Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi
Download 442.51 Kb.
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- MUHAMMADQUL JONMUROD o‘g‘li PO‘LKAN
Savol va topshiriqlar:
Fozil Yo'ldosh o‘g‘lining o‘zbekxalq og'zaki ijodi rivojida tutgan о ‘mini izohlang. Baxshi ijodida ijtimoiy hayot va badiiylik tushunchasi qanday uyg ‘unlashgan. Nima uchun “Alpomish” dostoni haqida mukammal tasavvur hosil qilishda Fozil Yo ‘Idosh о ‘g ‘li varianti muhim hisoblanadi? Barchinning Boychiborga murojaatini yoki “Alpomish” dostonidan boshqa о ‘zingizga yoqqan parchani yod oling. Adabiyotlar: Х,оди Зариф. Фозил шоир - машхур достончи / Фозил шоир. - Т.: Фан, 1973.-Б. 5-29. Мирзаев Т. Достонлар / Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 227-268. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. - Москва: ОГИЗ, 1947. - С. 23-58. Алпомиш. Достон. - Т.: Шарк НМАК, 1998. MUHAMMADQUL JONMUROD o‘g‘li PO‘LKAN 0‘zbek dostonchiligida xalq eposi namunalarini, mazkur san’at turini oliy darajada ijro etgan baxshilar juda ko‘p bo‘Igan. O‘nlab ulkan san’at- korlar asrlar davomida asl farzandlar tomonidan yaratib kelingan doston- lami mehr bilan aytib mahalliy aholi o‘rtasida shuhrat topdilar. Ulami san’at muxlislari baxshi, shoir, nomlari bilan e’zozladilar. Alohida maho- ratli baxshilar ismi nomiga bulbul so‘zi qo'shib talaffuz qilindi. Ammo baxshilar kuylagan dostonlarga bir oz diqqat bilan nazar tashlasak, ular- ning har birida o'ziga xos yo'nalish, so‘z tanlash, kuy ijro etish usuli bor- ligini sezamiz. Bu haqda ba’zi fikrlami qayd qilganmiz ham. Xususan, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlami qahramonli, Ergash Jumanbulbul mu- habbatli qilib aytishlarini eslaganmiz. Bu jihatdan Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po'lkan aytgan dostonlar ko'proq o'tmish haqida hikoya qilishi bilan ajralib turadi. Baxshi ijro etgan “Go‘ro‘g‘lining tug'ilishi”, “Yunuspari”, “Misqol pari”, “Chambil qamali” kabi dostonlar aynan “Ravshan”, “Kuntug‘mish” dostonlaridan qadimiyroq tunnush voqea- larini bayon qilishi bilan farqlanadi. Aynan ana shunday dostonlami kuylash Po'lkanga alohida zavq bag'ishlagan ekan. Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po'lkan 1874-yilda Samarqand vilo- yati Xatirchi tumanidagi Qatag‘on qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga keladi. Po‘lkan Fozil shoirga o‘xshab yoshligidanoq yetim qoladi. U ham 10 yoshidan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Ko‘p o‘tmay cho‘ponlik qila boshlaydi. Shuning uchun podani ma’lum o‘tloqqa qo‘yganidan so‘ng, uni nazorat qilishdan boshqa ishi bo‘lmaydi. Natijada, do‘mbira chertib vaqt o‘tkazishni odat qiladi. 0‘zicha terma va dostonlardan parcha aytish- ni o'rganadi. Ammo undagi tabiiy iqtidor tez orada mashhur baxshi- laming e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Katta ustozlik tajribasiga ega Jassoq baxshi unga baxshilik sirlarini o'rgatadi. Muhimi, Jassoq baxshi Po‘lkan- ning o'ziga xos doston aytish usuliga to‘siq bo‘hnay mustaqil ijro qobi- liyatini rivojlantirdi. Natijada, ikki yil o‘tar-o‘tmay Po'lkan ustoz bax- shilar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, shoir nomiga munosib topiladi. Bu muvaffaqiyat Po'lkanga o‘z mashqlariga mas’uliyat bilan yondashish kerakligini ta’kidlagandek bo‘ldi. Jassoq baxshining 4 yil u bilan mashq qilishi oqibatida baxshilik tajribasiga ega bo‘ldi. 25 yoshida sinovdan o‘tib taxminan 1899-1900-yillar atrofida nomdor baxshi sifatida tilga tushdi. Ammo u paytda Muhammadqul baxshi deb atalgan Poikan o‘ziga o‘ta talabchan inson edi. Shuning uchun mustaqil baxshilar faoliyat olib borish huquqiga va imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Jassoq baxshidan ajral- madi. Ustozining hamma dostonlari repertuarini to'liq o‘zlashtirishga ha- rakat qildi, eshitgan va oYganganlariga muttasil yangiliklar kiritib bordi. Lekin hayot unga o‘ta murakkab sinov lavhalarini tayyorlab qo‘ygan edi. Gap shundaki, 1914-yilda Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li 40 yoshda ekanida chor Rossiyasi podshohi farmoniga binoan Turkiston o‘lkasidan birinchi jahon urushida qora ishlami bajarish uchun mardikorlikka olin- gan mahalliy aholi qatorida ona yurtini tashlab ketishga majbur bo‘ldi: qishlog'idagi Bo‘riboy ismli bir badavlat odam mardikorlikdan ozod bo'lish mablag'ini to‘laydi va uning o‘miga Muhammadqul mardikorlikka olinadi va Rossiyaga jo'natiladi. Bu safar natijasida baxshining “Mardikor” dostoni vujudga keladi. Unda oq podshoh zulmiga, o‘zbek xalqiga hech qanday aloqasi yo‘q urush tashvishlariga bo‘lgan norozilik o‘zining badiiy ifodasini topgan. Po'lkan nomi esa “polk” so‘zidan olingan bo‘lib, mardikor bo‘lib yurgan zamonlardan xotira sifatida front orqasidagi polkda xizmat qilgani uchun unga taxallus bo‘lib qoldi. Po'lkan o‘tgan asming 20-yillaridan o‘zbek folklorshunos olimlari e’tiboriga tushdi. Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Mansur Afzalov, keyin- chalik undan yozib olingan asarlami Oxunjon Sobirov, Muhammadnodir Saidov, Malik Murodov o‘rgandilar. Baxshi “Go‘ro‘g‘lining tug'ilishi”, “Yunus pari”, “Gulnor pari”, “Avazxon” dostonlarini alohida mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, “Yodgor”, “Shayboniyxon”, “Qironxon”, “Kuntug‘mish” dostonlarini ham o‘ziga xos usulda aytganligi ma’lum. O‘zbek folklorshunosligi fani rivojiga munosib qissa qo'shgan olimlar V.M. Jirmunskiy va H.T. Zarifov 1947-yilda nashr qilingan “0‘zbek qah- ramonlik eposi” kitobida Po‘lkan ijrosidagi “Qironxon” dostoni 20000 misra she’rdan iborat ekanini alohida ta’kidlaganlar94. Taniqli olim Mansur Afzalov “Po'lkan shoir” kitobida: “Poikan shoir chet el bosqin- chilarining ayyorlik, qo'rqoqlik sifatlarini ustalik bilan ko'rsatib, dush- manlar obrazini yorqin chizib beradi. “Rayhon arab qo‘rquvdi”, “O'lgan- dan qo‘rqqan yomon”, “Tishi toshday urishib” va boshqalar...”95 - deydi. Har bir baxshi o‘z xalqini, yosh avlodini komil inson sifatida tarbiya- lanishi uchun munosib hissa qo'shadigan asl insondir. Po'lkan o'zining ustozidan Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga xos usullami mukammal o'z- lashtirgani uchun butun ijodi davomida yoshlami ajdodlarimiz qadriyat- lariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat bilan qa- radi. Ayniqsa, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” u yoddan bilgan 70 ta doston orasida o‘zining voqealami aniq ifodalashi, tilining soddaligi, qadimgi odatlami ulug'lab tasvirlashiga ko‘ra juda ibratlidir. Xususan, baxshi ya- shagan hududda Go‘ro‘g‘lidek qahramonning dunyoga kelishi va tarixini bilishga qiziquvchilar juda ko‘p edi. Dostonda esa Go‘ro‘g‘lining Ravshan sinchi oilasida tug'ilishi, uning yoshligi, ulg‘ayishi haqida hikoya qilinadi. Xalq himoyachisi va xaloskori - Go‘ro‘g‘lini, G'irot qahramonligini elga tanitish esa o‘zbekning ota-bobolari nechog'lik mard, jasur ekanliklarini ko‘rsatish vositasi edi. Vatanni mustaqil asrash baxshi dostonlarining bosh g'oyasi bo'ldi. Jumladan, “Chambil qamali” dostonidan quyidagi parcha fikrimiz dalilidir: Yovgarchilik bo'ldi endi yoronlar, G'ayrat qiling, Chambil elning xotini... Qovoqlarni uyinglar, Qiz-xotinni jiyinglar, Po'pakni yig'ib tashlab, Sochni boshga tuginglar. Xotinlikni qo'yinglar, Sarboz anjom kiyinglar, G'ayrat qiling, ayollar96. Doston mazmuniga ko'ra, Go'ro'g'li Voyanganga ketganidan foydalanib dushman Chambilga hujum boshlaydi. Chambil mudofaasiga Yunus pari ayollami safarbar qilib, Go‘ro‘g‘lining yo‘qligini bildirmaydi. Go‘ro‘g‘li dushman haqida xabar topib kelguniga qadar Chambilni himoya qiladi. Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li kuylagan dostonlar faqat mazmunan emas, badiiy jihatdan ham mukammal edi. Baxshi hayratomuz mubo- lag‘alar, chiroyli sifatlashlar, o'xshatishlami qo‘llashda tengi yo‘q san’at- kor edi. Jumladan, xalq maqollari uning she’riy misralariga shunday singib ketar ediki, shoir mahoratiga qoyil qolmaslik mumkin bo'lmasdi: Ot boshiga kun tug‘sa, Suvliq bilan suv ichar. Er boshiga kun tug'sa, Etik bilan suv kechar97. Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po'lkandan yozib olingan va nashr qilingan terma va dostonlar soni yuzdan ortiq. Po'lkan ustoz va taniqli baxshilar qatoridan munosib o‘rin egallashga loyiq san’atkordir. U 1941 yilda vafot etgan. Download 442.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling