Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap
Download 2.28 Mb.
|
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)
“Rasmli lug‘at diktanti”ni o‘tkaziladi. Buning uchun o‘qituvchi monitor orqali rasm ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa rasmda namoyish etilgan narsalar nomini husnixat asosida daftarlariga yozadilar. Vaqtni tejash maqsadida keyingi slaydda to‘g‘ri javoblar ko‘rsatiladi, o‘quvchilar o‘zaro sheriklari bilan daftarlarini almashtirib tekshiradilar. So‘ng narsalar nomini ingliz tilidagi nomlarini aytadilar.Topshiriqni to‘g‘ri va aniq bajargan o‘quvchilar aniqlanib, rag‘batlantiriladi.
III. Yangi mavzuni bayoni.
Buning uchun mashq shartiga ko‘ra matn o‘qitiladi va sarlavha topiladi. So‘ng ajratilgan so‘zlar quyida keltirilgan jadvalga yozib, so‘zlarda ishtirok etgan egalik va kelishik qo‘shimchalar nomi ostiga yozib chiqib tahlil qiladilar. Topshiriqni bajarishda juftlikda bajariladi. 2-topshiriq. „Tahlil qolipi“
Kichik jamoalar topshiriqni bajarib bo‘lgach, monitor orqali to‘g‘ri javoblar tekshiriladi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan jamoalarning noto‘g‘i javoblari tahlil qilinadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
3-topshiriq. “Lisoniy qolip”
189-mashq. Berilgan so‘zlarga mazmunan mos bo‘lgan otlarni topib birikma tuziladi. Birikmada ishtirok etgan kelishik qo‘shimchalari odatdagiday belgilanadi. Bahor keldi, daraxtning bargi, bargini to‘kdi, o‘lkaga ketdi, maktabda ishlaydi, ishdan qaytdi. V. Darsga yakun yasash va baholash. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘barlantiriladi va baholanadi. VI. Uyga vazifa..Uyda 190- mashqni shartiga ko‘ra bajarib kelish aytiladi. O‘quvchilarga yaxshi tilaklar bildirilib darsga yakun yasaladi. 69 Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. (191-193- mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy: otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi, kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish, so‘zlarining yozilishi va ma’nosini bilib olish orqali o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, savodxonligini oshirish. FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish; tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatga havas uyg‘otish, kitobning inson uchun foydali tomonlarini yoritib berish: TK2: o‘quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga o‘rgatish; rivojlantiruvchi: kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan olgan bilimlarini rivojlantirish. FK2: talaffuz me’yorlariga, qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish. TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish. Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars. Download 2.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling