H usnixat daqiqa:
Vataning tinch – sen tinch.
128-mashq. O‘quvchilar so‘z yasovchi qo‘shimcha olgan so‘zlarni va asosdosh so‘zlarni aytib, tahlil qilib beradilar.
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
129-mashq. O‘qituvchi matnni o‘qiydi.
Matn kimni qalamiga mansub? (Matn P. Qodirovning asaridan olingan.)
Uning qanday asarlarini eshitgansiz?
Matnda kimlar suhbatlashayotgani ifodalangan?
Matnda nechta gap bor?
Gaplar oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yilgan?
Matnda maqsadga ko‘ra qanday gaplar ishtirok etgan?
Humoyundan so‘zi qaysi so‘zga bog‘langanini so‘roq yordamida aniqlang.
Humoyunning javobini o‘qing.
O‘quvchilar shu tarzda so‘zlarning bog‘langanini so‘roq orqali topgach, so‘zlar nimalar yordamida bog‘langani yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1 -topshiriq.
129-mashq. Uchta ajratilgan so‘zli gap bittadan ekranda namoyish etiladi. O‘quvchilar o‘qib, chizmaga ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi so‘zga bog‘langanini joylab ko‘rsatadilar.
|
130-mashq. O‘quvchilar topishmoqni o‘qiydilar, javobini topadilar.
Birinchi topishmoqning ega kesimini aniqlang.
Ajratilgan so‘zlarni o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan ko‘chiring.
So‘zlarni bir-biriga bog‘lagan qo‘shimchalarni tegishlicha belgilang.
2 -topshiriq.
O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalarning mosini qo‘yib, topishmoqlarning javobini topadilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |