5. Qaysi javobda nuqtalar o‘rniga tartib son qo‘yiladi?
A) Sinfimizda … parta, … stol va …stul bor.
B) Sinfimizning burchagida … kitob javoni bor.
D) Biz …sinfda o‘qiymiz.
E) Har partada … bola o‘tiradi.
V.Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar izohlab baholanadi va rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
337-mashq shartiga ko‘ra bajarib kelish topshirig‘i beriladi..
117-dars.
Nazorat ishi.
118-dars.
Darsning mavzusi: Kishilik olmoshlari haqida ma’lumot. (341-343-mashqlar)
ta’limiy: o‘quvchilarga kishilik olmoshlari va ularning imlosi haqida ma’lumot berish; FK1: men, sen, biz, siz,u, ular olmoshlarini qo‘llab mazmunli gaplar tuza oladi;
tarbiyaviy: sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish; TK3: kun tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stiris;
FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, guruhlarda ishlash,”Bilimdon”, “ Ha va yo‘q” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
I
IPT
I. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa aniqlanadi, tekshirib chiqiladi.O‘quvchilarning son -so‘z turkumi bo‘yicha olgan bilimlarini “Bilimdon” ta’limiy o‘yini orqali tekshiriladi. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi va nomlanadi. Sirli qutichadan guruh sardorlari savollar oladilar. Guruhlar birgalikda savollarni o‘qiydilar, taqdimot qiladilar. Savollarga to‘g‘ri javob bergan guruh g‘olib hisoblanadi va “Bilimdon” nominatsiyasi bilan rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |