Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, savol-javob, «Aqliy hujum»,“Ha” va “Yo‘q” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: komyuter, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar, test. rag’bat kartochkalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan she’riy salomlashadi.
O‘qituvchi:
-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,
Latofatga boylarim, ham sho‘xi quvnoqlarim.
Tinglab mening so‘zlarim,olgansiz saboqlarim,
O‘ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.
-Hozir ona tili darsi.
O‘quvchilar:
Ona tilim-jon-u dilim,
Sening bilan biyron tilim.
Navbatchi axboroti tinglanadi. Darsning “Oltin qoidasi” yodga olinadi.
O‘qituvchi:-Aziz o‘quvchilar! Darsimiz yanada qiziqarli bo‘lishi uchun guruhlarga bo‘linib olamiz Darsimiz erkin holatda xayolan sirli tarzda o‘tadi. Endi esa uch guruhga bo‘linamiz.Guruhlar ishi dars jarayonida baholanib boriladi.
1-guruh:«Zukkolar»
Zukkolar deb atadik,
Ahil guruhimizni.
Ollohim baland qilsin.
Nomus,g‘ururimizni.
2-guruh:«Bilimdonlar»
Bo‘laylik muruvvatli,
Bilimdon,og‘il-qizlar.
Atadik,bilimdon deb,
Guruhimizni bizlar.
3-guruh:«Topqirlar»
Topqirlar deb atadik,
Inoq guruhimizni.
Ilohim issiq qilsin,
Bizlarning yuzimizni.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa 319-mashq o‘quvchilarga o‘qitiladi. O‘qituvchi mashqning bajarilishini tekshirib chiqadi. Vazifani to‘g‘ri, husnixat bilan bajargan o‘quvchi rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantiriladi.
Husnixat daqiqasi o‘tkaziladi. O‘qituvchi ekranda Husnixat bilan yozilgan gapni o‘quvchilarga o‘qitadi. Yozilishini doskada ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |