Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi
Download 442.51 Kb.
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- FOZIL YO‘LDOSH o‘g‘li
Savol va topshiriqlar:
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li kuy lagan dostonlar boshqa baxshilamikidan qanday farqlarga ega? Baxshining qaysi fazilati sizga ma’qul bo‘ldi? Ergash shoir kuylagan dostonlardan o‘qing, qo'llanmadagi parchalami yod oling. Adabiyotlar: Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги Урни. Тадкикотлар. 2- китоб.-Т.: Фан, 1971. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. - Москва: ОГИЗ, 1947. - С. 23-58. Булбул тароналари. Беш томлик. - Т.: Фан, 1971. Эргаш Жуманбулбул ^гли. Икки жилдлик. - Т.: 1971. FOZIL YO‘LDOSH o‘g‘li Badiiy adabiyotda ijodkoming so‘z san’ati taraqqiyotiga qo'shgan hissasi yaratgan asarlarining soni, hajmi bilan o‘lchanmaydi. Badiiy adabiyotning rivojlanish darajasini, avvalo, mahorat mezoni belgilaydi. Bu oichov, shubhasiz, xalq og‘zaki ijodi namunalariga ham taalluqlidir. XIX asrdan XX asrgacha o‘zbek dostonchiligida yuzlab baxshilar ijod qilganlar, yuzlab dostonlami aytganlar. Ammo bugungi kunda ulardan bor-yo‘g‘i o‘ndan ortiq baxshilar nomi saqlanib qolgan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li nomi esa eng taniqlilaming taniqlisi sifatida e’zozlanadi. O‘zbek xalq qahramonlik eposi haqida fikr yuritilganda, avvalo, “Alpomish” dostoni tilga olinadi. Baxshilardan bu doston 30 dan ortiq variantlarda to'liq yoki parchalar tarzida yozib olingan. Ammo ular ora- sida eng mashhur va mukammal nusxa 1928-yilda Mahmud Zarifov to- monidan taniqli olim Hodi Zarif rahbarligida yozib olindi. Qizig'i shun- daki, dostonning O‘g‘uz, Qipchoq, Oltoy, Qo‘nqirot versiyalari orasida ham Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan nusxa folklorshunos olimlar tomonidan eng mukammali sifatida tan olingan. Ma’lumki, 1952-yilda “Alpomish” dostoniga qarshi siyosiy hujum uyushtirildi. Bu paytda Fozil Yo'ldosh o‘g‘li tirik edi. Bizgacha yetib kelgan xotiralardan bilamizki, keksa baxshi bu paytda dostonni qora- lovchi majlislarda soatlab o'tirishga majbur bo'lgan ekan, ammo qo‘yila- yotgan ayblami mutlaqo tushuna olmagan ekan, chunki savodsiz, o‘qishni ham bilmagan Fozil shoir xalq qadriyatlarini tushunish sohasida tanqidchi “olim”lardan tasawur qilib bo‘lmaydigan darajada yuqori turgan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1872-yilda Samarqand viloyati Bulung'ur tu- maniga qarashli Bo‘dana hududidagi Loyqa qishlog‘ida dehqon Yoldosh aka oilasida tug‘iladi. 1873-yilda Loyqa qishloq aholisi Chelak qishlog'i atrofiga ko'chishga majbur bo'ladi. Ammo yashash manzilining o'zga- rishi oila maishiy sharoitida ijobiy o‘zgarish yasamadi. Turmush qiyin- chiligiga chiday olmagan Yo‘ldosh aka 1877-yilda vafot etadi. Fozil oilasi yanada og‘ir iqtisodiy ahvolda qoldi. Fozil juda yosh bo‘lishiga qaramay G‘allaorol qishlog'iga borib ya- shash uchun non topish ilinjida og‘ir mehnat qilishga majbur bo'ldi. Bu haqda keyinchalik “Kunlarim” termasida shunday deydi: Olti yoshda qo‘msab-qo‘msab otamni, Og‘ir mehnat ezdi sho‘rli enamni. Ena-bola topolmadik bir nonni, Parcha non deb o‘tgan kunlarim. Yetti yoshda ortdi mening kulfatim, Sakkiz yoshda og‘ir mehnat ulfatim, Mehnat uchun sinab ko‘rdim quvvatim, To'qqiz yoshga yig‘lab yetgan kunlarim. To'qqizimda bel bog‘ladim mehnatga, Cho'pon bo‘ldim, tushdim yana g'urbatga, Ishlab yedim, lekin qoldim minnatga, Parcha non deb minnat chekkan kunlarim. Do‘mbiram kuyladi mening holimni. Men jo‘r bo‘lib so'kdim boyni - zolimni, Topdim, do‘stlar, shunda dardkashlarimni, Haq-nohaqni kuylab chertgan kunlarim90. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Fozilning yoshligi mutlaqo bolalik quvonchlaridan mahrum holda o‘tgan. O‘rtoqlari bilan turli ko‘ngil ochdi o'yinlar o‘miga bir parcha nonni go‘dakligidan mehnat bilan topishga majbur bo'ldi. “Kunlarim” termasi esa uning bolaligi haqida bir asrdan oshgan bugungi kunda tasawur hosil qilish imkonini beradi, ayni paytda, yoshlarimizni ota-bobolarining bolaligidan ibrat olishga chaqiradi. Fozil Yo'ldosh о‘g‘Iida Ergash shoiming ijodiy muhiti bo‘hnagan. Fozil shoir- ning baxshilar davrasiga kirish jarayoni ancha murakkab o‘tgan. Uning dostonchilik sirlarini o‘zlashtirishi turmush tashvishlarini boshidan kechi- rish bilan uyg‘unlashgan. Professor Hodi Zarifovning ma’lumot beri- shicha, Fozil shoir baxshilikni o‘zlashtirguniga qadar 19 yoshida o‘z qishlog‘iga qaytib, otasidan qolgan chorak tanob yerda dehqonchilik qil- gan, chorvachilik bilan shug‘ullangan. Hatto Loyqa qishlog‘ining eng epchil o'roqchisi nomini olishga muyassar bo‘ladi. Ammo yoshligida o‘r- gangan do‘mbira mashqi unga tinchlik bermaydi. Havas yo'lidagi xara- katlari natija berib, o‘z davridagi mashhur ustoz baxshi Yo'ldosh bulbul e’tiboriga tushadi. O‘sha paytda Loyqa qishlog‘idan Yo'ldosh, Qo‘ldosh, Suyar baxshilar o‘z ustozlari an’analarini davom ettirayotgan edilar. Ular qatoridagi Yo‘ldosh baxshi o‘z davrida Yo‘ldosh bulbul darajasiga yet- gan baxshiga shogirdlik qilgandi. Uning Fozilga nazari tushgani bo‘lajak “Alpomish” ijrochisi uchun omad muhri bo‘lib qoldi. Fozil shoirdagi iqtidor, ovoz, do'mbirachilik ishqi Yo'ldosh shoir maslahat va ko‘rsat- malari zaminida rivojlandi. Oxir-oqibat 1897-yil atrofida 25-26 yosh- larida Fozil taniqli baxshilar nazariga tushdi, Fozil shoir nomini oldi. Xalq baxshisi hamisha elining dardini, alamini, zamon tashvishlarini o‘z ijodida aks ettirgan. Xalq ijtimoiy hayotning eng og‘ir va musibatli davrlarida aynan baxshi termalaridan tasalli topgan, kelajakka umid bilan qaragan. Bu mas'uliyatni Fozil shoir butun vujudi bilan his qildi. 1898- 1908-yillarda Samarqand viloyati ekin maydonlarini chigirtka ofati bos- ganida “Chigirtka” termasini yaratdi. Yurtda qashshoqlik avjiga chiqqani sari baxshi nolasi ham avj oldi: Kambag‘alning aqli shoshib, O‘g‘il qiziman kengashib, Kecha-kunduz zor yig‘lashib, Do‘stlar, qaddi kamon bo‘ldi91. Aksiga olib chor hukumatining mahalliy aholi boshiga yog‘dirayot- gan zulmi, adolatsizligi ham ko‘paydi. Xalq faqat mute’ va qaram bo‘- lishga majbur edi. Norozilik bildirganlar shu zahoti jazoga tortildi. Ay- niqsa, Jizzaxda bosh ko‘targan aholining vahshiylarcha to‘pga tutilishi dard ustiga chipqon darajasiga yetdi. Fozil shoir bu davr voqealarini “Mamatkarim polvon”, “Jizzax qo‘zg‘oloni” dostonlarida ifodaladi. Baxshi tajribasi unga o‘z davrida ro‘y bergan voqealami o‘ta jonli lavhalarda tasvirlash imkonini yaratdi: O‘z holiga qo‘ymay xalqni Qayta-qayta chiqim soldi, Urushda bo‘lgan xarajat Qaydan topib bersin elat? Hamma bo‘lib qoldi hayron, Nechovning vatani vayron92. “Jizzax qo‘zg‘oloni” dostonida soliq va ortiqcha zulm ustiga oq podshohning Germaniya bilan boTayotgan urushga mardikor yuborish haqidagi farmoniga qarshi xalqning ko‘tarilishi hikoya qilinadi. Baxshi notiqlaming nutqidan tortib chor amaldorlarining talvasaga tushguniga qadar hayot lavhalarini shunday bayon qildiki, dostonni eshitganlar yoki o‘qiganlar o‘zini o‘sha tarixiy voqealar ishtirokchisidek his qildi. Fozil Yo'ldosh o‘zbek folklorshunosligi ilmiga 1922-yildan ma’lum bo‘ldi. Dastlab, G‘ozi Olim Yunusov, keyinchalik V.M. Jirmunskiy, Hodi Zarifov, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Muhammadnodir Saidov, Bahodir Sarimsoqov, bugungi kunda To‘ra Mirzayev, Mamatqul JoYayev, Abiyr Musaqulov, Shomirza Turdimov, Jabbor Eshonqul kabi olimlar baxshi ijodini о Yganishda muhim ilmiy tadqiqotlar yaratdilar. “Alpomish”, “Yodgor”, “Shirin bilan Shakar”, “Murodxon”, “Rustamxon”, “Malika ayyor”, “Mashriqo”, “Intizor”, “Balogardon”, “Nurali”, “Jahongir”, “Farhod va Shirin” kabi qirqqa yaqin dostonni Fozil YoTdosh o‘g‘li istagan paytda, istalgan lavhadan aytib ketaverish salohiyatiga ega edi. Ayniqsa, “Alpomish”ni kuylash uning uchun alohi- da sharaf va huzur bag'ishlar edi. Fozil YoTdosh o‘g‘li qahramonlik epo- si namunasini ijro etishda uning dostonini oddiy odamlar tinglayotganini yodidan chiqarmasdi. Odamlaming qalbini esa turli his-tuyg‘ular egalla- gan bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun baxshi dostonlarida faqat oliy mezon bilan o‘lchanadigan jang lavhalaridan tashqari asar qahramonla- rining ruhiy holatini ifodalashga ham diqqat qilar edi. “Alpomish” dos- tonidagi Barchinning Boychiborga alam bilan murojaat qilishi bu fazi- latning dalili bo'lishga arzigulikdir: “Qurru-yo qur, hayt-a, toYamning oti, Oq to‘shim yayloving, sochim - shipirtki, Kuyganimdan gapni gapga ulayin, To oiguncha sayising bo‘p yurayin. Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo‘lib qo‘shgin dengi-do‘shima, Olmosday tuyoqing qorday to'shima, Qurru-yo qur, hayt-a, to'ramning oti! O‘yilmay kuymasin kulbai xonam, Oh urib yig‘lay di mendayin sanam, Qalmoqda qolmasin guldayin tanam, O‘n ikki oy seni Boyburi boqdi, Gardaningga Qaldirg‘och qo'tos taqdi. Yig'latmagin Barchin gulday bebaxtdi, Qurru-yo qur, hayt-a, to'ramning oti”93. Bu murojaatni befarq eshitish mumkin emas. Uni tinglaganda, juda bo'lmaganda bir oz e’tibor bilan o'qiganda, inson vujudida sehrli o'zgarish ro‘y bergandek tuyiladi. O‘zga yurtda g'arib bo‘lib yashashdan cho'chigan norasida qizning yurak dardi ifodalangan. Fozil Yo‘ldosh о‘g‘lining nomi chiqqan baxshilar o‘rtasida munosib hurmatga ega bo‘lishi bejiz emas, albatta. Bu hurmat tinimsiz mehnat, favqulodda xotira egasi bo'lish, hayot tajribasini aytilayotgan asarga singdirish, mahorat va bukilmas iroda mahsuli ekani oddiy haqiqatdir. Fozil Yo'ldosh o'g'lining o'nlab dostonlari xalq og‘zaki ijodi turkumida yuzlab bosma toboqlarda nashr etildi. Bugungi kunda baxshidan yozib olingan terma va dostonlar, uning ijodi tahlil qilingan kitob va maqolalar soni 500 ga etdi. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1955-yilda 83 yoshda o‘z qishlog‘ida vafot etdi. Xullas, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li o‘zbek dostonchiligida mashhur va ulkan baxshi sifatida shuhrat topgan xalqimizning asl farzandidir. Download 442.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling