Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet81/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

III. Yangi mavzuning bayoni.

  • Yuqorida tuzilgan birinchi gapdagi otlarga so‘roq bering.

  • Gapda qanday bo‘lak vazifasida kelgan?

  • Gapning kesimini toping.

  • Gapda yana qanday ot so‘z turkumidagi so‘z bor? Ular gapda qanday bo‘lak vazifasini bajaryapti?

  • Kim7, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning nomini bildirgan so‘zlar ot so‘z turkumi deyiladi. Otlar gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

Darslik bilan ishlash.
146-mashq matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.

  • Hikoyat kim va nima haqida ekan?

  • Sulton Ulug‘bek kim bo‘lgan?

  • U qayerdan kelayotgan ekan?

  • Ulug‘bek ko‘cha o‘rtasida nimani ko‘ribdi?

  • U nonni ko‘rgach, nima qilibdi?

  • Qissadan qanday hissa chiqibdi?

  • Siz yana qanday hissa chiqarasiz?

Matndagi otlarni ko‘chirib, gapdagi vazifasini aniqlaydilar.


1 -topshiriq.
146-mashq. Ekranda mashq matni namoyish etiladi. Matn ostida shaxs, narsa va joy nomlarini bildirgan so‘zlarni ajratish uchun maxsus joy beriladi. Otlar ajratilgach, matn ostida bir, ikki va to‘lqinli chiziq paydo bo‘ladi va ajratilgan otlar gapda qanday vazifa bajarishiga ko‘ra tegishli chiziqlar bilan belgilanishi lozim.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
147-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar. Matn yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

  • Matn nima haqida ekan?

  • Matn kimning nutqidan olingan?

  • O‘zbekistonning qaysi shaharlari qadimdan mashhur bo‘lgan?

  • Bu shaharlar qanday yurtlar bilan aloqada bo‘lgan?

  • Yurtimizda yashab, o‘z yurtlarini jahonga tanitgan qanday insonlarni bilasiz?

  • Matnda nechta gap bor?

  • Gaplar mazmuniga qanday maqsadni ifodalagan?

  • Matndagi bosh harf bilan yozilgan so‘zlarni yozing.

  • So‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? Ularni qaysi so‘z turkumiga kirishini ayting.

  • Nima uchun bu otlar bosh harf bilan yozilgan?


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling