Қон яратувчи ва иммун-ҳимоя органлари
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 7. QON YARATUVCHI VA IMMUN A’ZOLARI
Qon bilan ta’minlanishi. Timusning po‘stloq va mag‘iz zonalari deyarli mustaqil qon
tomirlar sistemasiga ega. Timusga kirgan arteriyalar bo‘laklarni ajratib turuvchi biriktiruvchi to‘qimada bo‘laklararo arteriyalarni hosil qiladi. Ularning bir qismi bo‘laklar ichiga kirib, po‘stloq va mag‘iz zonalar orasidagi chegara zona bo‘ylab yo‘naluvchi arteriolalarni hosil qilsa, ikkinchisi esa biriktiruvchi to‘qima ostidagi arteriolalarga bo‘linadi. Bu arteriolalardan kapillyarlar tarmoqlanib, po‘stloq zonada zich joylashgan kapillyarlar to‘riga tutashib ketadi. Bu to‘rga yuza tomondan, ya’ni biriktiruvchi to‘qimadan kiruvchi kapillyarlar ham qo‘shiladi. Kapillyarlar po‘stloq zonaning yuza qismida yoysimon burilib, ichkariga yo‘l oladi va chegara zonada postkapillyar venulalarga quyiladi. Po‘stloq moddaning qon bilan ta’minlanishining uziga xos xsususiyatlari: a) po‘stloq moddada faqatgina kapillyarlar to‘ri joylashadi; b) kapillyarlar atrofida «qon-timus» to‘sig‘i borligi tufayli antigenlar po‘stloq zonaga o‘tmaydi yoki juda tanlab o‘tkaziladi. Natijada, po‘stloq zonada T-limfotsitlar- ning antigenga bog‘liq bo‘lmagan differentsiallashuvi amalga oshadi. Chegara zonada joylashgan arteriolalardan tarmoqlangan kapillyarlarning bir qismi mag‘iz zonani qon bilan ta’minlaydi. Bu kapillyarlar yana qaytib chegara zonaga keladi va postkapillyar venulalarga quyiladi. v) po‘stloq va mag‘iz moddalardan qon yig‘uvchi postkapillyar venulalar bir-biri bilan qo‘shilmay, alohida venalar shaklida timusdan chiqib ketadi. g) mag‘iz zonaning kapillyarlarida «qon-timus» to‘sig‘i bo‘lmaydi. Bu zonadagi T- limfotsitlar postkapillyar venulalar orqali timusdan chiqishi yoki unga yana qaytib kirishi (retsirkulyatsiya qilishi) mumkin. Retsirkulyatsiya jarayonida postkapillyar venulalarning o‘ziga xos baland prizmatik tuzilishga ega bo‘lgan endoteliy hujayralari muhim rol o‘ynaydi. Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o‘zgarishi. Ayrisimon bez yosh bolalarda juda yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi.Tug‘ilgandan to balog‘at yoshiga yetguncha uning kattaligi va og‘irlign ma’lum bir darajada saqlanib turadi. Jinsiy balog‘at yoshiga kelib timusning og‘irligi o‘rtacha hisobda 37—40 g atrofida bo‘ladi. 25—30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, ya’ni yoshga ko‘ra involyutsiyasi boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning po‘stloq zonasida yaqqol ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sonining kamayib borishi, retikuloepitelial hujayralar o‘rnida yog‘ hujayralarining paydo bo‘lishi va makrofaglar sonining ko‘payishi kuzatiladi. Involyutsiya jarayoni mag‘iz zonada ham sodir bo‘ladi. Bu zonada ham yuqoridagidek timotsitlarning kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning o‘rnini yog‘ to‘qimasi egallashi ko‘rinadi. Gassal tanachalari esa ancha paytgacha saqlanib qoladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘ta qarigan, ammo sog‘ organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70—75 yoshlarga kelib timusning og‘irligi faqat 5—6 g atrofida bo‘ladi. Bunda bez parenximasining asosiy qismini yog‘ to‘qimasi tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va retikuloepitelial hujayralar uchrashi mumkin. Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga nisbatan involyutsiyasi bo‘lmasligi mumkin. Bu holat «status timo-limfatikus» deb atalib, timusda va boshqa periferik immun-himoya organlarida limfotsitlar soninnng oshib ketishi bilan ifodalanadi. Ko‘pincha bu holat buyrak usti bezining po‘stloq moddasi ishlaydigan glyukokortikoid gormonlarning yetishmovchilngi bilan birga kechadi. Garchi timusda limfotsitlar ko‘p bo‘lsa-da, ularning faoliyati to‘liq bo‘lmaydi, shuning uchun ham bunday odamlar mikroblar va zaharli moddalar ta’siriga juda chidamsiz bo‘ladi. Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan aks taraqqiyotidan tashqari, ba’zi bir holatlarda uning tez sodir bo‘ladigan involyutsiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental (tasodifiy) involyutsiya deb atalib, turli xil o‘ta kuchli salbiy ta’sirotlar (og‘ir jarohatlar, zaharlanish, haddan tashqari ochlik, radiatsiya, SPID virusi va hokazolar) natijasida ro‘y berishi mumkin. Bunda timusda, ayiiqsa uning po‘stloq zonasida, timotsitlarning birdaniga ko‘p miqdorda halok bulishi (timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinishi kuzatiladi. Natijada, po‘stloq va mag‘iz moddalar orasida chegarani ajratib bo‘lmaydi. Aksidental involyutsiya o‘zining qayta tiklanish imkoniyati bilan yoshga nisbatan kechadigan involyutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirlar to‘xtatilsa, timus o‘zining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda bo‘ladigan aksidental involyutsiyani ko‘ra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchui muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadip. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling