Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi
Download 442.51 Kb.
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy ao‘shialar.
Allalarni ham lirik qo'shiqlar qatoridagi ajoyib namunalar sifatida baholash mumkin. To‘g‘ri, folklorshunoslikda onaning go‘dak farzandini uxlatish maqsadida aytadigan allalarni bolalar folklori tarkibida tahlil qilish odati bor. Ammo allalar matnini o'rganish ulaming so‘z san’ati namunasi sifatidagi fazilatlarini lirik qo'shiq deb belgilash ham xato emasligini tasdiqlamoqda. Chunki alia matnini go'dak bola tushunmaydi. Binobarin, qo'shiqlaming bu turida onalik mehri, quvonchi, g'ururi; ayni chog'da dardi, alami, o'kinchi o'z ifodasini topadi:
Dilimdagi himmatim, alia. Og'zimdagi novvotim, alia. Daryo suvga to'layotir, alia. O'g'lim menga kulayotir, alia. O'g'lim menga qarab kulsa, Ko'nglim nurga to'layotir, alia, yoki: Alla, alia, alvandi, alia. Sochlarim daryo bandi, alia. Men bu yerda turolmasman, alia. Sen-ku oyog'im bandi, alia. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ona o'z oilasini muhabbat va inoqlikda quril- gan bo‘Isa, ardoqlaydi. Aks holda, ko'ngil tushmagan oilada yashash yosh ona uchun jazoning o'zginasi. Mana shunday paytda tug'ilgan far- zand ayol tasavvurida oila tomonidan qo‘yilgan kishanga tengdir. Ruhiy holat tasviri bunday qo'shiqlarda alohida o'kinch ohangida ifodasini topadi. «АПа» so‘zining «Olloh»dan kelib chiqqanligi ham alohida ram- ziy ma’noga ega. Onada qoniqish bo‘Isa, shukr alomati, o'z taqdiridan norozi bo‘lsa, shunda ham farzandli bo‘lish shukronasi va Allohdan najot so‘rash ohangi yetakchi hisoblanadi. Xullas, link qo'shiqlar mohiyat nuqtai nazardan inson qalbining izhori darajasida e’zozlangan asarlar turkumini tashkil qiladi. Tarixiy ao‘shialar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi tarixiy qo'shiqlar bevosita bugungi kun repertuarida nisbatan kam uchraydigan ijro namunasidir. O‘tmishda tarixiy qo‘shiqlar ommaviy janr hisoblanganiga shubha yo‘q. Bir tomondan, Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘oti-t- turk» asaridagi Alp Erto'nga marsiyalarini ham tarixiy qo'shiqlar sirasiga qo'shish mumkin. Prof. Bahodir Sarimsoqov tarixiy qo‘shiqlarga shunday ta’rif beradi: «Demak, konkret tarixiy shaxs yoki voqealar tasvir- langan she’riy asar tarixiy qo'shiq sanaladi». Marsiyada esa asar qahra- monining ismi, u qilgan yaxshiliklar real hayotiy aniqlik bilan aks etgan. Xalq hayotdagi ijobiy o‘zgarishga ham, salbiy o'zgarishga ham zudlik bilan o'z munosabatini bildirgan. Masalan, Abdulla Qodiriy «O'tkan kunlar» romanida Normuhammad Qushbegining Toshkentdagi bekligi davri haqida quyidagi qo'shiq parchasini keltirgan: Zamon-zamon dorilamon, Normat to‘ram bo'lsin eson. XX asr boshlarida Namoz boshlagan harakatlar xalq tilida doston bo'lgan. Namoz yoki Niyozga bag'ishlab qo'shiqlar vujudga kelgan. Keyinchalik Isfandiyor va uning amaldorlari kirdikorlarini fosh etuvchi to'rtliklar yaratilgan: Isfandiyor xon bo‘ldi, Bag‘rimiz to‘la qon bo‘ldi. Azroildan kam emas, Olajagi jonbo‘ldi. yoki: Isfandiyor bo‘lgach bizning xonimiz, Og'zimizdan oqar bo'ldi qonimiz, Beva-bechoraning ahvoliga voy, Yemakka topilmas burda nonimiz. Bu to‘rtliklar xalq ijtimoiy hayotining hamrohi bo‘ldi. Tarixiy vazi- yatga nisbatan ifodalangan g‘azab va xonga nisbatan nafrat zamonga xalq bergan baho darajasida edi. Aniqrog‘i, jazolov hukmi bo‘lib jarangladi. Umuman, XX asming 15-25-yillari o‘rtasida yaratilgan tarixiy qo‘- shiqlar son jihatdan ko‘p, sifat jihatdan mazmunli edi. Ehtimol, bu holat yurtimiz tarixiga oid turli yo‘nalishdagi tarixiy voqealaming ko‘p ro‘y berganiga bog'liqdir. Isfandiyor, Said Ahmad, Nikolay kabi podshoh va xonlaming adolatsizligi va bosqinchilik urushlariga bo‘lgan keskin qoralovchi ayblar mazkur qo'shiqlaming bosh mazmunini tashkil qildi. Shunday qilib, tarixiy qo‘shiqlar bevosita aniq voqea hodisa yoki aniq qahramon ishtirok etgan tarixiy davr haqida yaratilgan asar namu- nasi hisoblanadi. Download 442.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling