport,  xarbiy  xizmatchining  pasport  ma‘lumotlarini  va  u  ro‗yxatdan  o‗tgan  joyni  tasdiqlaydigan, 

belgilangan shakldagi ma‘lumotnoma ilova qilingan harbiy bilet)ning asl nusxasini ko‗rsatishi va uning bank 

rekvizitlari  to‗g‗risidagi  axborotni  taqdim  etishi  shart.  Abonent  tomonidan  Operator  aloqa  xizmatlarining 

kelajakdagi iste‘moli uchun foydalanilmagan (sarflanmagan) oldindan to‗langan pul summasining qoldig‗ini 

qaytarish, O‗z.R. Markaziy banki tomonidan har bir to‗lovni to‗lash kuniga belgilangan AQSh dollari kursi 

bo‗yicha amalga oshiriladi.   

2.7.

 

Abonent  Shartnomani  bajarishdan  bosh  tortgan  yoki  Shartnoma  boshqa  sabablarga  ko‗ra  bekor  qilingan 



vaqtdan  boshlab,  tomonlarning  majburiyatlari  to‗xtatilgan  hisoblanadi,  Abonentning  Shartnoma  bekor 

qilingan  vaqtga  kelib  ko‗rsatilgan,  lekin  haqi  to‗lanmagan  xizmatlarning  haqini  to‗lashi  bilan  bog‗liq 

bo‗lgan majburiyatlaridan tashqari.  

2.8.


 

Ushbu  Shartnoma  tomoni  sifatida  Abonent  o‗zgarganda  (shu  jumlandan,  aktivlangan  SIM-karta  meros 

qolganda, sovg‗a qilib olinganda), sobiq Abonent bilan Shartnoma bekor qilinadi va yangi Abonent bilan 

aloqa  xizmatlari  ko‗rsatilishi  yuzasidan  Shartnoma  tuziladi.  Bunda  operator  (amaldagi  tarif  rejasiga 

muvofiq)  Abonent  to‗g‗risidagi  ma‘lumotlar  bazasini  qayta  rasmiylashtirish  bilan  bog‗liq  haqni  va  sobiq 

Abonentning qarzi to‗lanishini talab qilishga haqli.  

2.9.

 

Ushbu  Oferta  shartlarida  Shartnoma  tuzilganda,  Abonent  Operatorga  o‗zining  shaxsiy  ma‘lumotlari  qayta 



ishlanishi,  shuningdek,  O‗z.R.  amaldagi  qonun  hujjatlarida  ko‗zda  tutilgan  hollarda,  ularni  uchinchi 

shaxslarga, shu jumladan, huquqni qo‗llash funktsiyalarini bajaradigan shaxslarga berilishi yuzasidan rozilik 

bildiradi. 

2.10. Operator  Shartnoma  tuzilgan  vaqtdan  boshlab,  shaxsiy  ma‘lumotlarni  qayta  ishlash  maqsadiga  erishilgan 

vaqtgacha  davrda  o‗zining  dasturiy-apparat  vositalaridan  foydalanib  Abonentning  ma‘lumotlarini  qayta 

ishlaydi.  Shaxsiy  ma‘lumotlarni  qayta  ishlash  deganda,  shaxsiy  ma‘lumotlar  bilan    ishlar  (operatsiyalar), 

jumladan,  shaxsiy  ma‘lumotlar  yig‗ish,  tartibga  solish,  to‗plash,  saqlash,  aniqlashtirish  (yangilash, 

o‗zgartirish), foydalanish, egasiz qoldirish, blokirovkalash va yo‗q qilish tushuniladi. 



Download 166.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling