Dars turi: bilim, ko‘nikma, malakalarni takrorlash,mustahkamlash darsi.
Dars metodi: savol- javob, ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
I I. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Husnixat daqiqasi:
Siz noma’qul so‘zni so‘zlamang.
III.Mustahkamlash.
“ Beshinchisi ortiqcha” metodi orqali so‘z turkumlari mustahkamlanadi.Berilgan so‘z turkumlaridan qatordagi bitta ortiqchasini, topiladi doskaga so‘zlar yozilgan plakat ilinadi. O‘quvchilar esa ularni o‘qib, ortiqchasini topadi:
|
Mushuk, surat, oyoq, qora, balet.
Ko‘k, yashil, choynak, baland, pakana.
Tebrandi, sakradi, bordi, o‘ttiz, yurdi.
Oltmish, yam-yashil, to‘rt, olti, qirq.
Nima sababdan bu so‘zlar bu qatorda ortiqchaligini izohlaydilar .
450-mashq matni o‘qiladi. Gaplarning maqsadga ko‘ra turi aytiladi.
Mashq ko‘chiriladi. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozish vazifasi beriladi..
Fe’llarni topib, tagiga chiziladi.
1. Qirqoyoqning ayrim turlarida 270 juft oyoqlari ham uchraydi. ( Darak gap)
2. Soz chivinning tishi nechtaligini bilasizmi? ( so‘roq gap) Uning roppr-rosa 22ta tishi bor. ( Darak gap)
3. Soz doim tabiatni muhofaza qiling uni iflos qilmang. ( Buyruq gap)
1 -topshiriq(trenajyor mashq)450-mashq. Gaplar bittadan chiqadi topshiriq bajarilgach barchasi paydo bo‘ladi.
|
O‘quvchilarni darsga qiziqtirish maqsadida Grammatik topishmoqlar beriladi.
1. Alfavitni bildiruvchi qanday so‘z 6 harfdan iborat? (Alifbo).
2. Qanday so`zning boshi bor?( bebosh, oqbosh, ishboshi, onaboshi, mingboshi, yurtboshi, boshliq, boshlov, boshla, boshqa, to‘yboshi, so‘zboshi.)
3. Nima ikki so‘z bilan aytilib, bitta yoziladi? (tutuq belgisi).
4. Aytilmay yoziladi, yozmasa buziladi (T harfi).
5. Talaffuzda tutmaymiz, imloda unutmaymiz. (T harfi, to‘rt, musht, go‘sht v.h.).
6. A - harflar boshpanasi, unlilarning onasi, undoshlarning bobosi (Alifbo)
451-mashq matnni o‘qitiladi. Abu Rayhon Beruniy ilm olishni va til o‘rganishni qachon boshlagan ekan? degan savol bilan shart bajartiriladi.
Fe’llarni kishilik olmoshlari bilan birga ko‘chiriladi, ularning tagiga tegishlicha chizdiriladi. Matnni III shaxs tilida qayta hikoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |