Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet32/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Jangnoma dostonlarida jang lavhalari tasviriga e’tibor qaratiladi. Baxshilar bunday dostonlami nisbatan kam ijro etganlar. Hayratli janglar tasviri, asar qahramonlarining botirliklari baxshi tomonidan fantastik talqinda ifodalanadi. “Yusuf bilan Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Qirq ming” kabi epos namunalari shular jumlasidandir.
Xalq kitoblari. XVIII asr oxiri XIX asrda yozma va og‘zaki ada- biyotlar ijodiy hamkorligi mahsuli sifatida yangi bir yo‘nalishdagi dostonlar paydo bo‘la boshladi. Ularda xalq og‘zaki ijodidagi cheklan- magan fantastik tasvirlar va yozma adabiyotdagi individual tasvir uy- g‘unlashgan edi. Adabiyotshunoslikda badiiy ijodning bu namunalari xalq kitoblari nomi bilan o‘rganildi. Yozma adabiyot vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan baxshilar ularga suyangan holda o‘z nusxa (variant)larini yaratdilar. Shu bois xalq kitoblari ko‘proq folklorshunoslik tomonidan tahlil etildi. “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Vomiq va Uzro” dostonlari shu tarzda vujudga keldi va o'rganildi. Xorazm dostonchiligi, asosan, xalq kitoblarini yoddan ijro qilish zaminida shakllandi.
Tarixiy dostonlar. Xalq og‘zaki ijodidagi qo'shiq, ertak janrlarida tarixiy voqealar o‘z ifodasini topgani kabi dostonlarda ham o‘tmish muhrlangan asarlar bor. Bunday asarlar folklorshunoslikda tarixiy dos­tonlar deb yuritiladi. Qizig‘i shundaki, tarixiy dostonlaming mumtoz na- munasi “Oysuluv” yurtimizda ikki yarim ming yil oldin ro‘y bergan mus- taqillik uchun olib borilgan kurashning badiiy ifodasi bo‘lib chiqdi. Hero- dotning “Tarix” kitobidagi To‘maris voqeasi “Oysuluv” dostonidagiga juda o‘xshaydi. To‘g‘risini aytsak, agar “To'maris” haqidagi rivoyat mat- ni saqlanmaganida “Oysuluv”ning yaratilishida tarixiy voqea asos boTga- nini aniqlash juda mushkul kechardi. Taniqli olimlar T.Mirzaev va B.Sarimsoqov “Oysuluv” dostonining vujudga kelishida To‘maris nomi bilan mashhur tarix asos bo‘lganini ilmiy dalillab berganlar76. Tarixiy dostonlar repertuari keyinchalik yaratilgan “Tulumbiy”, “Shayboniyxon”, “Oychinor” kabi asarlar bilan boyidi. XX asr boshlarida esa “Namoz”, “Mamatkarim polvon”, “Jizzax qo‘zg‘aloni” kabi dostonlar paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, dostonlar og‘zaki ijod merosidagi murakkab janr hisoblanadi. Ularda xalqning xalq sifatida shakllanish jarayonidan tortib, tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy qarashlari keng ko‘lamda aks etgan. Baxshilar o‘z ijrolari bilan bevosita xalq ommasining estetik saviyasini oshirishga hissa qo‘shdilar. Xalq pedagogikasining talablarini keng ommaga ma’lum qilib bordilar. 0‘zbek dostonlari ijro an’anasiga ko‘ra xilma-xilligi, mavzulari rang-barangligi bilan shuhrat topdi.
Xalq epik ijodining shoh asarlari dostonlar misolida o‘zbek millatining jahon xalqlari ma’naviy va madaniy xazinasiga qo‘shgan munosib hissasi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Mazkur merosni o‘rganishda H.Zarifov, M.Alaviya, M.Afzalov, T.G‘oziboev, O.Sobirov, Z.Husainova, M.Saidov, J.Qobulniyozov, M.Murodov, B.Sarimsoqov, A.Qahhorov kabi marhum olimlar va T.Mirzaev boshchiligida bugungi kunda tinimsiz mehnat olib borayotgan S.Ro‘zimboev, O.Safarov, A.Musaqulov, M.Jo‘raev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, J.Eshonqul, A.Ergashev kabi tadqiqotchilar xalq oldidagi burchlarini ado etish у о‘Iida xizmat qilmoqdalar.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling