Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet79/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

2 -topshiriq. Test
1 . Shoir 38 yoshida og‘r kasallikdan vafot etdi ?
Ushbu gapda qaysi turkumdagi so‘zlar qatnashgan ?
A ) ot , son , fe’l B ) ot , son , fe’l , sifat
C ) ot , sifat , fe’l D ) ot , fe’l
2 . Qaysi javobda faqat sifat turkumiga mansub so‘zlar qatnashgan?
A ) sovuq , dehqon B ) giyoh , qiziqarli
C ) еtti , ergashyapti D ) uchqur , ziyrak
3. Donamiz bor qip- qizil
Ham nordon-u, ham shirin.
Ushbu she’rda qaysi turkumdagi so‘z yo‘q?
A)son, fe’l B ) ot, sifat, fel C ) ot, sifat D ) fe’l
4. Shoir quvnoq she’rlari, qo‘shiqlari bilan har bir bolaga o‘rtoq edi.
Ushbu gapda ot turkumiga mansub nechta so‘z qo‘llangan?
A ) 3 B ) 4 C ) 5 D ) 6
5. Qaysi javobda son va ot turkumidagi so‘zlardan tuzilgan gap bor?
A ) Og‘zing bitta, qulog‘ing ikkita
B ) Sanamay sakkiz dema
C ) Birni kessang, o‘nni ek
D ) Uch karra uch-to‘qqiz

IV. Darsga yakun yasash va baholash.

  • Narsaning miqdorini, tartibini bildirgan so‘zlar nima deyiladi?

  • Tartib sonlarni qaysi qo‘shimcha yordamida hosil qilamiz?

  • Noaniq miqdorni bildirish uchun sonlardan keyin qaday so‘zlar qo‘yiladi?

  • Sifatlar narsaning nimasini bildiradi?

  • Matndan belgi, miqdor bildiradigan so‘zlar tushib qolsa, gap mazmunida qanday o‘zgarish bo‘ladi?

  • So‘z turkumlari nimalariga ko‘ra farqlanadi?

O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
145-mashq. Uyga “Gulxan” jurnalidan qiziqarli matn topib yozish, ot, sifat, fe’l va sonlarni aniqlab, belgilash topshiriladi.


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling