1 -topshiriq.444-mashq. Ekranda bitta topishmoq matni namoyish etiladi.Parda yopilgach o‘quvchilar topishmoqni yoddan yozadilar.
Otlarning gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelganini aytadilar.
2-topshiriq.
D arslik bilan ishlash.445-mashq matni bilan o‘quvchilar tanishtiriladi.Gapdagi otlarni aniqlab, kelishik va egalik qo‘shimchalarini,ya’ni qizil rangdagilar egalik qo‘shimchalari ( yarim burchak),yashil rangdagilar kelishik qo‘shimchalari ( yarim to‘rtburchak) shaklida belgilaydilar.
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Y
IPT
angi mavzuni mustahkamlashda son –so‘z turkumi qatnashgan gap tuzdiriladi va o‘quvchilar sonlarni tahlil qiladilar.
Namuna:Men to‘rtinchi sinfda o‘qiyman.
Sonni tahlil qilish tartibi: 1. So‘rog‘i, turkumi. 2. Ma’no turi. 3. Asos va qo‘shimchasi. 4. Qaysi so‘zga bog‘langan. 5. Nima vositasida bog‘langan. 6. Gapdagi vazifasi.
Namuna: to‘rtinchi- nechanchi?, son, tartib son, to‘rt-asos, -inchi-tartib sonning qo‘shimchasi, sinf so‘ziga (otga) ohang yordamida bog‘langan, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi, rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa..
446-mashq. O‘quvchilar uyda 4-sinf “O‘qish kitobi”dan ikkita gap tanlab yozib va
otlarga qo‘shilgan qo‘shimchalarni, gapdagi vazifasini tegishlicha belgilaydilar.
163-dars
Darsning mavzusi: So‘z turkumlari. (447-449-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning so‘z turkumlari yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;so‘roqlar yordamida, so‘z ma’nolari asosida turkumlarga ajratish malakalarini rivojlantirish;so’z turkumlaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish; FK1: mashq matnidagi so‘zlarni, turli matn va topshiriqlarni gap ohangiga rioya qilgan holda to‘liq, to‘g‘ri, ravon va tushunarli qilib o‘qiy olishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |