Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet198/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

tarbiyaviy: o‘quvchilarda kattalarga hurmat, o‘zaro yordam berish tuyg`ularini tarbiyalash; TK3 kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.
rivojlantiruvchi: so‘z boyligini oshirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, kichik guruhlarda ishlash,“Kim ko‘p maqol biladi?” “Do‘konda” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi,mavzuga mos rasmlar, raqamlar yozilgan tarqatmalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
H usnixat daqiqasi:
Katta-kichik besh o‘rtoq,
To‘plansa bo‘lar to‘qmoq. (Barmoqlar)
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifasini tekshirish. 322-mashqning sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi.
Mashqning bajarilish tartibi o‘qituvchi tomonidan tekshirib chiqiladi.
Son-so‘z turkumini mustahkamlash maqsadida savol-javob daqiqasi o‘tkaziladi va umumlashtiriladi.
-Sonlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
-Sonlar gapda qanday vazifani bajaradi?
-Sonlar necha xil ifodalanadi?
-Qanday raqamlar dastlab paydo bo‘lgan?
-Arab raqamlari rim raqamlardan nimasiga ko‘ra afzaldir?
III.Yangi mavzu bayoni.
3
IPT
23-mashq asosida o‘qituvchi yangi mavzuni o‘quvchilarga tushuntiradi.

O‘qituvchi o‘quvchilarni 4 guruhga bo‘ladi va maqollar yozilgan tarqatmani stol ustiga teskari qo‘yadi. Guruh sardorlari bittadan tarqatmani olib, maqolning ma’nosini sharhlab beradi. Guruhdagi o‘quvchilar sardorga yordam berishlari mumkin.
1-guruh: So‘zdan so‘zning farqi bor, 32 narxi bor.
2-guruh: 1 yil tut ekkan kishi 100 yil gavhar teradi.
3-guruh: Tovuq 7 xazinaning biri.
4-guruh: yeridan ayrilgan 7 yil yig‘lar, elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.
Maqolni eng yaxshi sharhlab bergan guruh g‘olib hisoblanadi va taqdirlanadi.
O‘quvchilar maqollarni ko‘chirib yozadilar. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozadilar. Maqolda uchragan sonlarga savollar beriladi, bu sonlar sanoq son ekanligi tushuntiriladi.( Necha yil? 1 yil, 100 yil,


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling