Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevish, tabiat ne’matlaridan zavqlanish ruhida tarbiyalash; TK3


Download 2.28 Mb.
bet86/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevish, tabiat ne’matlaridan zavqlanish ruhida tarbiyalash; TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni lug‘at boyligini oshirish;
TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;
FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olish, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. Yangi mavzu bayoni.

H usnixat daqiqa:
Husn husn emas, odob husn.

Rasm diktant. O‘quv qurollari tasvirlangan rasmlar (kitob, parta, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, qalam) doskaga ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar rasmga qarab so‘zlarni yozadilar. Yozganlarini lug‘atchadan tekshiradilar.

  • So‘zlar birgalikda nimani bildiradi?

  • O‘quv qurolaridan kimlar foydalanadi?

  • Kitob sizga tegishli ekanini qanday bildirasiz?

  • Kitobim so‘zidagi –im qo‘shimchasini olib tashlasak, ma’no o‘zgaradimi?

  • Demak, -im qo‘shimchasi qanday ma’noni anglatadi?

  • Kitobing deyilsa-chi?

Demak, bu qo‘shimchalar kitobning kimga tegishligini anglatadi.
O‘zbek tilida 3 ta shaxs bor. I shaxs – so‘zlovchi, II shaxs – tinglovchi, III shaxs – o‘zga. Egalik qo‘shimalari kitob 3 shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradi.
-im, -ing, -i qo‘shimchalari egalik qo‘shimchalari deyiladi. Egalik qo‘shimchalari otlarga qo‘shiladi va shaxs, narsa-buyumlarning qaysi shaxslarga qarashliligani bildiradi.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling