4-dars
Darsning mavzusi: Gapning maqsadga ko‘ra turlari. (12-15-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarni gap tuzishga o‘rgatish orqali bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlash, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;
tarbiyaviy: tabiatni kuzatish, o‘rganish va asrashga o‘rgatish; TK2: axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: o‘z fikrini tinglovchilarga yetkaza olish, ifodali o‘qish va ohangdor qilib gapirish malakalarini takomillashtirish; FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash.
Dars metodi: savol-javob, ko‘rgazmalilik, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Mehnat va o‘qish – og‘a-ini.
|
Uyga berilgan 11-mashqda rasmga qarab gap tuzib kelish berilgan. O‘quvchilarning 3-4 nafaridan tuzib kelingan gaplar og‘zaki o‘qib tekshiriladi. So‘ng qiziqarli va mazmunli tuzilgan gap egalari rag‘batlantiriladi.
O‘qituvchining savollari:
Rasm asosida qaysi mavzuda hikoya tuzdingiz?
Siz oromgohda bo‘lganmisiz?
Siz gaplar tuzishda nimalardan foydalandingiz?
Siz tuzgan hikoya ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gaplardan tuzilgan?
Ular qanday mazmunni bildiryapti?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, gapning maqsadiga ko‘ra turlari haqidagi bilimlarini ham so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |