Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet201/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

III.Yangi mavzu bayoni.
326-mashqni tushuntirishda o‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qiladi:
-Matn qaysi yozuvchi haqida ekan?
-O‘tkir Hoshimovning qanday asarlarini o‘qigansiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
O‘quvchilar avval narsa va shaxslarning sanog‘ini bildirgan sonlarni, keyin tartib bildirgan sonlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiradilar. Tartib sonlarning asos va qo‘shimchasini belgilaydilar.

1-topshiriq.
E kranda matn beriladi. Matn pastida ikkita rang turadi (ko‘k va siyoxrang)
326-mashq matnini o‘quvchilar o‘qiydilar. Matn qaysi yozuvchi haqida ekanini topadilar. Avval sanoqni bildirgan sonlarni ko‘k rang bilan, tartibni bildirgan sonlarni siyohrang bilan belgilaydilar.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.



2-topshiriq.
Yangi mavzuni mustahkamlashda o‘qituvchi trenajyormashqidan foydalanadi. 327-mashq sharti bilan o‘quvchilarni tanishtiradi.O‘quvchilar chiziqchalar o‘rniga mazmunga mos raqamlarni tanlab, matnni o‘qiydilar. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozib, matnni ko‘chiradilar.
N
3, 90,
40, 25, 5
amuna:

___ oy qish xalq tilida ___ deyiladi.
Qish chillasi ___ kun davom etadi.
Dekabrning ___- kunidan boshlanib, ___- fevralda tamom bo‘ladi.
Bu davr qishning eng sovuq kunlari bo‘ladi.

Xotira mashqi” ta’limiy o‘yini. O‘quvchilarga chalkash yozilgan she’riy parchani tarqatiladi. O‘quvchilar misralarni o‘z o‘rniga qo‘yib she’rni yozadilar va sonlarni aniqlab, tagiga chizadilar. She’r muallifi Qambar O‘tayev haqida suhbat uyushtiradi. Uning ijodidan misollar keltiriladi. O’quvchilar bilimiga rag’bat kartochkasi berib boriladi.

Ma’nosiga tushunmay
To‘rt-besh harfni yeb qo‘ydi.
Mazasi yo‘q, deb qo‘ydi.
Bitta she’rda sichqoncha



Bitta she’rda sichqoncha
To‘rt-besh harfni yeb qo‘ydi.
Ma’nosiga tushunmay
Mazasi yo‘q, deb qo‘ydi.






Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling