Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet182/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma,malakani mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi:. “Savol-javob” metodi, „Uch haqiqat bir yolg‘on“ metodi.
Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari ,didaktik tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Dumaloq polvon- belbog‘i qora. ( Loviya)

O ‘quvchilar bilan saylanma diktant o‘tkaziladi.Diktantda berilgan so‘zlarni 2 ustunga ajratib yozadilar. 1-ustunga shaxslarga nisbatan ishlatiladigan sifatlarni, 2-ustunga narsalar belgisini bildirgan sifatlarni yozadilar:
Aqlli, yashil, dono, dumaloq, qizil, tiniq, muloyim.
Yozilganlar yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:
—O‘quvchilar shaxslarning belgisini bildirgan sifatlarni o‘qiydi: (Aqlli, dono, muloyim.) Insonlarga nisbatan ishlatiladigan sifatlarni otlarga bog‘lab, birikma tuzing.
—Narsa-buyum belgilarini bildirgan sifatlarni o‘qiydilar: (yashil, dumaloq, qizil, tiniq).
—Yashil qirlar bahorda qanday tusda bo‘ladi? (Qirlar bahorda yam-yashil tus oladi).
—Qizil sifati anorning belgisini bildirsa, bu sifatni kuchaytirish uchun nima qilish mumkin? (Qizil sifatini qip-qizil tarzida aytish mumkin.: Qip-qizil anor.)
—Olma dumaloq ko‘rinishda, yong‘oq undan ko‘ra dumaloqroq meva. Yong‘oqning bu sifatini qanday bildirish mumkin? (Yong‘oq-ni dum-dumaloq deymiz).
— Katta, sariq, tiniq sifatlarini yanada bo‘rttirish uchun qanday aytish mumkin? (Kap-katta, sap-sariq, tip-tiniq deyish mumkin.)
O‘tilgan mavzu— sifat so`z turkumi yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan 308- mashqda berilgan sifatlarni o‘qitiladi,yozilishi kuzatish aytiladi.Sifatlarga mos otlar tanlab, birikma tuzib yozish topshirig‘i tekshiriladi.
Qop-qora, bus-butun, bo‘m-bo‘sh, ko‘m-ko‘k, tip-tiniq, oppoq, top-toza, tim qora, to‘q qizil, eng kuchli.

O ‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun “Savol-javob” metodi o‘tkaziladi: Bunda o‘quvchilar berilgan savollarga “Ha” yoki “Yo‘q” bir so‘z bilan javob berishlari kerak. Sinfda shovqinni oldini olish uchun o‘quvchilarga “Ha”, “Yo‘q” deb yozilgan tarqatmalardan foydalanish ham mumkin. O‘quvchilar o‘qituvchi savolini tinglab ovozsiz qo‘llaridagi javoblarini ko‘rsatadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini kuzatib, ular egallagan bilimlarini aniqlashlari mumkin. Bu esa o‘qituvchiga bir vaqtda bir necha o‘quvchini baholash uchun yaxshi imkoniyat beradi.




Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling