III. Mustahkamlash
Darslik bilan ishlash
136-mashqdagi „Ona tilim“ she’ri o’qib eshittiriladi. She’r matni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
She’r nima haqida ekan?
She’rda nima uchun bulbul bilan to‘ti taqqoslangan?
Siz ona tilingizni sevasizmi?
O‘qituvchi suhbatni yakunlab, “O‘zbek tili davlat tili” ekanligini eslatib, o‘zbek tilini yanada yaxshi o‘rganishga da’vat qiladi.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq bering va qaysi turkumga kirishini ayting.
O‘quvchilarning javoblari eshitilgach, quyi sinflarda o‘rganishgan so‘z turkumlarini eslash so‘raladi.
O‘qituvchi bugun “So‘z turkumlari”ni takrorlashni e’lon qiladi.
Zafar Diyor 1912-yilda Chust tumanining Samsoqtepa qishlog‘ida tug‘ildi.
137-mashq sharti va matnini o‘quvchilar mustaqil o‘qiydilar.
Matn sizga kim haqida ma’lumot berdi?
Zafar Diyorning qaysi she’rlarini yod ayta olasiz?
Matnda nechta gap borligini aniqlang.
Shu gapdagi har bir so‘zning qaysi turkumga kirishini ayting.
So‘zlar nimalar asosida turkumlarga ajratiladi?
Darslikdagi 138-mashq mustaqil ish qilib beriladi. Bu mashqda o‘quvchilar so‘zlarga so‘roq berib, turkumlarga ajratadilar va jadvalga joylashtiradilar.
2 -topshiriq.
138-mashqdagi so‘zlar ekranda namoyish etiladi. O‘quvchilar so‘zlarni so‘roqlariga ko‘ra jadvalga joylashlari lozim.
|
kim?
nima?
|
qanday?
qanaqa?
|
necha?
nechanchi?
|
nima qilibdi?
nima qilyapti?
nima qilmoqchi?
|
giyoh
pahlavon
hammom
qovun
dehqon
uchuvchi
kitobxon
|
quyuq
sovuq
issiq
ziyrak
|
to‘rtinchi
to‘qqiz
yetti
|
ergashyapti
chanqabdi
pishibdi
sug‘ormoqchi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |