IV. Darsga yakun yasash va baholash
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘quvchilar baholanadi.
V. Uyga vazifa.
15- mashq. Matnni o‘qib unga sarlavha qo‘yish, matndagi gaplar maqsadga ko‘ra qanday gaplardan tuzilganligi qavs ichiga yozib kelish vazifasi beriladi
5
Darsning mavzusi: His –hayajon gaplar. (16-18-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘z fikrini aytish birligi sifatida gap haqidagi tasavvurni umumlashtirish, his-hayajon gaplarning ohangiga ko‘ra yozuvda tinish belgilarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlash, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda to‘g‘rililik, vijdonlilik hislatlarini tarbiyalash; TK2: axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: o‘z fikrini tinglovchilarga yetkaza olish, ifodali o‘qish va ohangdor qilib gapirish malakalarini takomillashtirish; FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |