Omonimlar ro’yxati Chopmoq I -yugurmoq- fe’l


Download 22.23 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22.23 Kb.
#228232
Bog'liq
Omonimlar ro'yxati 2018


Omonimlar ro’yxati 1. Chopmoq I-yugurmoq- fe’l. Chopmoq II- yer chopmoq-fe’l 2. Qovoq I- poliz ekini ot. Qovoq II- inson a’zosi-ot 3. Sir I- davlat siri-ot. Sir II-idishning siri-ot 4. Palata I-kasalxonadagi palata. Palata II-parlamentdagi palata 5. Nota I-musiqa yozuvi. Nota II-shartnoma, bitim 6. Savdo I-mol ayirboshlash. Savdo II-turmushda uchraydigan g’am-tashvishlar, mashaqqat va kulfatlar 7. Rasta I-bozordagi rasta. Rasta II-balog’atga yetgan davr 8. Sandal I-tancha. Sandal II-poshnasiz yengil oyoq kiyim 9. G’oz I-parranda. G’oz II-kuch, kaloriya 10. Shira I-sharbat. Shira II-hasharot 11. Jo’ra I-oshna, og’ayni. Jo’ra II-bir kiyimli ikki bo’lakdan iborat ipakli mato. 12. Rux I-kishining yuzi. Rux II-shaxmat taxtasidagi sipoh, to’ra 13. Davlat I-mamlakat. Davlat II-mol-dunyo, boylik 14. Nor I-bir o’rkachli erkak tuya. Nor II-badandagi tug’ma qizg’ish dog’. Nor III-anor. Nor IV-eskirgan:o’t, olov 15. Hadis I-Muhammad(s.a.v)ning so’zlari. Hadis II- kuch sinashish, biror ishni uddalay olish, ep 16. Havo I-kislorod. Havo II-kibr. Havo III-kuy, ohang 17. Pay I-tananing elastik to’qimasi. Pay II-biror ishni amalga oshirish yo’lidagi astoydil harakat. Pay III- hissa, ulush 18. Rasm I-surat. Rasm II-urf, odat 19. Kadr I-ishchi. Kadr II- potoplyonkaga alohida-alohida tushirilgan surat 20. Mushak I-muskul. Mushak II-salyut. Mushak III-sabzining bir turi 21. Chang I-g’ubor, Chang II-musiqa asbobi 22. Pilla I-ipak. Pilla II-milkda hosil bo’lgan pufak shish 23. Karam I-poliz ekini, Karam II-muruvvat, himmat 24. Sug’ur I-mixni sug’ur. Sug’ur II-kemiruvchi hayvon 25. Chars I-taqlid so’z. Chars II-betgachopar 26. Bas I-bo’ldi, yetar, to’xtat, undov so’z. Bas II-bas(bahs) boylamoq, Bas III-erkaklarning past, yo’g’on ovozi 27. Band I-chelakning bandi. Band II-82 band. Band III-to’siq, g’ov. Band IV-ishg’ol etilgan, bo’sh emas 28. Tom I-suv tomdi. Tom II-tom ma’no, sifat. Tom III-uyning tomi. 29. Afg’on I- faryod nola. Afg’on II - xalqning nomi 30. Aksiya I-qimmatbaho qog’oz. Aksiya II-maqsadli harakat 31. Alam I-bayroq, tug’. Alam I-jismoniy yoki ruhiy azob ; qasos; g’azab 32. Arz I – og’zaki shikoyat yoki iltimos. Arz II – yer shari 33. Asr I – quyosh botishidan bir soat oldin o‘qiladigan namoz vaqti. Asr II– yuz yil 34. Azot I – dast. Azot II – kimyoviy element, o’g’it 35. Bahr I – aruz vazni atamasi. Bahr II – bahra. Bahr III - dengiz, ummon 36. Balo I – ofat, falokat. Balo II – o’z ishiga usta, uddabiron 37. Balq I – ko’pchimoq, ko’tarilmoq. Balq II – yarqiramoq, yashnamoq 38. Barak I – chuchvara. Barak II – vaqtincha qurilgan yog’och uy 39. Bargak I– ayollar boshga taqadigan ziynat. Bargak I – danagi olingan turshak 40. Biy I– esk qabila boshlig’i, qozoq va qirg’izlar oqsoqoli. Biy II– ochiq, yaydoq. Biy III – zaharli o’rgimchak. Biy IV – sheva bibi 41. Biyron I – so’zamol. Biyron II– tobiga yetkazib qovurilgan 42. Bod I– revmatizm. Bod II– shamol, yel 43. Bor I – mavjud. Bor II – marta, daf’a. Bor III – kimyoviy element 44. Boshliq I – oyoq kiyimining yuza va yon qismi. Boshliq II – rahbar 45. Burun I– dengizga turtib chiqqan quruqlik. Burun II – hidlash a’zosi. Burun III – ilgari 46. Begona I – beklarga xos. Begona II– yot, qarindosh emas, notanish 47. Bel I– gavdaning yag’rindan pastki qismi, biror narsaning o’rtasi. Bel II– yer qazishda ishlatiladigan yog’och sopli metall asbob 48. Bela I – beshikka yotqizmoq. Bela II – yuqadigan narsalarga botirmoq 49. Beoqibat I – natijasiz. Beoqibat II – unutuvchan 50. Bo’y I – hid.Bo’y II – qomat 51. Bo’ydor I – novcha. Bo’ydor II– xushbo’y 52. Bo’z I – ekin ekilmagan unumdor yer. Bo’z II – oq- sarg’ish dag’al gazlama 53. Doira I- aylana. Doira II-childirma, daf 54. Dom I-tuzoq. Dom II-darak 55. Dovul I- kuchli shamol. Dovul II-musiqa asbobi 56. Erish I-nojo’ya, yarashmagan. Erish II-qo’lga kiritmoq 57. Essiz I-aqlsiz, xotirasi pas. Essiz II-achinish so’zi 58. Etiket I – biror jamiyatga xos muomala qoidalari. Etiket II– etiketka, yorliq 59. Farq I – ajratilgan sochning o’rtasi. Farq II – o’xshashsizlik, tafovut 60. Fe’l I – so’z turkumi nomi. Fe’l II– xulq-atvor, xarakter 61. Gazak I – ichimlik ustida yeyiladigan ovqat. Gazak II– yaraning sovuqdan yiringlagan joyi 62. Had I – mat tenglamasidagi son. Had II – chegara tugaydigan joy 63. Hur I – diniy jannatdagi go’zal qiz. Hur II– erkin, ozod. Hur III – vovullamoq 64. Insho I – yozma ish turi. Insho II – qilmoq, barpo etmoq 65. Iroq I – uzoq, olis. Iroq II – shashmaqom tizmidagi oltinchi maqom nomi 66. Ivi I – nam torib yumshamoq. Ivi I– quyilib qolmoq (qon, sut-qatiq haqida) 67. Jabr I adolatsizlik, azob. Jabr I – eski algebra 68. Kasr I – birovning yomon ta’siri oqibati. Kasr II – butunning qismlari 69. Ket I – jo’namoq. Ket II– oxir, nihoya 70. Kez I – palla, payt. Kez II – sayr qilmoq, aylanib yurmoq 71. Kech I – bahridan o’tmoq. Kech II – suvlikdan o’tmoq. Kech III – vaqtida bo’lmaslik 72. Kir I– iflos, isqirt, dog’li. Kir II– kirish harakatini ifodalovchi fe’l 73. Kul I – hursandlik holatidagi ovoz. Kul II– yonishdan hosil bo’lgan chiqindi 74. Kunda I – har kuni, Kunda II – to’nka 75. Ko’k I– havo rangli, moviy. Ko’k II – osmon. Ko’k III – ko’kat. Ko’k IV – yirik-yirik chok 76. Ko’za I – din ro’za tutmagan kishi. Ko’za II – suv solish uchun ishlatiladigan sopol idish 77. Lang I – esk. cho’loq, oqsoq. Lang II– keng (ochiq) 78. Langar I – darvoz tutgan muvozanat cho’pi. Langar II– kema bog’lanib qo’yiladigan moslama, changak 79. Ma’mur I – boshqarish xuquqiga ega bo’lgan mansandor. Ma’mur II – odob va farovon 80. May Iuzumdan tayyorlangan musallas, ichimlik. May II – apreldan keyingi va iyundan oldingi oy nomi 81. Mag’iz I – qattiq pochoqli mevalarning ichki qismi. Mag’iz II– kiyim, ko’rpa kabilarning chetiga bostirilgan adir 82. Mijoz I – sotuvchining doimiy xaridori. Mijoz II– temperament. 83. Modda I – bo’lim, qism, bob tashkil etuvchi narsa. Modda II – jismlarni tashkil etuvchi narsa 84. Muruvvat I – qism. Muruvvat II – yaxshilik, sahovat 85. Musallas I – adab uchlik she’r. Musallas II – xonaki, qo’lbola uzum vinosi 86. Obida I –xudojo’y, taqvador ayol. Obida II – qabrga o’rnatilgan yodgorlik, arxeologik yodgorlik 87. Ol I – qizil rangning turi. Ol II – qo’l bilan tutmoq, ixtiyoriga olmoq 88. Olmos I – zaharli, sariq gulli o’t. Olmos II – shaffof, qimmatbaho tosh. M: Olmos qishlog’i 89. Omil I – mohir, omilkor. Omil II – sabab 90. Oqibat I – qadrdonlik tuyg’usi, yaxshi munosabat. Oqibat II – nihoya, yakun, natija 91. Otliq I – mashhur kishi. Otliq II – suvoriy 92. Oz I – adashmoq (yo’ldan ozmoq). Oz II – me’yordan kam. Oz III– vazn tashlamoq 93. Og’iz I – yeyish a’zosi. Og’iz II – sigirning tug’ishdan keyingi ilk suti 94. Palak I– kashtachilik mahsuloti. Palak II – poliz o’simligini yerda yoyilib yotgan tanasi 95. Palla I – tarozining tarelkasi. Palla II – vaqt, payt 96. Par I – parranda pati. Par II – juft. Par III – bug’ 97. Qalin I – kelin tomonga beriladigan mablag’. Qalin II – ko’ndalang o’lchami katta 98. Qazi I - yerdan chuqur hosil qilmoq. Qazi II – otning to’sh va peshnob go’shtidan yo’g’on ichakka solib tayyorlanadigan mahsulot 99. Qir I – narsani boshqa bir narsa bilan tirnab tozalash harakatini bildiruvchi fe’lning buyruq shakli. Qir II– yassi cho’ziq tepalik. Qir III - yoppasiga o’ldirish harakatini bildiruvchi fe’lning buyruq shakli 100. Qiy I– qaychi bilan kesmoq. Qiy II – qo’yning go’ngi 101. Qiyiq I – kesilgan. Qiyiq II – qisiq (yoyiq ko’z). Qiyiq III – xato (qing’ir ishning qiyig’i) 102. Qiyom I – tush payti. Qiyom II – shakardan qilingan quyuq sharbat 103. Qon I – organizmdagi qiziq rangli suyuqlik. Qon II – to’ymoq 104. Qor I – suv zarralarini havoda muzlab tushishi. Qor II – aralashtirmoq (xamir qormoq) 105. Qozon I – ovqat pishiriladigan idish. Qozon II – qo’lga kiritmoq 106. Qur I – davra doira. Qur II – marta, daf’a, qarta. Qur III – o’rmonda yashovchi tovuqqa o’xshash ovlanadigan qush 107. Quv I – mug’ombir, ayyor. Quv II – oqqushning bir turi. Quv III – kutilmaganda, behad (rangi quv oqardi). Quv IV – yugurtirib haydamoq 108. Quymoq I – suyuqlikni biror idishiga to’kmoq. Quymoq II – tuxumli ovqat turi 109. Qo’zi I – kuchli ravishda yuzaga kelmoq. Qo’zi II – qo’yning bir yoshga etmagan bolasi 110. Rom I – deraza ramkasi. Rom II – fol. Rom III – spirtli ichimlik turi. Rom IV – o’ziga qaratish jalb etish 111. Ruh I– his-tuyg’u. Ruh II – kimyoviy element 112. Sud I – jinoiy ish va da’volarni ko’ruvchi davlat organi. Sud II – foyda 113. Sumalak I – navro’z taomi. Sumalak II – qorning erishidan hosil bo’lgan naysimon muz 114. Suz I – hayvonning shox bilan urishi. Suz II – suvda qo’l va oyoq bilan harakatlanmoq. Suz III – suyuqlikni bir narsadan o’tkazib tozalamoq. Suz IV – tayyor ovqatlarni idishlarga suzmoq 115. Suzgich I – baliqlarning yonidagi qanotsimon a’zo. Suzgich II – suyuqlik o’tkazib tozalanuvchi vosita 116. Tabaqa I – eshik-derazaning bir tomoni. Tabaqa II – ijtimoiy guruh 117. Taxt I – hukmdorning hashamatli o’rindig’i. Taxt II– tayyor, shay 118. Ter I– donalab yig’moq. Ter II – isiganda badandan chiqadigan suyuqlik 119. Tik I – tikka. Tik II – chok hosil qilmoq 120. Tol I – toliqish. Tol II – cho’mmoq (xayolga tolmoq) 121. Topishmoq I – jumboq. Topishmoq II – topishga yordam bermoq. Topishmoq IV – uchrashmoq, ko’rishmoq 122. Tuymoq I – xis qilmoq. Tuymoq II – maydalamoq 123. To’la I – butun hajmi band bo’lgan. To’la II– olingan narsaning evaziga naq pul bermoq 124. Ustun I – kuchli, ortiq. Ustun II – tomni ko’tarib turuvchi tayanch yog’och 125.Uy I – kishilarning yashash joyi. Uy II – to’plamoq, yig’moq 126. Xonim I – ayollarga murojaat so’zi. Xonim II – xamir ovqat turi 127. Xor I – beetibor, kamsitilgan. Xor II – vokal ashulalarni birga ijro etuvchi jamoa 128. Yara I – jarohat. Yara II – kerakli bo’lmoq, kuchi etmoq 129. Shayton I – din odamlarni yo’ldan ozdiruvchi afsonaviy maxluq. Shayton II – duradgorlik va qurilishda sath tekisligini ko’rsatuvchi asbob 130. Chin I – rost, to’g’ri. Chin II – Xitoy

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling