On filologiyasi kafedrasi “Sharq tillarini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu


Dars davomida qo‘llanilgan usullar va metodlar


Download 265 Kb.
bet8/10
Sana29.01.2023
Hajmi265 Kb.
#1137796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
adabiyot kurs ishi Normo\'minova Manzura ertaklar

2.3. Dars davomida qo‘llanilgan usullar va metodlar
Taqdimot metodi
Metod o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini ta’minlaydi. Uni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushunchalari, muhim xususiyatlari, kichik matn, jadval, sxema, rasm va diagrammalar asosida yoritiladi. Metod uquvchi(talaba)larda mavzu mazmunini obrazli, yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida metodni qo‘llash tartibi quyidagilar:

  1. O‘qituvchi o‘quvchi(talaba)larni metodning mohiyati bilan tanishtiradi.

  2. O‘qituvchi o‘quvchi(talaba)larni kichik guruhlarga biriktiradi.

  3. Kichik guruhlarga mavzu yuzasidan muayyan topshiriqlar beriladi.

  4. Topshiriqni bajarish uchun vaqt hajmi (10-15 daqiqa) belgilandi.

  5. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, guruhlar o’z ishlarini namoyish etadi.

  6. Kichik guruhlarning ishlari jamoa tomonidan o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va eng yaxshi ish aniqlanadi.

  7. O‘qituvchi jamoa fikriga tayangan holda eng yaxshi ishni e’lon qiladi.

  8. O‘qituvchi kichik guruhlar ishini baholab, mashg‘ulotni yakunlaydi11.


“Bizning oila” mavzusi slayd orqali ochib berildi. Slaydda oila mavzusiga oid mashqlar, oila a’zolaridan tarkib topgan lug‘at va rasmlar yoritib berildi. Bundan maqsad o‘quvchilarning tasavvur qilishlariga qulaylik va yengillik yaratishdir.



Suhbat metodi
Mashg‘ulotda o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)lar o‘rtasidagi dialogik xarakterga ega savol-javobga asoslanuvchi ushbu metod negizini jonli muloqot tashkil etadi. Metodning afvzalligi suhbat jarayonida oydinlashmagan masalalar yuzasidan qo‘shimcha savollar berish, o‘quvchi (talaba)ning fikrlashga undash imkoniyatining mavjudligi bilan belgilanadi. Ta’limiy munosabatning jonli muloqotga asoslanishi esa o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)lar o‘rtasida ruhiy yaqinlikni qaror topdirib, faol fikr almashish imkonini beradi.
Metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi.

  1. O‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni metod mohiyati bilan tanishtiradi.

  2. O‘qituvchi mavzu yuzasidan o‘quvchi (talaba)lar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan masalalarga oid savollarni ishlab chiqadi.

  3. O‘quvchi (talaba)lar savollar bilan tanishtiriladi.

  4. O‘quvchi (talaba)lar savollar yuzasidan mulohaza yuritib, masala mohiyatini yoritishga kirishadi (agarda o‘quvchi (talaba)larning javoblari qoniqarli deb topilsa, navbatdagi savol beriladi; bordi-yu, javob qoniqarli deb topilmasa, u holda o‘qituvchi o‘quvchi (talaba)ga aynan mana shu masalani oydinlashtirishga yordam beradigan qo‘shimcha savol beradi).

  5. O‘rganilayotgan masalaning mohiyati to‘la yoritilgach, suhbat jarayoniga yakun yasaladi.

  6. O‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larning faoliyatini baholab, mashg‘ulotga yakun yasaydi. Suhbat metodidan dars davomida qisqacha foydalanildi. Ya’ni birinchi navbatda mavzu o‘tilishidan oldin oila haqida suhbatlashildi. Savol-javoblar qilindi. Tasavvur ko‘nikmasi shakllantirildi12.




Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling