1 -topshiriq
Ekranda she’r beriladi. O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga egalik qo‘shimchalarining mosini qo‘yishlari kerak. Qo‘yish uchun qo‘shimchalar she’r matni ostida bo‘ladi.
Nuqtalar o‘rniga egalik qo‘shimchalaridan mosini qo‘ying. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarning shaxs-sonini ayting.
2 -topshiriq
1 . Nechanchi shaxs so‘zlovchini ifodalaydi ?
A ) I shaxs B ) II shaxs C ) III shaxs D ) I va II shaxs
2 . Tinglovchi nechanchi shaxsni bildiradi ?
A ) I shaxs B ) II shaxs C ) III shaxs D ) I va II shaxs
3 . III shaxs kim yoki nimaga ishora qiladi ?
A ) so‘zlovchiga
B ) tinglovchiga
C ) so‘zlovchi va tinglovchiga
D ) o‘ziga , ya’ni nutq jarayonida qatnashmagan shaxs va narsalarga
4 . Gultojlarim bo‘lmali ,
Ildizlarim burmali .
O‘rtagina bo‘yim bor ,
Sog‘ bo‘l degan o‘yim bor .
Usbu she’riy parchada nechta egalik qo‘shimchasi qatnashgan ?
A ) 2 B ) 3 C ) 4 D ) 5
5.Qaysi javobda II shaxs ko‘plik sonni bildiruvchi egalik qo‘shimchalari berilgan ?
A ) -m , - im B ) –miz ,- imiz C ) – ng , - ing D ) - ngiz , - ingiz
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
180- mashqdagi rasm kuzatiladi.”Kitob do‘konida “ mavzusida suhbat uyushtiriladi.
-Qanday kitoblarni sevib o‘qiysiz?
-Qaysi yozuvchilar asarlarini bilasiz?
-Ota-onangiz yo‘ki do‘stlaringiz bilan o‘qigan asarlaringizni muhokama qilasizmi?
-Kitob do‘konida eng avval qanday kitobni sotib olgan bo‘lar edingiz?
O ‘qituvchi “Xat tashuvchi” ta’limiy o‘yini o’tkaziladi.
“Xat tashuvchi” o‘quvchi 4-5 kishilik guruhlarga taklifnomalar tarqatadi. Bolalar ularni qayerga taklif qilishganini aniqlaydilar:
|
M-n: Alisher Navoiy kutubxonasiga adabiy uchrashuvga sizni taklif etamiz . Shu so‘zlarga oid har biriga 5-6 tadan talaffuzi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar bitta harfi tushirilgan holda beriladi. O‘quvchilar o‘z taklifnomalariga mos so‘zlarni tushirib qoldirilgan harfini aniqlagan holda o‘qib berishlari lozim bo‘ladi.
|
181- mashqdagi she’r ifodali o‘qitiladi, husnixat tarzida ko‘chirish lozimligi ayttiriladi. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni aniqlab, shaxs-sonini aytiriladi. Qaysi so‘z asosida o‘zgarish bo‘lgani so‘raladi.
Yosh ko‘nglimda (l sh.)orzularim(l sh.) mo‘l ,
Quyosh erir yurak taftimga. (l sh.)
Men osmonga uzatganda qo‘l ,
Sayyoralar qo‘nar kaftimga. (l sh.) (Erkin Vohidov)
t aft — harorat
Do'stlaringiz bilan baham: |