2 -topshiriq.
Ekranda jadval beriladi. O‘quvchilar so‘zlarga tegishli
qo‘shimchalarni qo‘yishlari lozim. Jadvaldagi 2 so‘zga qo‘shimchalar qo‘yib bo‘lingach, shu jadvalda boshqa so‘zlar topshiriq sifatida chiqadi.
Jadvalni to‘ldiriladi
Darslikdagi 162- mashqdagi hikoya o‘quvchilarga o‘qitiladi .Hikoya kim haqida ekanligiso‘raladi.Matnni ko‘chirish vazifasi beriladi. Otlarni aniqlab, tagiga chizib, egalik qo‘shimchalarini tegishlicha belgilash aytiladi.
Mehmon, a’zo, maslahat so‘zlarining yozilishini yodda tutish lozimligi uqtiriladi.
O‘quvchilarga dugona va do‘stlaringizga tug‘ilgan kunlariga nimalar sovg‘a qilishingiz mumkin ? deb savollar beriladi.
„ Kim chaqqon“ ta’limiy o‘yin. Doskaga ko‘rgazma osiladi, o‘quvchilar harflarga mos so‘zlarni topib , jadvalni to‘ldirishadi va unga egalik qo‘shimchalarini og‘zaki qo‘yib jadvalni to‘g‘ri to‘ldirgan va qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘ygan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
|
Namuna: M-mashinam , mashinang , mashinasi.
M
|
-mashina
|
S
|
-malina
|
B
|
-baliq
|
E
|
-etik
|
A
|
-asal
|
A
|
-atir
|
H
|
-handalak
|
N
|
-novvot
|
Y
|
-yelim
|
M
|
-marvarid
|
D
|
-dutor
|
R
|
-ruchka
|
O
|
-olma
|
I
|
-ishxona
|
A
|
-atlas
|
N
|
-nihol
|
Q
|
-qalam
|
M
|
-maymun
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
- Darsda nimalarni o‘rgandik?
Otlarga qo‘shiladigan -im, -m, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -lari, qo‘shimchalari egalik qo‘shimchalaridir.
Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan otning qaysi shaxsga (I shaxs, II shaxs, III shaxs) qarashli ekanini ko‘rsatadi.
Masalan, dugonam, dugonamiz otidagi -m, -miz qo‘shimchalari shu otning I shaxs (men, biz)ga qarashli ekanini bildiradi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa .
163- mashq tushuntirib beriladi . 4-sinf o‘qish kitobidagi maqollar mavzusidan Vatan haqidagi uch-to‘rtta maqolni ko‘chiring . Egalik qo‘shimchalarni belgilang.
|