H usnixat daqiqa:
Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla.
Uyga berilgan 139-mashq yuzasidan suhbat.
Matn nima haqida ekan?
Matnda nechta gap bor?
Matnda maqsadga ko‘ra qanday gaplar bor?
Lug‘at diktant.
Tikuvchi, tejamkor, beshov, chizdi, hassa, elliginchi, faxrlandi,chaqqon. Shu so‘zlarning qaysi turkumga kirishini aniqlab, ustiga yozish qo‘shimcha topshiriq qilib beriladi.
III. Mustahkamlash
Darslik bilan ishlash.
140-mashq mustaqil ish sifatida beriladi. O‘quvchilar ajratilgan so‘zlarni daftarlariga ko‘chiradilar. Bu so‘zlar nima uchun bosh harf bilan yozilganini izohlaydilar va shaxs nomlari, respublika, shahar nomlari bosh harf bilan yoziladi, degan xulosa chiqariladi.
1 -topshiriq.
140-mashqdagi she’r matnidan o‘quvchilar shaxs va narsalarga atab qo‘yilgan nomlarni topsalar, matndagi shu so‘zlar rangi to‘qaradi. She’r matnidan shaxs, narsa va joylarga atab qo‘yilgan nomlarni topadilar.
|
2 -topshiriq.
141-mashqda o‘quvchilar chiziqlar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yishlari lozim. Ularning qaysi turkumga kirishini aytadilar.
|
141-mashq jamoa bo‘lib bajariladi. O‘qituvchi 1-gapni namuna sifatida yozib ko‘rsatadi. Qolgan gaplarni har qatordan bittadan o‘quvchi doskaga yozib, qolgan o‘quvchilar daftarlarida bajaradilar. O‘quvchilar chiziqcha o‘rniga qo‘yilayotgan so‘zning qaysi turkumga tegishliligini, so‘roqlarini, ma’nosini izohlaydi.
“ O‘rnini top” ta’limiy o‘yin. Doskaga 3 ta qator uchun so‘z turkumlari nomi yozilgan ko‘rgazma ilinadi. Qatorlar uchun turli so‘z turkumiga oid so‘zlar yozilgan katrochkalar beriladi. Qaysi qator so‘zlarni turkumlar to‘g‘ri va birinchi joylasa, shu guruh o‘quvchilari g‘olib bo‘ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |