-
2
|
Qaratqich kelishigi
|
kimning?, nimaning?, qayerning?
|
-ning
|
3
|
Tushum kelishigi
|
kimni?, nimani?, qayerni?
|
-ni
|
4
|
Jo‘nalish kelishigi
|
Kimga?, qayerga?, nimaga?,
|
-ga (-ka, -qa)
|
5
|
O‘rin-payt kelishigi
|
kimda?, nimada?, qayerda?
|
-da
|
6
|
Chiqish kelishigi
|
kimdan?, nimadan?, qayerdan?,
|
-dan
|
1 -topshiriq
183-mashq.Ekranda mashq matni beriladi. Matndagi so‘zlarni kursor bilan belgilaganda shu so‘zlar matn ostiga tushadi. Qoida aytilganda matndagi kelishik qo‘shimchalar kattalashadi.
|
184-mashqning shartiga ko‘ra o‘quvchilar kelishikning nomlarini, so‘roqlarini daftarga yoddan yozishadi. Yozganlarini darslikdan tekshirishadi. Bu mashq orqali o‘quvchilar o‘zlarining kelishik haqidagi tushunchalarini xotirada saqlab mustahkamlashadi.
Jadval olib qo‘yiladi. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
— Otlarda nechta kelishik bor va qanday nomlanadi?
— Kelishiklarning nomini kim tartibi bilan ayta oladi?
— Har bir kelishik o‘zining nimasiga ega?
— Qaysi kelishikning qo‘shimchasi yo‘q?
2 -topshiriq
184-mashq.Quyidagi jadval namoyish etiladi.Topshiriqni bajarish uchun doskaga parda tortiladi.O‘quvchilar yozganlarini tekshirishda pardani ochadilar.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
185-mashqning shartiga ko‘ra matnda takrorlanib kelgan kitob so‘zi aniqlanadi. Kitob so‘zini ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan birga ko‘chiradilar. Kitob so‘ziga qo‘shilgan kelishik qo‘shim-chalarining nomi so‘raladi.
Lug‘at ishi. Qal’a — qasr, qo‘rg‘on.
„Kitob aql qal’asidir" gapida aql qal’asi birikmasining ma’nosi ustida ishlanadi. Qal’a so‘zida tutuq belgisini tushirib qoldirganda, so‘z ma’nosida qanday o‘zgarish yuz berishi aniqlanadi. Kitob, do‘st, avlod, ajdod, kelajak so‘zlarining yozilishi va talaffuzi taqqoslanadi.
Bu savolga umumiy javob olinadi. O‘quvchilar fikrini to‘liq yoki izchil ifodalashi uchun quyidagi savollardan ham foydalanish mumkin:
— Gapda otlar boshqa so‘zlarga qaysi qo‘shimchalar yordamida bog‘lanadi?
— Kelishik qo‘shimchalarini ayting.
— Bosh kelishikdagi ot qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
— Qaratqich, tushum kelishiklaridagi otlar-chi?
— Jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklaridagi otlar-chi?
— Kelishik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaradi?
— Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz?
— Mehnat qilish va ilm olish orqali nimaga erishasiz?
— Kitob bizni nimaga o‘rgatadi?
— Maktab kutubxonasiga yozilganmisiz? kabi savollar bilan o‘qituvchi darsni yakunlaydi.
Quyidagi boshqoritma bajartiriladi. Buning uchun o‘quvchilar savollarga berilgan javoblarni raqamlar ostidagi kataklarga joylashtirsalar kalit so‘z hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |