Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap
Download 2.28 Mb.
|
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 -topshiriq
- Savolning javobini top”
Lug‘at ishi:
tug‘ro — gerb qopqa — darvoza fozil — bilimlarni yaxshi egallab olgan kishi
2-mashq. She’rni ifodali o‘qitiladi va she’rga sarlavha topib, husnixat bilan ko‘chirish topshirigi beriladi. O‘zbekiston Sahrolar gul ochar senda, Samolar nur sochar senda. Yulduzlaring so‘nmasin hech, Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech. Mening uchun aziz bo‘ston, O‘zbekiston, O‘zbekiston! She’rdagi tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor beriladi va nechta gap borligi so‘raladi. Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toptiriladi. Samo- osmon, fazo
She’rni ifodali o‘qib, unga sarlavha toping. She’rda nechta gap borligini ayting. Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping kabi topshiriqlar beriladi. 3-mashq asosida dars mustahkamlanadi. Matnda berilgan gaplarni o‘qib gaplarning chegarasi aniqlanadi va sarlavha qo‘yiladi. Kuz erta tushdi.Qovun palagi qurimasdan havoda mezon uchdi. Kechalari osmonda turnalarning horg‘in nolasi eshitildi. Bu yil qish qattiq keladiganga o‘xshaydi. Teraklar bargini erta to‘kdi. ( O‘tkir Hoshimov) Mashq matni yuzasidan suhbat: Matn mazmuniga mos sarlavha toping. Matn nechta gapdan iborat? Gaplar qanday mazmunni bildiryapti? Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting. L ug‘at ishi: Horg‘in – charchagan, toliqqan. “Savolning javobini top” ta’limiy o‘yini. O‘quvchilar bilimini mudtahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quvchilar savol va javoblarni o‘qib to‘g‘ri javoblarni strelka yordamida belgilab chiqadilar.
Download 2.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling