Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap
Download 2.28 Mb.
|
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- So‘z tuz” ta’limiy o‘yin.
- III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
- IV. Darsga yakun yasash va baholash.
- V. Uyga vazifa . Uyga 152-mashq beriladi. 55
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni lug‘at boyligini oshirish;
TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olish, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish. Dars turi: mustahkamlovchi dars. Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi. Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa sharti asosida tekshiriladi.
Yozgan so‘zlaringizga so‘roq bering. So‘zlarni bir so‘z bilan atash mumkinmi? So‘zlarni ko‘plik shaklida o‘qing. Shu so‘zlarni qatnashtirib, bitta gap tuzing. Gaplarning bosh bo‘laklarini topib, tegishlicha chizing. III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. 149-mashq matnini o‘quvchilar o‘qiydilar. Yozilishi qiyin so‘zlar aniqlanadi. So‘zlarni og‘zaki ravishda tovush-harf tomonidan tahlil qiladilar. Matndagi otlarni so‘roqlar yordamida aniqlang. Matndagi otlarni ma’nosiga ko‘ra necha guruhga ajratish mumkin?
150-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar. Yozuvda xatoga yo‘l qo‘yadigan so‘zlarni aniqlaydilar. Matn kim haqida ekan? Mahmudjon qayerga bordi? Uni ammasi nima bilan mehmon qildi? Nima uchun Mahmudjonning uyqusi kelmadi? Mahmudjon to‘g‘ri ish qildimi? Matndan shaxs otlarini so‘roq yordamida toping. Narsa otlarini ham topib, ustun qilib yozing. O‘quvchilar shaxs, narsa, joy nomlarini 3 guruhga ajratib ustun shaklida mustaqil yozadilar.
151-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qib, sarlavha qo‘yadilar. Matn nima haqida ekan? Matnda ma’nosiga ko‘ra qanday otlar berilgan? Qushlar nomini bildirgan otlar soniga ko‘ra qannday otlar? Amudaryo so‘zi ko‘plikda qo‘llanishi mumkinmi? Yana qanday otlarga –lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi? IV. Darsga yakun yasash va baholash. Darsda nimalar ustida ishladik? Mashqni bajarish jarayonida qaysi so‘z turkumi haqida fikr yuritdik. Birlikdagi otlarni qanday qilib ko‘plik shakliga o‘zgartirish mumkin. -lar qo‘shimchasini hamma otlarga ham qo‘shishi mumkinmi? O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‘batlantiriladi. V. Uyga vazifa . Uyga 152-mashq beriladi. 55 Darsning mavzusi: Ot – so‘z turkumi yuzasidan takrorlash (153-155 mashqlari) Darsning maqsadi: ta’limiy: o‘quvchilarning otlarning ma’nosiga ko‘ra turlari, birlik va ko‘plikdagi otlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalash, so‘z turkumlarini farqlash, ot so‘z turkumini, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishini bilish; nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay olish, Download 2.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling