Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi" jadvali,tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
182-mashq topishmoq tekshiriladi , egalik qo‘shimchalarining shaxs-sonini va qanday tovush bilan tugagan otlarga qo‘shilganini jadval asosida so‘raladi.
Shaxs
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
|
Undosh tovushdan so‘ng
|
Unli tovush-dan so‘ng
|
Undosh tovushdan so‘ng
|
Unli tovush-dan so‘ng
|
II
|
Shahari
odami
suvi
tuki ,to‘ni
|
Daryosi
|
boshlari
otlari
|
|
III. Yangi mavzu bayoni
183-mashq sharti asosida o‘qitiladi. Har bir gapda takrorlanib kelayotgan bir xil otlarni aniqlanadi. Shu otlarni ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan birga ko‘chiriladi.
Doskaga so‘zlar yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar berilgan so‘roqlarga ko‘ra so‘zlarni joylashtirib, gap tuzadilar. Doskaning chap tomoniga mashqning matni yozib qo‘yiladi. Ajratilgan so‘zlar orqali o‘quvchilar har bir gapda qo‘llangan mehnat so‘ziga so‘roq beradilar va mehnat so‘zini o‘zi bog‘langan so‘z bilan aytadilar. O‘quvchi doskaga yozib boradi:
Mehnat-----Nima?
Mehnatning-------Nimaning?
Mehnatni------Nimani?
Mehnatga------Nimaga?
Mehnatda---Nimada?
Mehnatdan---Nimadan?
nima? tarbiyalaydi — mehnat tarbiyalaydi;
nimani? seving — mehnatni seving;
nimaga? o‘rgating — mehnatga o‘rgating;
nimada? sinaladi — mehnatda sinaladi;
nimadan? kelsa — mehnatdan kelsa. Mashqdagi so‘zlarni ingliz tilida tarjimasi yozdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |