IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzular yuzasidan savol – javob berib darsni mustahkamlanadi bosh kelishikdagi ot — kim?, kimlar?, nima?, nimalar?, qayer?, qayerlar? so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi, gapda ko‘pincha ega vazifasida keladi.
Ijodiy ish uchun topshiriq beriladi:Qish tasvirlanganrasm doskaga ilinadi , rasmdan olgan taassurotdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzish va matndan quyidagi so‘z va iboralardan foydalanish kerakligi aytiladi: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izg‘irin, fayz beradi, oq kiyimda.
Namuna: Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o‘raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Bu qishlog‘imizga fayz berib turardi.
“ Darvoza” ta’limiy oyini oynatiladi. Bu oʻyinda 2 nafar oʻquvchi qoʻllarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi.Ularning orqasida oʻquvchilar uchun tayyorlangan meva va sabzavotga tegishli rasmi yoki oʻyinchoq boʻladi.(M-n: anor,uzum, olma,shaftoli, nok ,baqlajon,sabzi)
Oʻqituvchi tomonidan oʻyin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi.
Soʻzlarni bo‘gʻinlarga toʻgʻri ajrata bilish , so‘rog‘ini to‘g‘ri qo‘yish, unga egalik qo‘shimchalari qo‘yib aytish topshirig‘i beriladi.
Ularga toʻgʻri javob bergan oʻquvchi darvozadan oʻtib,xohlagan mevani yo‘ki sabzavotni oladi va u qanday maza-ta’mga ega ekanini ham aytib oʻtadi.
|
O ‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test olinadi.
1. Asosdosh so‘zlarni toping.
A) gul, anor B) ishchi, ishla, ishli D) binokor, shifokor
2. So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchani toping.
A) –la, -illa, -chi B) –ni, -ning, -da, -ga D) –lar, -zor
3. Ot so‘z turkumi savolini ko‘rsating.
A) qanday? Qanaqa? B) Kim? Nima? D) nima qildi?
4. Birlikdagi egalik qo‘shimchalari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |