Omonov sherozbek
Download 0.64 Mb.
|
туртбурчаклар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2- § To’rtburchak turlari va xossalari.
Teorema 1.1.2 - Qavariq n burchakli ko’pburchak ichki burchaklarini yig’indisi
180(n-2) formula bilan aniqlanadi. Isbot: Teorema n=3 ga teng bo’lganda, bizga ma’lum bo’gan uchburchak ichki burchaklari haqidagi teoremaga ko’ra ko’ra o’rinli ekanligi bizga malum, shuning uchun n>3 bo’lganligidagini qaraymiz. А3 А4 А1 Аn-1 Аn 4-rasm. Ko’pburchakni A1 uchini olib bu uchidan n-3 ta diognal o’tkazamiz: A1A3, A1A4, A1A5, … ,A1An-1 . Ko’pburchak qavariq bo’lganligi uchun bu diognallar uni n-2 ta uchburchaklarga ajraladi. Bular ∆ A1A2A3, ∆ A1A3A4, … , ∆A1An-1An . Bu uchburchaklarni har birini ichki burchaklari yig’ndisi 1800 ga teng bo’lganligi uchun berilgan ko’pburchakning ichki burchaklari yig’indisi 1800(n-2) ga teng bo’ladi, bundan esa teoremani to’g’ri ekanligi kelib chiqadi. Endi ko’pburchaklar uchidan burchaklar o’zaro teng va tomonlari ham o’zaro teng bo’lgan ko’pburchaklarni ajratib olamiz. Bunday ko’pburchaklarni muntazam ko’pburchaklar deb ataymiz. 1.2- § To’rtburchak turlari va xossalari. Matematikada ko’pburchaklarni berilishiga qarab asosan ikki turga ajratiladi: qavariq va botiq ko’pburchaklarga. Qavariq ko’pburchaklar o’z navbatida ikki turga – muntazam va nomuntazam ko’pburchaklarga ajraladi. Muntazam ko’pburchak deganda hamma tomonlari va burchaklari o’zaro teng bo’lgan ko’pburchaklar tushuniladi. Ko’pburchaklar oilasiga uchburchak, to’rtburchak, beshburchak ba hokazo n-burchakli shakllarni misol keltirishimiz mumkin. Geometrik figuralar ichida eng ko’p uchraydigan va geometrik masalalarni yechishda ko’p qo’llaniladigan shakl bu to’rtburchakdir. Biz endi to’rtburchaklar haqida ma’lumotlar beramiz. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling