H usnixat daqiqasi
Til – dil tarjimoni
Uyga berilgan vazifa 4-mashq yuzasidan suhbat.
She’r ifodali o‘qitladi.
‒ She’rga nima uchun “Tinchlik” deb sarlavha qo‘yilgan?
‒ She’r necha qtorda iborat?
‒ Har bir qator oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan?
Doskaga “Vatanning sevimli farzandi bo‘lish uchun nima qilish kerak?” so‘roq gapi yoziladi. Bu gap yuzasidan suhbat uyushtiriladi.
“ O‘rnini top” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quvchilar so‘z birikmalarni o‘z va ko‘chma ma’nosiga ko‘ra chiziqchalar yordamida ajratishlari kerak
III. Mustahkamlash.
Darslikda berilgan 5-mashqdagi “Kimning xati chiroyli?” she’ridan olingan parchani ifodali o‘qitiladi. U qaysi shoirning she’ri ekani so‘raladi.
‒ She’r necha gapdan tuzilgan?
‒ Uni qanday aniqladingiz?
‒ She’r nacha qatordan uborat?
‒ Har bir qator qanday harf bilan boshlangan? Nima uchun?
She’rni husnixat bilan ko‘chirib bo‘lingach, yozuvdagi kamchiliklarni o‘zlari aniqlash kerakligi aytiladi.
6- mashq. “Alpomish” dostonidan olingan matn ifodali o‘qitiladi. Matndagi Boybo‘ri, Hakimbek, Alpinbiy, Rustam dostonlarining kim ekanligi haqida qisqacha ma’limot beriladi. ( Alpinbiyning Boybo‘ri va Boysari degan o‘g‘illari bo‘lgan. Boybo‘rining Hakimbek degan o‘g‘li, Qaldirg‘och ismli qizi va Boysarining Barchinoy degan qizi bo‘lgan.)
Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turlari aniqlanadi.
‒ Matn qanday mazmundagi gaplardan iborat?
‒ Darak gap qanday mazmun bildiradi?
‒ Gaplar qanday ohang bilan o‘qiladi?
‒ Har bir gapni maqsadiga ko‘ra turini ayting.
‒ So‘roq gapda qaysi so‘z so‘roq ma’nosini bildiryapti?
‒ Ular o‘zaro nimalariga ko‘ra farqlanadi?
‒ Namunani o‘qing bu gap mazmuniga ko‘ra qanday gap?
‒ Uni matndagi birinchi gap bilan solishtiring. Darak gapdagi qaysi so‘z so‘roq so‘z bilan almashtirilganini aniqlang.
‒ Matndagi gaplarni so‘roq gapga aylantirish uchun nima qilish kerak?
Mashq shu tartibda bajariladi.
Matni qayta hikoyalatish uchun tuzgan so‘roq gaplariga javob beradilar. Alp so‘zining ma’nosini o‘qib, bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |