Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet116/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzular yuzasidan savol – javob berib darsni mustahkamlanadi bosh kelishikdagi ot kim?, kimlar?, nima?, nimalar?, qayer?, qayerlar? so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi, gapda ko‘pincha ega vazifasida keladi.
Ijodiy ish uchun topshiriq beriladi:Qish tasvirlanganrasm doskaga ilinadi , rasmdan olgan taassurotdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzish va matndan quyidagi so‘z va iboralardan foydalanish kerakligi aytiladi: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izg‘irin, fayz beradi, oq kiyimda.
Namuna: Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o‘raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Bu qishlog‘imizga fayz berib turardi.

Darvoza” ta’limiy oyini oynatiladi. Bu oʻyinda 2 nafar oʻquvchi qoʻllarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi.Ularning orqasida oʻquvchilar uchun tayyorlangan meva va sabzavotga tegishli rasmi yoki oʻyinchoq boʻladi.(M-n: anor,uzum, olma,shaftoli, nok ,baqlajon,sabzi)
Oʻqituvchi tomonidan oʻyin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi.
Soʻzlarni bo‘gʻinlarga toʻgʻri ajrata bilish , so‘rog‘ini to‘g‘ri qo‘yish, unga egalik qo‘shimchalari qo‘yib aytish topshirig‘i beriladi.
Ularga toʻgʻri javob bergan oʻquvchi darvozadan oʻtib,xohlagan mevani yo‘ki sabzavotni oladi va u qanday maza-ta’mga ega ekanini ham aytib oʻtadi.



O ‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test olinadi.
1. Asosdosh so‘zlarni toping.
A) gul, anor B) ishchi, ishla, ishli D) binokor, shifokor
2. So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchani toping.
A) –la, -illa, -chi B) –ni, -ning, -da, -ga D) –lar, -zor
3. Ot so‘z turkumi savolini ko‘rsating.
A) qanday? Qanaqa? B) Kim? Nima? D) nima qildi?
4. Birlikdagi egalik qo‘shimchalari qaysilar?

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling