2 -topshiriq.
Saylanma diktant matni o‘qib eshittiriladi. Ovozni qayta eshitish imkoni bo‘lishi kerak. O‘quvchilar yozganlarini tekshirish uchun maxsus tugma orqali doska pardasi ochilib, yozishlari lozim bo‘lgan so‘zlar ekranda ko‘rinishi lozim.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda o‘tilganlarni umumlashtirish va mustahkamlashda quyidagi savollardan foydalaniladi:
Darsda nima haqidagi hikoyatni o‘qidik?
Nikoyatlar bizni nima qilishiga undaydi?
Xalqimizda yana nimalar non kabi muqaddas hisoblanadi?
Yurtimiz nimalari bilan, qanday insonlar bilan mashhur bo‘lgan?
Otlar narsalarning nimasini bildiradi?
Ot so‘z turkumidagi so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
Qanday so‘zlarni bosh harf bilan yozamiz?
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa .
148-mashq sharti tushuntiriladi.
54
Darsning mavzusi: Ot – so‘z turkumi. (149-152- mashqlari)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning otlarning ma’nosiga ko‘ra turlari, birlik va ko‘plikdagi otlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash;
FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalash, so‘z turkumlarini farqlash, ot so‘z turkumini, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishini bilish; nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay olish,
tarbiyaviy: o‘quvchilarni xalqimiz o‘tmishiga, ajdodlarimiz yaratgan merosga hurmat ruhida tarbiyalash; TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK6: kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |