Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet7/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;
TK2: axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish; TK4:o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
rivojlantiruvchi: og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish;
FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, mustaqil ish metodi, “Diqqat bolalar” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, so‘zlar yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Ilm istasang, takror qil.

Uyga berilgan 8-mashq og‘zaki o‘qitish orqali tekshiriladi. Har bir misradan so‘ng qo‘yilgan tinish belgilar nima uchun qo‘yilgani, topishmoqda nechta gap borligi, nima uchun 5-gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yilgani so‘raladi.
‒ Topishmoqdagi Qunduz, tarvuz, chumchuq so‘zlarinig aytilishi va yozilishiga izoh bering.
Tarvuz so‘zi necha bo‘g‘indan iborat? Nima uchun?
‒ Topishmoqda yana nechta 2 bo‘g‘inli so‘zlar qatnashgan?
‒ Topishmoqdagi qofiyadosh so‘zlarni toping. (Tuki, po‘ki, ko‘ki; Qunduz, tarvuz)
Oquvchilar javobidan so‘ng o‘qituvchi hulosa qiladi.
O‘quvchilar bilan “Gap tuz” ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi. Buning uchun o‘qituvchi nuqta, so‘roq va undov belgisi yozilgan tarqatmalarni teskari holatda qo‘yadi o‘quvchi esa qaysi tinish belgisini olsa shu belgiga mos gap tuzishi kerak bo‘ladi. Buni bir necha marotaba takrorlab o‘quvchilarning og‘zaki nutqlarini aniqlash va baholash mumkin.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling