Ommaviy oferta
ABONENTNING OPERATORGA BO‘LGAN DA’VOLARINI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI
Download 166.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI
- 9. FORS-MAJOR
- 10 ShARTNOMA MUDDATI
- BOSHQA SHARTLAR
7. ABONENTNING OPERATORGA BO‘LGAN DA’VOLARINI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI 7.1. Aloqa xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligida Abonent Operatorga da‘vo qiladi.
10
7.2. Da‘vo yozma ko‗rinishda taqdim etiladi va Operator tomonidan belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi kerak.
7.3. Ko‗rsatilmagan, o‗z vaqtida ko‗rsatilmagan yoki sifatsiz ko‗rsatilgan aloqa xizmatlari bilan bog‗liq da‘volar bunday xizmat ko‗rsatilgan sanadan keyin 6 oy davomida qabul qilinadi. 7.4. Da‘volarga yozma javoblar ushbu ommaviy ofertaning 7.2-bandiga muvofiq Operator tomonidan ro‗yxatga olish sanasidan keyin 30 kun davomida berilishi kerak. 7.5. Uchinchi shaxslarning Tarmoqdan ruxsatsiz foydalana olish yo‗li orqali aloqa xizmatlaridan foydalanish natijasida kelib chiqqan kelishmovchiliklarda amalga oshirilgan telefon so‗zlashuvlarining tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda texnik tekshiruv o‗tkaziladi. 8.1. Operator shartnoma bo‗yicha majburiyatlarning bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, aloqa xizmatlarini ko‗rsatishning e‘lon qilingan sifati, ularni ko‗rsatish muddatlari va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilganligi, aloqa xizmatlari va bu xizmatlarning bajaruvchilari to‗g‗risidagi axborotning ishonchli emasligi uchun O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki ushbu Shartnomada ko‗zda tutilgan tartib va miqdorda javobgar bo‗ladi. 8.2. Abonentda SIM-karta karta yo‗qolgan, o‗g‗irlangan yoki bo‗lmasligining boshqa holatlarida, Abonent Operator undan ushbu SIM-kartaga xizmat ko‗rsatishni to‗xtatish to‗g‗risida yozma ariza olgan vaqtgacha SIM-kartadan foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan, Operator tomonidan ko‗rsatilgan aloqa xizmatlari uchun haq to‗lash bo‗yicha majburiyatga ega. Ushbu voqea bo‗lgunga qadar Abonentning SIM-kartasi bilan bog‗liq barcha harakatlar Abonent nomidan va uning manfaatlari yo‗lida bajarilgan deb hisoblanadi. 8.3. Operator Abonent oldida bilvosita yetkazilgan zarar va qo‗ldan chiqarilgan foyda uchun javobgar emas. 8.4. Operator Abonentning shaxsiy ma‘lumotlaridan foydalanish tartibini buzganligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida ko‗zda tutilgan holda javobgar bo‗ladi.
9.1. Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun «Fors-major» Fors-major to‗g‗risida e‘lon qilayotgan tomon barcha oqilona xatti-harakatlariga qaramay, oldini olish, yengib o‗tish yoki cheklash imkoniyatiga ega bo‗lmagan qandaydir voqea-hodisani bildiradi, shu jumladan, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, davlat hokimiyati organlarining qarorlari, embargo, yong‗inlar, portlashlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy ofatlar, ushbu voqea-hodisa O‗zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida sodir bo‗lganligidan qat‘i nazar; ammo pul yo‗qligi yoki yetishmasligi Fors-major holati bo‗lib hisoblanmasligi sharti bilan. 9.2. Istalgan Fors-major holati yuzaga kelganda, ushbu Shartnoma bo‗yicha qaysidir majburiyatning (pul to‗lash to‗g‗risidagi majburiyatdan tashqari) Tomon tarafidan bajarilishi bunday Fors-major holatiga taalluqli bo‗lsa, «Ziyon ko‗rgan tomon» darhol ikkinchi Tomonni fors-major holatlarining mavjudligi, boshqa Tomonga ziyon va zararni kamaytirish va Ziyon ko‗rgan Tomonga ushbu Shartnoma bo‗yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun barcha kerakli choralarni ko‗rish to‗g‗risida yozma shaklda xabardor qiladi («Fors- major to‗g‗risida bildirish»). Fors-major to‗g‗risidagi bildirish: a) Fors-major voqea-hodisasini ko‗rsatishi; v) Ziyon ko‗rgan Tomonning o‗z majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga uning ta‘sirini oqilona tafsilotlar bilan tavsiflash; s) ushbu Tomon tarafidan boshqa Tomonga yetkaziladigan ziyon yoki zararni kamaytirish va Ziyon ko‗rgan Tomonning ushbu Shartnoma bo‗yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun ko‗riladigan choralarni tavsiflash. Yuzaga kelgan favqulodda holatlar to‗g‗risida bildirmaslik yoki o‗z vaqtida xabar qilmaslik tegishli Tomonni shartnoma bo‗yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun uni javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida bu holatlardan biriga havola qilish huquqidan mahrum qiladi. 9.3. Agar Fors-major bilan bog‗liq holda Tomonlardan biri ushbu Shartnoma bo‗yicha o‗z majburiyatlarining bajarilishini kechiktirsa, bunday kechiktirish davri ushbu Shartnomada ko‗zda tutilgan muddatlarni hisoblashda hisobga olinmaydi va bu Tomon Fors-major holati sabab bo‗lgan bajarmaslik doirasida Shartnoma bo‗yicha olingan majburiyatning kechiktirib bajarganligi uchun haqli deb topiladi, ammo Fors-major tufayli Tomonlardan biri Fors-major to‗g‗risidagi bildirish uzatilganidan keyin oltmish (60) kun davomida o‗z majburiyatlaridan qaysi birlarini bajara olmasa, tomonlar ushbu Fors-major holatining oqibatlarini aniqlash uchun darhol maslahatlashishlari va vaziyatga bog‗liq holda Tomonlarning ixtiyoriga ko‗ra kerakli choralarni qabul qilishlari kerak. Agar Tomonlar Fors-major to‗g‗risida bildirish topshirilgan kundan to‗qson (90) kun davomida o‗zaro maqbul choralar bo‗yicha bitimga kelishmasa, Tomonlardan har biri ushbu Shartnomani bekor qilishi mumkin. 11
10.1 Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati uni tuzish (Ofertani akseptlash sanasi) (2.1 band) paytidan boshlanadi va tomonlarning ushbu Shartnoma buyicha o‗z majburiyatlarini bajarish vaqtigacha yoki uning to‗xtatilishigacha amal qiladi. Agar boshqasi Shartnomada tomonlar bilan kelishilmagan bo‗lsa, ushbu Shartnoma belgilanmagan muddatgacha tuzilgan deb hisoblanadi
11. BOSHQA SHARTLAR 11.1. Aloqa sifatining yomonlashishi yoki to‗xtatilishi radioto‗lqinlar tarqalishi va qo‗yilishining tabiiy sharoitlari, Abonentning binoga yaqin yoki uning ichida, tunnellar, podvallar va boshqa yer osti inshootlarida bo‗lishi, relef va qurilishning mahalliy xususiyatlari; mahalliy simli telefon liniyalari va xalqaro hamda shaharlararo aloqa operatorlari uskunasining texnik xarakteristikalari va holati; meteorologik shart-sharoitlar va Operator ta‘sir ko‗rsata olmaydigan yoki ko‗zda tuta olmaydigan boshqa sabablar oqibati bo‗lib hisoblangan holda Operator aloqa sifatining yomonlashganligi yoki uning to‗xtatilganligi uchun javobgar bo‗lmaydi. 11.2. Abonentga taqdim etiladigan mobil aloqasi xizmati tarmoqning konstruktiv xususiyatlariga ko‗ra mahalliy simli telefon liniyalari operatorlari, xalqaro va shaharlararo aloqa operatorlari uskunasining sifatiga bog‗liq, bu operator vakolatiga kirmaydi. 11.3. Operator Abonentning oldindan buyurtmasi asosida kontent-provayder tomonidan Operator tarmog‗i orqali jo‗natiladigan kontentning taqdim etilmaganligi yoki o‗z vaqtida taqdim etilmaganligi, mazmuni va sifati uchun javobgar emas. 11.4.Aloqa xizmatlarini ko‗rsatish bilan bog‗liq masalalar bo‗yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq tomonlar tarafidan hal etiladi. Tomonlar kelishuvga kelmagan kelishmovchiliklar Toshkent shahar sud organlarida (O‗zR FPK 243- moddasida ko‗zda tutilgan tartibda) ko‗rib chiqilishi lozim. 11.5. Ushbu Oferta shartlari asosida shartnoma tuzib, Tomonlar barcha sud da‘volari Operatornin joylashgan joyi bo‗yicha taqdim etilishi to‗g‗risida kelishib oldilar. 11.6. Abonentning ko‗rsatilgan aloqa xizmatlari uchun yuzaga kelgan va u tomonidan ixtiyoriy tartibda to‗lanmagan Operator oldidagi qarzi notariuslar tomonidan bajariladigan ijro yozuvlari asosida da‘vo ish yuritishi tartibida, buyruq tartibida, shuningdek so‗zsiz tartibda majburan undirilishi kerak. 11.7. Abonent ushbu Ofertaning 3.2-bandida ko‗zda tutilgan tartibda tariflarning o‗zgarganligi to‗g‗risida Operator tomonidan tarqatilgan axborotni, shuningdek uning Operatorga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga ko‗ra hisoblarni olmagan holda, Operator ularning olinmaganligi uchun javobgar emas va bu bo‗yicha da‘volarni qabul qilmaydi. 11.8. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Operator tomonidan ko‗rsatiladigan aloqa xizmatlari to‗g‗risidagi qo‗shimcha axborotdan Operator ofislarida, Operator tijorat vakillarining Vakolatlangan ofislarida, axborot- ma‘lumot xizmat ko‗rsatish tizimida foydalanish mumkin, shuningdek Operator tomonidan ommaviy axborot vositalarida hamda operatorning rasmiy WEB-saytiga joylashtiriladi. 11.9.Shartnomani bitta Abonent – jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirish faqat ikkala shaxs ishtiroki va pasportlarini taqdim etganda mumkin. 11.10.Ushbu Shartnomaning bajarilishi bilan bog‗liq bo‗lgan yoki undan kelib chiqadigan barcha habarlar, bildirishlar Shartnomada (Ro‗yxatga olish Blankida) ko‗rsatilgan xat-xabarlarni yetkazib berish manzillari bo‗yicha tomonlar tarafidan bir-birlariga jo‗natilishi kerak. 11.11. Ushbu Oferta rus tilida tuzilgan va o‗zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu Ofertaning qaysidir qoidalarini talqin qilishga nisbatan nizo kelib chiqqan holda, Rus tilidagi tahrir ustuvor kuchga ega. Download 166.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling