tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni lug‘at boyligini oshirish; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olish, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqa:
O‘ychi o‘yiga еtguncha,
Tavakkalchi borib kelar.
|
Uy vazifasi 152-mashq yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
She’r nima haqida yozilgan?
She’r necha misradan iborat?
She’rda nechta gap bor?
She’r mazmuniga ko‘ra qanday gaplardan tuzilgan?
She’rda ma’nosiga ko‘ra qanday otlar bor?
“ Kim topqir?” ta’limiy o‘yin. Quvlashmachoq, bekinmachoq, sakrog‘ich kabi so‘zlari 3 qatorga kichik guruhlar uchun bittadan beriladi. O‘quvchilar shu so‘zdan so‘zlar tuzishlari kerak. Topgan so‘zlariga so‘roq berib, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlaydilar.
|
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
153-mashq matnini o‘quvchilar o‘qiydilar. Ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni o‘qituvchi izohlaydi.
Lug‘at ishi. Munavvar – nurli, yorug‘; tafti – harorati.
Matndan nimalarni bilib oldingiz?
Quyosh, Yer nimalar ekan?
Yerdagi hayot nimaga bog‘liq?
O‘simliklarning o‘sishi, odamlarning hayot kechirishi nima sababli ekan?
Matndagi otlarni so‘roq yordamida aniqlang.
Qaysi otlar –lar qo‘shimchasini olgan?
Quyosh, Yer so‘zlarini ko‘plikda yozish mumkinmi? Nima uchun?
Bu so‘zlar nima uchun bosh harf bilan yozilgan?
O‘quvchilar birlik va ko‘plikdagi otlarni ajratib yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |