III. Yangi mavzuni bayoni.
Mavzuni tushuntirish uchun o‘qituvchi topishmoqlardan foydalaniladi . Topishmoqlar narsaning belgisiga ishora qilish bilan diqqatni o‘ziga tortadi. Fikr belgi orqali narsaga tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Darsga qadar doskaga anor haqidagi topishmoqni quyidagi ko‘rinishda yozib qo‘yiladi.
Hamma yerda do‘sti bor.
Mayda, yoqutday qizil,
Shirin, nordon, xilma-xil.
Qalin, taxir po‘sti bor.Topishmoqni o‘qitiladi va quyidagi savol beriladi.
— Topishmoqda qaysi meva haqida gap boryapti? (Anor haqida.)
— Topishmoqning javobidagi so‘zni ayting. (Anor.)
— Anorning donachalari qanday ekan? (Mayda, qizil ekan.)
— Uning mazasi-chi? (Shirin, nordon.)
— Po‘sti qanday ekan? (Qalin, taxir ekan.)
— Qanday?, Qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiryapti? (Narsaning belgisini.)
— Narsaning belgisi deganda nimani tushunasiz? Narsaning belgisi deganda, otning rangini, mazasini shaklini va xususiyatini tushunamiz.
Shunday savol-javobdan so‘ng suhbatga yakun yasab, xulosa aytiladi:
1 -topshiriq. 262-mashq.Matnni o‘qitiladi. Matndagi chiziqchalar o‘rniga so‘zlardan mosini qo‘yib, qayta o‘qiladi. Fikr mazmuni qaysi holatda to‘liqroq ifodalanadi?
Matn mazmunini aniq va to‘liq ifodalashga xizmat qilgan so‘zlarga so‘roq beriladi. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirtiriladi
|
Darslikdagi 262- mashq matni o‘qiladi. Matndagi chiziqchalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, qayta o‘qitiladi . Fikr mazmuni qaysi holatda to‘liqroq ifodalanadi?
kuchli shamol , qop-qora bulutlar , qudratli kuch , xarsang toshlarni o‘ynardi. katta-kichik toshlarning .
Matn mazmunini aniq va to‘liq ifodalashga xizmat qilgan so‘zlarga so‘roq beriladi. Ularni
o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish aytiladi. O‘quvchi matnni ichida o‘qib chiqadi.
-Matn mazmun ifodalayapti. Gapda har bir so‘z o‘zaro bog‘langan.
Har bir gapga mos sifatni birinchi topgan o‘quvchi chiqib doskaga yozadi. O‘quvchilar doskadagi matnni ichda o‘qiydilar. Doskadagi matn mazmuni aniq va to‘liq ifodalangani o‘quvchi tomonidan aytiladi.
-Shamol deganda qanday shamol ekani noma’lum edi. Kuchli shamol deyilsa, qanday shamol ekani aniqlanadi. Qoida eslatiladi: Qanday?,qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi va qaysi so‘z turkumiga kiradi?Narsalarning belgisini bildirib, qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z sifat deyiladi.Sifatlar narsalarning rangi-tusini (yashil, ola) mazasini (nordon, sh ‘r), shaklini (uzunchoq, yapaloq), hajmini (keng, katta), xususiyatini ( yaxshi, yomon) bildiradi.
Sifatlar ko‘pincha otlarga bog‘lanib, gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |