Omonov sherozbek
Download 0.64 Mb.
|
туртбурчаклар
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANDIJON-2014 Mundarija I.
- II bob. To’rtburchakning yuzasini xisoblash usuli.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKUL’TETI Matematika kafedrasi Qo’lyozma huquqida OMONOV SHEROZBEK “TO’G’RI TO’RTBURCHAKLAR VA ULARNING XOSSALARI” 5460100 – matematika yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan Ilmiy rahbari: katta o’qituvchi :ABDULVOXIDOV.A.L. ANDIJON-2014 Mundarija I. Kirish…………………………………………………………………………3 I bob. To’rtburchak haqidagi tushunchalar. 1.1-§ Ko’pburchaklar haqida umumiy tushuncha ……………………………9 1.2- § To’rtburchak turlari va xossalari……………………………………..13 1.3 - § Ichki chizilgan ko’pburchaklar………………………………………….30 1.4 - § P.Varin’on teoremasi………………………………………………….33 II bob. To’rtburchakning yuzasini xisoblash usuli. 2.1 -§ Braxmagupta teoremasi………………………………………………….42 2.2 - § Mavzuga oid misollardan namunalar…………………………………...45 II. Xulosa……………………………………………………………………......55 III. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..58 KIRISH “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadidir” I. A. Karimov Mustaqillikka erishganimizdan so’ng mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan “Ta’lim to’grisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning amalga oshirish juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun–qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi qonunlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb–hunar madaniyati ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy–siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir. Bu dastur kadrlarni, yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan. Prezidentimiz I. A. Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” va “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli asarlarida “Ta’lim to’g’risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida batafsil yoritib bergan. 2011 yil 22 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yilda Respublikani ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalariga bag’ishlangan majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruzasida: Ijtimoiy rivojlanish, birinchi navbatda ta’lim va sog’liqni saqlash soxalarini moddiy tehnik bazasini mustahkamlash va ularni jihozlash masalalari, hech shubhasiz, joriy yilda ham diqqatimiz markazida bo’ladi. Bu ma’ruzada umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari uchun katta e’tibor qaratildi. O’quv jarayonida keng formatli komunikatsiya tarmoqlari va internet tehnologiyalarini joriy qilish maqsadida O’zbekiston a’loqa va axborotlashtirish agentlariga Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron ta’lim” milliy tarmog’ini barpo etishni nihoyasiga yetkazish hamda 2011 yilda mamlakatimizning barcha oliy o’quv yurtlarini keyinchalik esa akademik litsey va kasb–hunar kollejlarini yagona kompyuter axborot tarmog’iga ulashni taminlash vazifasi yuklatiladi. Mavjud ta’lim–tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari darajasiga ko’tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim tog’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb hisoblanadi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun 5 ta bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib, uning asosiy maqsadi fuqarolarga ta’lim–tarbiya berish, kasb–hunar o’rgatishning huququiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat Konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan (1997 yil 27 avgust). Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan islox qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yartishdir. Kelajagi buyuk davlat - mustaqil O’zbekiston yoshlarining milliy mafkurasi, ma’naviyatini shakllantirishda, qaror toptirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati nihoyatda salmoqlidir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Davlat ta’lim standartlari” talablaridan kelib chiqqan holda matematika o’qitishning ham umumiy maqsad va vazifalari mavjuddir. Matematika o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’nalganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantira boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zalikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida tuzilgan Umumiy o’rta ta’limning “Davlat ta’lim standartlari” Respublikamizda umumiy o’rta ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Bu ishlar, shubhasiz, respublikamiz xalq ta’limi hayotida katta voqelik bo’ldi. Zero, uni tayyorlash respublikamizning aql-zakovat va salohiyatini rivojlantirish, jamiyat, оila va davlat оldidagi o’z mаs’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Binobarin, milliy tiklanish mafkurasiga asoslanishi zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni va tashkiliy jihatlarini puxta o’ylab ish yuritish joizdir. Qonunda ta’kidlangan bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish tamoyili bolalardagi bilim va qobiliyatni aniqlash hamga, yuzaga chiqarishga doir dasturlar tayyorlash va amalga qo’llashni taqozo etadi. Ko’rinib turibdiki, hozir o’rta ta’lim ommaviy umumiy va tanlab olib o’qitilayotgan iste’dodli bolalar uchun alohida maktablarda amalga oshirilmoqda. Umumta’lim maktablari asosan matematika fanini chuqur o’rganishga yo’nalgan bo’lib, zarur dastur darslik va boshqa qo’llanmalarga bo’lgan ehtiyoj yaqqol sezilib turibdi. Mazkur dastur “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun talablarini va uni amalga oshirish yo’lidagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida yaratildi. U kelajakning egasi bo’lgan yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida va ma’naviyati yuksak, erkin va pok insonlar bo’lib yetishuviga xizmat qiladi deb umid qilamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimovning “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi Farmonida “Ta’lim tizimida qo’llanilayotgan o’quv standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish” masalasi qo’yilgan. Mustaqil O’zbekistonimizning davlat va jamiyat qurilishidagi, ilm-fan xo’jalik sohasidagi yutuqlari ham ta’lim standartlari, va o’quv dasturlari va rejalarini qayta ko’rib chiqiqsh va takomillashtirishni taqozo etadi. Endilikda davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining takomillashtirilgan turlari ishlab chiqildi. Ular amaliyotga bosqichma-bosqich tadbiq etilyapti. Bu borada darsliklar Davlat ta’lim standartida belgilab berilgan o’quvchilar o’zlashtirishlari shart bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni dasturda belgilab berilgan bilimlar tizimi va hajmini faol va ongli suratda o’zlashtirishga yordam beruvchi, o’quv tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vosita ekanligi, bilimlarni dasturga mos holda o’rganishning muayyan mantiqiy ketma-ketligiga rioya qilingan hamda uning oldiga qo’yilgan vazifalarni to’la bajarishning omilidir. Biz matematika darsliklarida matematik materiallarning qanday berilgani, bu ma’lumotlarni qanday vosita va usullar bilan yoritganda o’quvchiga juda tushunarli bo’lishi, umuman olganda, bu sinflarda matematika o’qitish metodikasi haqida fikr yuritamiz. Dastlab o’quvchilarga matematika o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni qisqacha bayon etaylik: • o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtira borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tadbiq eta olishga intilish; • o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakklantirib boorish natijasida ularning aql-zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishga ko’maklashish: • insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda bu sinflarda matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish: • vatanparvarlik,9 milliy g’ururni tarkib toptirish, rivojlantirish. Matematika faniga qomusiy oliml;arimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish; • jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish; Matematika umumiy o’rta ta’lim maktablarining tayanch fanlaridan biridir. U boshqa fanlarni o’rganishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Bu birinchi navbatda tabiiy yo’nalishdagi fanlarga taalluqlidir. Matematikani o’qitishda o’quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirish ijtimoiy yo’nalishdagi fanlarni o’rganishga ijobiy ta’sir etadi. O’quvchilarning mehnat va kasb tayyorgarligi uchun matematik xarakterdagi ko’nikma va malakalar zarur. Matematika o’quvchilarni iroda , diqqatni to’plab olishni; qobiliyat va faollikni, tasavvurning rivojlangan bo’lishini talab eta borib, shaxsning axloqiy sifatlarini rivojlantirishni talab etadi. Matematikani o’rganishda o’quvchilar o’zlarining fikr- mulohazalarini aniq va tugal, lo’nda va mazmunli tarzda bayon etishga odatlanishlari, matematik yozuvlarni tushunarli, batartib va savodli bajarish malakalarini egallashlari lozim. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da matematika o’qitishning sifatini oshirish bilan birga inson tafakkuri va shaxsiy sifatlarini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini oshirish masalalari belgilab berilgan. Bu esa matematikaning muhim hayotiy ehtiyoj natijasida vujudga kelgan fan sifatida amaliy ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Matematika fani eng rivojlangan fanlar qatorida bo’lib, u insonda tafakkur, diqqat, hotira, ijodiy tasavvur etish va kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek matematika shaxsning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirish, ularni o’z fikrlarini aniq , ravon, to’g’ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi. Zero, matematika fanlar va sohalarning asosini tashkil qiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishim matematikaning muhim va qiziqarli mavzularidan biri bo’lib, “To’rtburchak va uning xossalari” deb nomlanadi. Bu nomning o’zidan ko’rinib turibdiki, bu mavzu geometriya kursida muhim o’ringa ega. Unda to’rtburchaklar mavzusiga oid quyidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin: geometriya kursidagi ba’zi muhim teoremalarning tadbiqi; to’rtburchaklar yuzalarini hisoblashning ba’zi yangi usullari; to’rtburchaklarning ba’zi xususiy hollari va ularning xossalari, albatta bu mavzularga oid misol va masalalar yechimlari. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling