2 -topshiriq.
321-mashqni o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘yin orqali tushuntiradi.O‘quvchilar sonlarni o‘qiydilar va ifodalanishiga ko‘ra guruhlarga ajratadilar. Ikkinchi sinf, 8-mart, IV sinf, 2017-yil, 31-avgust, XXI asr, beshinchi uy, 1991-yil, XII sessiya,
Harfiy ifoda Ikkinchi sinf beshinchi uy
Rim raqami
IV sinf
XXI asr
XII sessiya
Arab raqami
8-mart
2017-yil
31-avgust
1991-yil
321-mashqning bajarilishini o‘qituvchi tushuntirib beradi. Tennischi Iroda To‘laganovaning sport ishlarida ko‘rsatgan xizmatlari haqida kichik suhbat uyushtiriladi.
Matn ko‘chirib yoziladi, sonlar harfiy ifoda bilan yozib, tagiga chiziladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun o’z-o’zini baholash usulida «Besh qadam»deb nomlangan test topshiriqlarini bajariladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga test tarqatadi. O‘quvchilar testni mustaqil bajaradilar.
1. Berilgan maqoldan sonlarni toping.
Yetti o’lchab, bir kes.
A) Kes. B) Yetti, bir. D) O‘lchab, kes.
2.Son qaysi so‘z turkumiga bog‘lanib keladi?
A) Ot B)Sifat D) Fe’l
3.Son qanday so‘roqga javob bo‘ladi?
A) Kim? Nima?
B) Nima qildi? Nima qilyapti?
D) Nechta? Qancha?
4.Son yozuvda necha xil ifodalanadi?
A)1 B) 3 D) 2
5.Son qatnashgan maqolni toping?
A) Sanamay sakkiz dema.
B) Odobli bola elga manzur.
D) Kitob bilim bulog‘i,
O‘quvchining o‘rtog‘i.
O‘quvchilar test javobini ekran orqali tekshiradilar va o‘z-o‘zini baholaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |