Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet93/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

2 -topshiriq
165-mashq. Ekranda matn beriladi. Nuqtalar o‘rniga egalik qo‘shimchalarining mosini qo‘yishlari uchun o‘quvchilar matn ostidagi qo‘shimchalardan foydalanadilar.
Nuqtalar o‘rniga zarur egalik qo‘shimchalarini qo‘yiladi.
Otlarning qaysi shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanganini ayting. Jahon, al-Xorazmiy, jism, yulduz so‘zlarining yozilishini yodda tutish uqtiriladi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Quyidagi savollar beriladi mavzu mustahkamlanadi.
- Darsda nimalarni o‘rgandik?
-Egalik qo‘shimchasi deb nimaga aytiladi?
-Kishilarga atab qo‘yilgan nomlar qanday yoziladi?
-Shahar, qishloq, daryo kabi joy nomlari qanday yoziladi?
-Otlar qanday egalik qo‘shimchalari oladi?
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
166-mashq matnni o ‘qing. Egalik qo‘shimchalarining shaxs-sonini ayting.
Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni ko‘chiring, ularning asos va qo‘shimchalarini belgilang. Otlardagi egalik qo‘shimchalarining shaxs-sonini qavsda ko‘rsating.
Kim odobli ekanini siz ayta olasizmi?

61

Darsning mavzusi. Egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan so‘ng qo‘llanilishi. (167-169-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo‘lishi haqida nazariy tushuncha berish orqali egalik qo‘shimchalaridan og‘zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish;
FK 1: otning egalik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni odob-axloqqa ,o‘zgalarni hurmat qilishga o‘rgatish: TK 5: maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling