Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet132/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

tarbiyaviy: tabiatga to‘g‘ri munosabatning mohiyati, tabiatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligi, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash
TK4: o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylashga va o‘z fikrini mustaqil va izchil isbotlashga o‘rgatish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi,
TK2: televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod, savol-javob metodi..
Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi” jadvali, kartochkalar, rasmlar rangli rasmlar, didaktik materiallar, mavzuga oid plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkilliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Arslon izidan qaytmas, yigit – so‘zidan.

O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan mashq o‘qitiladi.
-Chiqish kelishigi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
-Chiqish kelishigining qo‘shimchasini ayting?
-Chiqish kelishigi deb nimaga aytiladi?
-Kelishik qo‘shimchalarini sanab bering. 241- mashq tekshiriladi, chiqish kelishigidagi otlar aniqlanadi. Qamishdan, novdasidan, patidan, ruchkalardan , ruchkadan
boqiy — abadiy, mangu, o‘lmas so‘ziga gap tuzamiz.Aziz insonlar xotirasi abadiy o‘chmasdir.Yozuvchi va shoirlar umri boqiydir.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi mavzu yuzasidan tushuncha beradi.
Chiqish kelishigidagi ot — kimdan?, kimlardan?, nimadan?,nimalardan?, qayerdan?, qayerlardan?, qachon? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Chiqish kelishigidagi ot, ko‘pincha fe’lga bog‘lanadi, gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajaradi.Chiqish kelishigining qo‘shimchasi unlilardan so‘ng, shuningdek m, n, r, 1, y ng, z, kabi undoshlardan so‘ng -dan tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
Masalan: devordan, yulduzdan, guldan, piyoladan, daryodan, qo‘ldan, o‘rmondan, tongdan.
Chiqish kelishigining qo‘shimchasi jarangsiz va ba’zi bir jarangli undoshlardan so‘ng
qo‘shilganda -tan tarzida aytilsa ham, har vaqt -dan shaklida yoziladi:
Masalan: savatdan (aytilishi: savattan) otdan (aytilishi: ottan), mehnatdan (aytilishi: mehnattan), Turobdan (aytilishi: Turoptan).
Darslikdagi 242-mashq o‘qitiladi. Chiqish kelishigi so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni aniqlanadi.
Chiqish kelishigidagi otlarning so‘rog‘ini qavs ichida ko‘rsatib, qo‘shimchasini belgilanadi.
O‘qituvchi 14- yanvar —Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan darslikdagi rasm asosida suhbat o‘tkazadi.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling