tarbiyaviy: mashqda berilgan maqollar orqali o‘quvchilarda do‘stlik, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik fazilatlarini shakllantirish:
TK3 : o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi bilan so‘z asosidagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
FK2:o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi.
TK 2:darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod , ta’limiy o‘yinlar.
Darsning jihozlari: tarqatma materiallar, jadvallar, rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Inson aqli – olmos.
|
178- mashq orqali o‘quvchilar otlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi k tovushining g tovushiga, q tovushining g‘tovushiga almashinishini bilib oladilar. So‘zning egalik qo‘shimchasini olmagan holati bilan egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan holatni kuzatadilar, ularni talaffuz qiladilar
Koptok, baliq, maktab, choynak, qo‘shiq, ona, zirak, o‘rik, tariq, iqtisod.
Savol-javob o‘tkaziladi:
• Egalik qo‘shimchalarini aytib bering.
• Egalik qo‘shimchalari qaysi so‘z turkumiga qo‘shiladi?
• Egalik qo‘shimchalari qanday shaklda qo‘llaniladi?
• So‘z turkumlarini sanab bering.
III. Yangi mavzu bayoni
179-mashq O‘rtoq,buloq, so‘roq, bog‘‚ tog‘‚ so‘zlariga II shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchalarini qo‘yib , o‘qing va yozing.
O‘rtoq
|
O‘rtog‘ing
|
buloq
|
buloging
|
so‘roq
|
so‘rog‘ing
|
bog‘
|
bog‘ing
|
bog‘
|
bog‘ing
|
So‘z asosida qanday tovush o‘zgarishi yuz berishini aytiriladi. O‘quvchilar otlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi k tovushining g tovushiga, q tovushining g‘tovushiga almashinishini bilib oladilar. So‘zning egalik qo‘shimchasini olmagan holati bilan egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan holatni kuzatadilar, ularni talaffuz qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |