IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi onalar haqida qo‘shiq eshittiradi va qo‘shiq yuzasidan savol-javob o‘tkazadi.
-Qo‘shiq kim haqida ekan?
-Nima uchun bu qo‘shiqni eshittirdik?
-Onalar bayrami qachon nishonlanar ekan?
Demak, 8-mart – xalqaro xotin –qizlar bayrami, bu bayramda onalarimizni, qizlarimizni tabriklaymiz. Onalarni avaylash kerakligi, ular bizni dunyoga keltirganliklarini o‘quvchilarga aytib o‘tiladi va onalar haqida she’rlar so‘raladi.
Ona so‘zi jaranglar
Har yurakda, har tilda.
Ona mehri dunyoni
S
IPT
aqlab turar bir xilda.
336-mashq ”Ko‘rsatish diktanti” orqali bajartiriladi.
2, 4, 7, 8, 9, 20, 30, 40, 50, 60, 1000, 1000000 raqamlari yozilgan tarqatmani doskaga qo‘yib, harfiy ifodalar bilan yozishni o‘quvchilarga aytadi. O‘quvchilarning ishlari ko‘rib chiqiladi va sonlarni otlar bilan qo‘llab birikma tuzib yozish topshirig‘ini beradi.
Namuna:ikki o‘quvchi, ...
2 -topshiriq.
Multimedia ilovasi asosida son –so‘z turkumini takrorlash maqsadida o‘quvchilardan kichik test olinadi. Test javobi ekran orqali tekshiriladi.
1. Qaysi javobda tartib son berilgan?
A) Ukam 2-sinfni tamomlaydi. B) Bu o‘yinda 4 kishi qatnashgan.
D) Mening 12 ta tuvakda gulim bor E) Tovuq yetti xazinaning biri.
2. Qaysi javobdagi maqolda nuqtalar o‘rniga yetti so‘zi qo‘yiladi.
A) Bir yigitga … hunar oz.
B) … marta eshitgangandan bir marta ko‘rgan yaxshi.
D) Oyning … qorong‘u bo‘lsa, … yorug‘.
E) … o‘lchab, bir kes
3. Qaysi javobda tartib son to‘g‘ri yozilgan?
A) 2003 yil B) IV-sinf D) 8- mart E) XXI-asr
4. Qaysi sonlar ertaklarda ko‘p qo‘llaniladi?
A) uch, yetti, qirq B) uch, yetti, qirq, yuz
D) uch, besh, yetti, qirq E) uch, yetti, qirq, to‘qqiz
|
Do'stlaringiz bilan baham: |